Ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi



Download 53,12 Kb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi53,12 Kb.
#925388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 мавзу

Tannarx - ishlab chiqarish xarajatlarning bir qismi, shu jumladan iste’mol qilingan vositalar va mehnat ob’ektlari, boshqa korxonalarning xizmatlari, to‘lov ishchilarning ish haqi naqd pulda ifodalanadi. Ushbu ko‘rsatkich har bir korxona ishlab chiqarish va marketing uchun sarflanadigan xarajatlarni tavsiflaydi
Xarajatlarni shakllantirishda tannarx ikki guruhga bo‘linadi:
1. Iqtisodiy elementlar bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi:
- moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymatini minus holda);
- mehnat xarajatlari;
- ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar;
- asosiy vositalarning eskirishi;
- boshqa xarajatlar.
2. Kalkulyatsiya bilan hisoblash moddalari bo‘yicha.

Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashkari xarajatlarni tejash maxsulot tannarxini pasaytirishning muhim manbalari xisoblanadi. Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaxo materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bo‘ladi.


Xizmat ko‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma`muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima to‘lash, penya va x.k.) tugatish maxsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni yaxshilash maxsulot tannarxini pasaytirishni ta`minlovchi omil xisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi.
Maxsulot tannarxini xisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan xaqiqiy xarajatlarni tegishli xujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish xamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishdir.
Baho kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri xisoblanadi.
Baho bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga ko‘yiladi.
Baho-tovar qiymatining puldagi ifodasidir.Bahoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:

  • ulgurji baholar. Ular firmalar o‘z maxsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganligida ko‘llaniladi. Ulgurji baxo korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini koplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;

  • chakana baholar. Ulardan tovarlami bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana baho darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi.

  • xarid baholari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.

  • dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida ko‘llaniladi.

Baxolar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir etadi.
Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz.
Baholarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
" ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baxolardan foydalaniladi. Bunday baxoni asosan ulgurji savdo-sotik olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin.
" chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baxo o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.
" nufuzli baholar. Bu baxolardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi.
" dotatsiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti xisobidan arzonlashtirilgan baxolarda olinadi.
" davlat baholari. Bu ishlab chikaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda ko‘llaniladi.
" mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chikariladigan tovarlarga belgilanadi.
" milliy va jaxon baxolari-alohida tovaming baynalminal xarajatlari. Bunda jaxon bozoridagi talab va taklif nisbati xisobga olinadi.
" standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga karab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan kat’iy standart narxlar ko‘llaniladi.
" preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho xisoblanadi.
" ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzoqaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va obektiv baho.
" maksimal baho - (sotuvchi nuktai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir.
" minimal baho - (ko‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baxo) - bu tovar narxining shunday ko‘rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi.
" ob’ektiv baho - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovarning o‘rtacha bahosidir.



Download 53,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish