9.3.Xarajatlarni ishlab chiqarish hajmiga ta’siri nuqtai nazaridan ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq (doimiy) va bog‘liq bo‘lmagan (o‘zgaruvchan) xarajatlar.
Xarajatlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liqligi doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni paydo etadi.
O‘zgarmaydigan xarajatlar - doimiy xarajatlardir. Bularga renta to‘lovlari, qarz foizi, reklama, ijara xaqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, ishlab chiqarish xajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional bo‘lgan xarajatlarga aytiladi.
Ularga ish xaqi, xomashyo, yoqilg‘i, tashish xarajatlari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish xajmi oshsa, bu xarajatlar ortadi, ishlab chiqarish xajmi kamaysa, xarajatlar kamayadi.
Maxsulot tannarxini tashkil kiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, quyidagi guruhlarga taqsimlanadi.
" moddiy xarajatlar;
" asosiy fondlar amortizatsiyasi;
" ish xaqi xarajatlari;
" ijtimoiy extiyojlarga bo‘lgan xarajatlar;
" boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
" xomashyo va material xarajatlari;
" yoqilg‘i va energiya;
" sotib olinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor maxsulotlar;
" qadoqlash va o‘rov materiallari;
" extiyot qismlar;
" boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
" tabiiy xomashyodan foydalanish bilan bog‘liq soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlar;
" ishlab chiqarishda bekor turib kolish va sifatsizlik tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar;
" tabiiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan yo‘qotishlar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
" asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklanish) qiymatidan kelib chiqib xisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (xisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha tasdiqlangan normalar, qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi;
" ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib xisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi.
Mehnatga xaq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan:
" amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari;
" xodimlarga natural to‘lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
" ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to‘lovlar;
" har yillik mehnat va o‘quv ta`tili uchun amalga oshiriluvchi to‘lovlar;
" qonunchilikka asosan ba`zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va h.k.;
" shtatlar kisqarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanuvchi mablag‘lar.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
" qonun xujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga xaq to‘lash fondiga ijtimoiy majburiy ajratmalar;
" nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga, bandlik fondiga ajratmalar.
Mahsulot tannarxidagi boshqa xarajatlar:
" qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o‘tkaziluvchi to‘lovlar va soliqlar;
" chiqindilar uchun to‘lovlar;
" korxona mulkini majburiy sug‘urtalash;
" ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar;
" mahsulotni sertifikatlashtirish uchun bajarilgan ishlarga xaq to‘lash;
" xizmat safariga xaq to‘lash;
" yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash muassasalariga xaq to‘lash;
" kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish,xodimlar tanlovini tashkil qilishga xaq to‘lash;
" nomoddiy aktivlarning eskirishi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |