13--jadval
“Korrect-mebel” MCHJda materiallardan foydalanishning tahlili24
Ko’rsatkichlar
|
Biznes
rejada
|
Xaqiqatda
|
Farqi,
(+,-)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Moddiy xarajatlar (ming sum)
|
42843
|
42043
|
-800
|
2. Tovar mahsuloti (ming sum)
|
74260
|
79797
|
+5537
|
3. Tovar mahsuloti material sig’imi
|
0,5769
|
0,5268
|
-0,050
|
(so’m) (1/2)
|
|
|
|
4. Material sarfi o’zgarishining ta’siri
|
|
|
|
( +, - )
|
|
|
|
- tovar mahsuloti tannarxidagi
|
x
|
x
|
-3989
|
moddiy xarajatlarning qimmatlashishi
|
|
|
|
(+), pasayishi (-)
|
|
|
|
- 0.050 * 79797 = - 3989
|
|
|
|
- tovar mahsulotining xajmi, ming
|
x
|
x
|
+6914
|
so’m
|
|
|
|
- 3989 : 0.5769 = 6914
|
1,73
|
1,89
|
+0,16
|
5. Material qaytimi, so’m (2 / 1)
|
|
|
|
Tahlil etilayotgan 13-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, korxonada moddiy xarajatlarni iqtisod qilish natijasida qo’shimcha ravishda 6914 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi. Bundan ko’rinadiki, korxonada tovar mahsulotiga sarflanadigan materiallardan samarali foydalanish borasida ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Korxonada material qaytimi biznes rejada belgilangan 1,73 so’mdan haqiqatda 1,89 so’mga o’sgan. Bunday natija korxonada materiallardan samarali foydalanilganligidan dalolat beradi.
Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi lozim. Ya’ni, universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtai-nazaridan. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Korxonalarida biznes rejada ko’rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi. Ya’ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo’yicha
24 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi.
Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo’yicha tuzilgan shartnomalarda o’z aksini topadi. Korxonani moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so’mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo’ladi ( 100+150)/170.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to’liq ta’minlanmagan, ya’ni, ularning miqdori 11,8 % ga kam bo’lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to’liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o’rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |