«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Yod sonini Gyubl usulida aniqlash



Download 4,58 Mb.
bet20/33
Sana09.03.2023
Hajmi4,58 Mb.
#917151
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan laboratoriya

1.Yod sonini Gyubl usulida aniqlash.
Usulning mohiyati. Bu usul reagent sifatida xlorli yodni (ClJ) ishlatilib, u esa sulema HgJ2 va J2 ning spirtli eritmalarini o’zaro ta’sir ettirish yo’li bilan quyidagi reaktsiya asosida hosil qilinadi:
HgCl2 + 2J2 HgJ2 + 2ClJ
ClJ etilen bog’larga birikib, ularni miqdoriy to’yinishini ta’minlaydi:
- СН = СН - + ClJ - СНС1 – СНJ –
Bog’lanmagan ClJ qoldig’i tiosulfat natriy (Na2S2O3) bilan, reaktsion aralashmaga kaliy yod (KJ) eritmasi va suv qo’shib, titrlanadi. Reaktsion aralashmaga KJ qo’shganda qo’shbog’larni to’yintirishdan ortgan galogen (ClJ) ekvivalent miqdorda J ajratadi. Bunda quyidagi reaktsiyalar boradi:
1. ClJ + KJ KCl + J2
2. J2 + 2Na2S2O3 2NaJ + Na2S4O6
Gyubl eritmasini tayyorlash. Buning uchun 30g HgCl2 500ml 96% li etil spirtida eritiladi. Hosil bo’lgan eritmaga 500ml 96% li etil spirtida eritilgan 25g J2 eritmasi qo’shiladi. HgCl2 va J2 eritmalari aralashtirilib, ikki sutkadan so’ng ishlatiladi.
Kerakli reaktiv va asboblar: xloroform, Gyubl eritmasi, 1% li KJ eritmasi, distillangan suv, 0,1N li Na2S2O3 eritmasi, 1% li kraxmal eritmasi, 96% li etil spirt, kristall yod, HgCl2 tuzi, moy, analitik tarozi, 250ml li kolba, 25ml li byuretka.
Ishning bajarilishi. Kolbaga analitik tarozda tekshirilayotgan yоg’ yoki yоg’ kislotasidan namuna olib, 10-15ml xloroform bilan eritiladi va ustiga byuretkadan 25ml Gyubl eritmasidan solib, aralashtirilib, to’yinishi uchun 24 soat qorong’i joya qoldiriladi.
Shu vaqtning o’zida so’qir tajriba ham quyiladi. Buning uchun kolbaga xuddi asosiy tajribaday 10-15 ml xloroform, 25ml Gyubl eritmasi quyiladi va 24 soat qorong’i joyda qoldiriladi.
Titrlashdan avval kolbalarga 15-20ml 1% li KJ va 100ml distillangan suv quyiladi. Ajralib chiqqan J2 och-sariq rang hosil bo’lguncha 0,1N Na2S2O3 bilan titrlanadi. So’ngra 1ml 1% li kraxmal eritmasidan qo’shib, hosil bo’lgan to’q ko’k rang yo’qolguncha titrlash davom ettiriladi.
Yod sonini quyidagi formula bilan hisoblanadi:
;
Bu yerda a – so’qir tajribada sarflangan 0,1N Na2S2O3 eritmasining
hajmi, ml
b – ishchi tajribada sarflangan 0,1N Na2S2O3 eritmasining
hajmi, ml
0,01269 – 0,1N Na2S2O3 eritmasining J2 bo’yicha titri, g/ml
p –tahlil qilinayotga yоg’ yoki yоg’ kislotasining og’irligi, g
K – 0,1N Na2S2O3 eritmasining to’g’rilik koeffitsienti.
Bu usul nazariy hisoblangan yod soniga yaqin bo’lgan natijalarni beradi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish