2-jadval
Transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini
hisoblash tartibi10
Ko’rsatkichlar
|
Materiallarni baholash
|
Shartnoma
bahoda
|
Haqiqiy tannarxda
|
Oy boshiga qoldiq
|
10000
|
15000
|
Oy davomidagi kirim
|
50000
|
60000
|
Jami tushum (1+2)
|
60000
|
75000
|
Transport-tayyorlov xarajatlari:
|
|
|
summada:
|
|
|
foizda:
|
15000
|
75000-60000
|
|
25
|
(15000*100)/60000
|
Hisobot oyida sarflandi
|
40000
|
45000
|
Oy oxiriga qoldiq
|
20000
|
30000
|
Bu xarajatlar materiallarning turlari bo’yicha tegishli hisobvaraqlarda
mavjud materiallarning umumiy hajmi bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin:
ishlab chiqarishga sarflanganida;
ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo) K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo’yicha 10-jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1-jurnal-orderga yoziladi. Moddiy boyliklardan to’g’ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo’lmagan materiallarning bor-yo’qligini tekshirib ko’rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin. Masalan, korxonada haqiqiy qiymati 20000 so’mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 30000 so’mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 20000 so’m
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 20000 so’m.
materialning sotish qiymati aks ettirildi:
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 30000 so’m
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 30000 so’m.
QQS hisoblandi 4000 so’m;
10 Jadval muallif tomonidan tayyorlangan
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»- 4000 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 4000 so’m.
ortiqcha materillarni sotishdan foyda olindi (30000-20000-4000)=6000
so’m;
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
- 6000 so’m
K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 6000 so’m.
Ishlab chiqarish zahiralarini buxgalteriya hisobida to’g’ri va aniq baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash O’zbekiston respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 12-moddasiga va «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son buxgalteriya hisobining milliy standartiga, xalqaro amaliyotda esa «Zahiralar» nomli 2-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga asoslangan bo’lishi lozim. qonunning o’n ikkinchi «Aktivlar va majburiyatlarni baholash» moddasida oborot aktivlarini baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha-balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha yoki bozor bahosi bo’yicha amalga oshiriladi deb o’tilgan. Ushbu qonunga asoslanib esa standartlar ishlab chiqilgan hamda milliy va xalqaro standartlarga ham muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo’lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo’yicha yoki sotishning sof qiymati.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to’g’ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asoslangan bo’lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo’yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo’lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx
bo’yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni manzilga etkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog’liq bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari quyidagi elementlardan tashkil topadi:
mol etkazib beruvchining schyotiga ko’ra unga to’lanishi kerak bo’lgan
summa;
chet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan transport xarajatlari;
tovar birjalari ko’rsatgan xizmatlar qiymati;
tegishli soliqlar va tariflar;
zahiralarni sotib olish, qabul qilish va omborga joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o’xshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga etkazish paytida paydo bo’lgan taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi(6-chizma).
ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARINI BAHOLASH USULLARI
O’rtacha tannarx bo’yicha yoki AVECO usuli
O’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, birinchi tushum-birinchi xarajat, FIFO usuli
O’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum-oxirgi xarajat, LIFO usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |