XULOSA
Bitiruv malakaviy ishidagi ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlili va auditi bo’yicha yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish taxlilining o’tkazilish ketma- ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxona, birlashmalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik
darajasini aniqlash;
ishlab chiqarish zahiralarini korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;
ishlab chiqarish zahiralarini etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini
aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash;
muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;
ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;
ishlab chiqarish zahiralariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarini tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.
Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar korxona moddiy texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning
«Ishlab chiqarish zahiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160- satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini qanday va qaysi ko’rsatkichlari bilan tahlil qilish eng avvalo tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil materiallar bilan qanday ta’minlanganlik va normativlarga rioya qilinayotganligini tahlili qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, u holda tahlilchi korxonaning materiallar tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalarini va ular bilan korxona qanchalik ta’minlanganligini analiz qiladi. Agar materiallar samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi,
material qaytimi ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Materiallar bilan ta’minlanganlik va samaradorlik taxlilini o’tkazish uchun taxlilchi materiallarni moliyaviy hisobot moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak.
Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlariifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlashyo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi.
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:
Moddiy resurslar qaytimi;
Moddiy resurslar sig’imi;
Moddiy resurslar rentabelligi;
Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti;
Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi.
Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini
ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi.
Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarish zahiralarii quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilingan:
ishlab chiqarish zahiralarii holatining tahlili;
ishlab chiqarish zahiralarii bilan ta’minlanganlik tahlili;
ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanish samaradorligi tahlili;
ishlab chiqarishga berilgan materiallarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga ta’sirining tahlili;
material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishi ta’sirining tahlili.
Ishlab chiqarish zahiralarilardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:
korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;
erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi;
moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |