Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va ulardan foydalanish tahlili



Download 0,86 Mb.
bet15/28
Sana31.12.2021
Hajmi0,86 Mb.
#228833
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftar

Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalar

Operativ-buxgalterlik (qoldiq) usuli



  1. chizma. Materiallar bo’yicha analitik hisobni yuritish usullari8




8 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan

Materiallarni to’g’ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug’urta to’lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig’imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar qoplanishini belgilash zarur.

Omborlarda materiallarning miqdor ko’rsatkichlaridagi hisobi yuritiladi. Buning uchun materiallarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqlar ochiladi. Ular material harakati bilan bog’liq kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar asosida to’ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim operatsiyalari yozilgandan keyin material qoldig’i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi haqiqiy qoldig’i meyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o’rtadagi farqdan taminot bo’limi xodimlari xabardor qilinadi.

Ishlab chiqarish zahiralarining kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob materiallarning harakati bo’yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang’ich hujjatlardagi malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang’ich hujjatlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar to’g’riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo’limida imzo bilan tasdiqlanadi.

Hisobot oyining oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo’yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda ombor varaqalari asosida material qoldig’i yoziladi va u pul ko’rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq

vedomostidagi material qoldig’ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati bo’yicha yuritiladigan 10-vedomost malumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to’g’ri kelishi hisobot oyi davomida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to’g’riligidan dalolat beradi.

Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to’g’ri kelish-kelmasligi tekshiriladi. Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to’lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko’rib chiqish uchun qaytariladi.

Buxgalteriyada tekshirishdan o’tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko’paytirilib, hujjat bo’yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo’yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo’yicha kichik guruhlarga bo’linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg’aruv qaydnomasiga yozib qo’yiladi.

Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:

1010-«Xom-ashyo va materiallar»

1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar» 1030-«Yoqilg’i»

1040-«Ehtiyot qismlar» 1050-«Qurilish mollari»

1060-«Idish va idish materiallari»

1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar» 1080-«Inventar va xo’jalik anjomlari»

1090-«Boshqa materiallar».

Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining

ko’payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun

sarflanishi aks ettiriladi. Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xo’jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks ettiriladi(1-jadval).




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish