jadval
“Korrect-mebel” MCHJda mahsulotni ishlab chiqarish uchun materiallar sarfi19
Material turlari
|
Haqiqatda
|
Rejada
|
Sarf miqdori (kg)
|
Material birligi bahosi
(so’m)
|
Summa (so’m)
|
Sarf miqdori (kg)
|
Material birligi bahosi
(so’m)
|
Summa (so’m)
|
I
|
II
|
III
|
IV=II*III
|
V
|
VI
|
VII=V*VI
|
Karton A
|
140
|
120
|
16800
|
125
|
112
|
14000
|
Karton B
|
130
|
125
|
16250
|
116
|
120
|
13920
|
Jami
|
x
|
x
|
33050
|
x
|
x
|
27920
|
Biz 8 va 9-jadvallarda sarf me’yori va material bahosi o’zgarishining
materiallar harajatiga ta’sirini ko’rib chiqamiz(9-jadval).
19 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
jadval
“Korrect-mebel” MCHJda materiallar xarajatlarga sarf me’yori va baho ta’sirining tahlili
Material turlari
|
Materiallar xarajati, so’mda
|
Farqi (+,-)
|
Reja miqdor va baho
|
Haqiqiy miqdor haqiqiy baho
|
Shartli, haqiqiy miqdor va reja bahosi
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Sarf me’yorining o’zgarishi
hisobiga
|
Material bahosining o’zgarishi
hisobiga
|
1
|
2=V*VI
|
3=II*III
|
4=II*VI
|
5=3-2
|
6=4-2
|
7=3-4
|
Karton A
|
14000
|
16800
|
15680
|
+2800
|
+1680
|
+1120
|
Karton B
|
13920
|
16250
|
15600
|
+2330
|
+1680
|
+650
|
Jami
|
27920
|
33050
|
31280
|
+5130
|
+3360
|
+1770
|
“Korrect-mebel” MCHJ materiallar xarajatlariga e’tibor beradigan bo’lsak maxsulot ishlab chiqarish uchun ikki turdagi karton qog’ozlari kerak bo’ladi. Agar maxsulot ishlab chiqarish uchun haqiqatda sarflangan materiallar xarajatini rejadagisi bilan solishtiradigan bo’lsak u rejaga nisbatan 5130 so’mga ko’p. Shundan 1770 so’mi materiallar bahosining ortishi evaziga, qolgan 3360 so’mi esa sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli yuzaga kelgan. Materiallar bahosi A turdagi karton bo’yicha 8 so’mga oshishi tufayli bu turdagi materiallar xarajatlarni 1120 so’mga oshishiga olib kelgan, B turdagi karton bo’yicha esa 5 so’mga narxning ko’tarilishi ushbu turdagi materiallar bo’yicha xarajatlarni 650 so’mga oshishiga olib kelgan. Tahlil davomida materiallar sarfining o’zgarish sabablari, ishlab chiqarish stanoklarining texnik nosozligi, xom-ashyo sifati, ishchilarning malakasi, materiallar bahosiga inflyatsiyaning ta’siri va boshqa sabablarga alohida ahamiyat beriladi. Materiallar samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar tizimiga materiallar qaytimi va va mamateriallar sig’imi ko’rsatkichlari kiritiladi. Materiallar qaytimi ularning har bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot hajmini tavsiflasa, sig’imi har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan materiallar qiymatini tavsiflaydi. Materiallarni har ikki ko’rsatkich bo’yicha tahlil etishda ularning qiyosiy farqlanishlarini va o’zgarish sabablarini o’rganishimiz lozim. Materiallar qaytimi va sig’imi tahlilida
materiallar qiymati va qaytimi ta’sirida mahsulot hajmining o’zgarishlariga baho
beriladi. Mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir etuvchi moddiy omillar tahlilida ularning o’rtacha yillik qiymatlarining o’zgarishi va materiallar qaytimi o’zgarishlariga muhim ahamiyat beriladi. Bu bevosita korxonada mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash va belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi(10- jadval).
jadval “Korrect-mebel” MCHJda ishlab chiqarish zahiralarining samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning mahsulot tannarxi hamda mahsulot hajmi
o’zgarishiga ta’sirining tahlili20
№ Ko
|
’rsatkichlar R
|
eja
|
Haqiqatda
|
Farqi(+,-)
|
1
|
Material xarajatlarning o’rtacha
yillik qiymati, ming so’m
|
61200
|
60500
|
-700
|
2
|
Sotiladigan mahsulot, ming so’m
|
103000
|
110500
|
+7500
|
3
|
Sotiladigan mahsulot material
sig’imi, so’m (1/2)
|
0,5941
7
|
0,54751
|
-0,04666
|
4
|
Material sarfi o’zgarishining ta’siri
(+,-)
sotiladigan mahsulot tannarxidagi material xarajatlarning ko’payishi (+) yoki pasayishi (-) - 0,04666*110500= =-5155,93
sotiladigan mahsulot hajmiga
-5155,93:0,59417=+8677,53
|
x x
|
x x
|
-5155,93
+8677,53
|
5
|
Material qaytimi (2/1)
|
1,683
|
1,826
|
+0,143
|
Yuqoridagi 10-jadval ma’lumotlaridan shularni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, korxonada material xarajatlar qaytimi o’tgan yilga nisbatan 0,143 so’mga ortgan. Material xarajatlar sig’imi esa 0,04666 so’mga kamaygan. Bu korxona uchun ijobiy holatdir, chunki har bir so’mlik sotiladigan mahsulot tannarxida mavjud material xarajatlarining kamayishi mahsulot qiymatidagi tannarx miqdorini pasaytirib, kutilayotgan foyda miqdorini oshiradi va bu korxonaning rejalashtirayotgan foydasini oshirishga xizmat qiladi. Material xarajatlar sarfi, ya’ni sig’imining 0,04666 so’mga kamayishi mahsulot tannarxini 5155,93 ming so’mga kamaytirgan. Korxona avvalgi materiallar hajmi bilan avvalgidan ko’ra ko’proq mahsulot ishlab chiqara boshlagan, chunki
20 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
mahsulot tannarxi materiallar hisobiga kamaygan va natijada material xarajatlarining kamayishi sotiladigan mahsulot hajmini 8677,53 ming so’mga ko’paytirgan. Bu esa o’z navbatida korxonaning materiallardan samarali foydalanayotganini ko’rsatadi(11-jadval).
jadval
“Korrect-mebel” MCHJda LIFO va FIFO usullarida hisoblangan ishlab chiqarishga berilgan materiallar bahosini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga ta’sirining
tahlili21
№ Ko
|
’rsatkichlar
|
LIFO
usulidagi hisob
|
FIFO
usulidagi hisob
|
LIFOning FIFOdan
farqi (+,-)
|
1
|
Material xarajatlar
|
356000
|
307000
|
49000
|
2
|
Boshqa xarajatlar
|
89000
|
89000
|
0
|
3
|
Maxsulot tannarxi, so’m
|
445000
|
396000
|
49000
|
4
|
1 so’mlik maxsulot tannarxida material xarajatlar,so’m
|
80
|
77,5
|
2,5
|
Yuqoridagi 11-jadval ma’lumotlaridan xulosa qilib aytish mumkinki korxona ishlab chiqarayotgan maxsulot tannarxida material xarajatlarning salmog’i yuqori. U mahsulot tannaxining LIFO usulida 80 %ni, FIFO usulida 77,5 %ni tashkil etmoqda. Bu esa o’z navbatida korxonaning material xarajatlariga alohida e’tibor berishini va ularning salmog’ini me’yoriy darajada ushlab turishini taqozo etadi. Jadvalda materiallarning ishlab chiqarishga berilishi 2 usulda ko’rib chiqilib ularning mahsulot tannarxiga ta’siri o’rganib chiqildi. Korxonada FIFO usuli qo’llanilishi ko’rsatib o’tilganligi tufayli, uning LIFO usuli bilan taqqoslama tahlili o’tkazildi. Bizga ma’lumki materiallarni LIFO usulida ishlab chiqarishga bersak ishlab chiqarishga berilgan materiallar qiymati 356000 so’mni, FIFO usulida bersak 307000 so’mni tashkil etmoqda. Boshqa xarajatlarning har ikki usulda ham tengligi sababli mahsulot tannarxining farqi ham aynan material xarajatlari farqini, ya’ni 49000 so’mni ko’rsatib turibdi. Demak ishlab chiqarishga berilgan materiallar miqdori o’zgarmasdan, LIFO va FIFO usullarida hisoblangan tannarx 49000 so’mga farq qilib, sun’iy ravishda ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Bir so’mlik maxsulot
21Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
tannarxidagi material xarajatlar LIFO usuli bo’yicha 80 so’mni, FIFO usuli bo’yicha esa 77,5 so’mni tashkil etgan. Bu esa bir so’mlik maxsulot tannarxini sun’iy ravishda 2,5 so’mga oshishiga sabab bo’lgan daromad solig’i bazasiga sotilgan mahsulot tannarxining ta’sir etishini hisobga oladigan bo’lsak soliq bazasi sezilarli ravishda kamayib ketadi. Natijada soliq summasi va korxona sof foydasi ham kamayib ko’rsatilishiga asos bo’ladi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari ya’ni tannarxlari – ko’p jihatdan xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish ko’rsatkichlariga bog’liqdir. Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me’yorlarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun etarli bo’lmaydi.
“Ishlab chiqarish zahiralarilardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:
korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;
erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi;
moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi”22.
Shu tartibda ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi
zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi 12-jadvaldan foydalanamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |