Nazorat savollari
Sovun o’zi nima? Sovun ishlab chiqarishni ahamiyati
Sovunlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
Sovunni yuvish qobiliyati.
4. Sovun ishlab chiqarish uchun xomashyolar.
7 – laboratoriya ishi
moylarning yod sonini aniqlash.
Ishning maqsadi. Suyuq moylar va qattiq yоg’lar yod sonini aniqlash usullarini o’rganish
Kerakli reaktiv va asboblar: xloroform, Ganus eritmasi, 10% li KJ eritmasi, distillangan suv, 0,1N li Na2S2O3 eritmasi, 1% li kraxmal eritmasi, brom, kristall J2 , suvsiz sirka kislota, havoncha, analitik tarozi, shlifli kolba, 25ml li byuretka.
nazariy qism
Ko’pgina tabiiy yоg’lar tarkibiga to’yingan yоg’ kislotalari bilan birga to’yinmaganlari ham kiradi. Yоg’larning to’yinmagan yоg’ kislotalarini tarkibini sifat va miqdor jihatdan to’liq tavsiflash uchun quyidagi bir qancha ko’rsatkichlar aniqlanadi: yod soni, rodan soni, geksabrom soni, tatrabrom soni, polibrom va dien sonlari. Kerak bo’lganda bir yoki bir necha ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Yod sonini (Y.s.) deb, 100g yоg’ga birikishi mumkin bo’lgan, galogenga ekvivalent yodning (J2) gramm miqdoriga aytiladi. Yod soni protsentdagi yod miqdorida ( % J2 ) o’lchanadi. Yod soni yоg’ning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Usulning mohiyati. Yod sonini aniqlash to’yinmagan yоg’ kislotalarning, galogenning vodorod bilan o’rin almashinish reaktsiyasiga kirishmaydigan sharoitda, galogen molekulalarini miqdoran biriktirib olishiga asoslangan.
Har bir qo’shbog’ga bitta galogen molekulasi sarflanadi:
СН3(СН2)7СН = СН(СН2)7СООН + J2
СН3(СН2)7СНJ – СНJ(СН2)7СООН
Xlor (Cl2) tez ta’sir etib, qo’shbog’ni to’yintirgandan so’ng, to’yingan uglerod zanjirida vodorodni o’rnini olishi mumkin:
СН3(СН2)7СН = СН(СН2)7СООН + Сl2
СН3(СН2)7СНС1 – СНС1(СН2)7СООН + С12
СН3(СН2)7СНС1 – СНС1(СН2) СНС1 – (СН2)5СООН + НС1
Galogenlardan brom (Br2) aynan shu reaktsiyaga tez kirishadi, ammo o’rin almashish reaktsiyasiga ham kirishadi. Yod nisbatan kam aktiv bo’lib, qo’shbog’larni to’liq to’yintirmaydi.
Shuning uchun yоg’ kislotalarga miqdoran galogenlarning birikish reaktsiyasini o’tkazish va o’rin almashinish reaktsiyasiga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagi galogenlar birikmalari ishlatiladi: ClJ va BrJ. Bu birikmalar yodga nisbatan reaktsiyaga tez kirishadi va xlorga nisbatan aktivligi kamroq. Shunday usullar bor-ki, ularda qo’shbog’larni to’yintirish uchun Br2 ishlatiladi.
Yod soni to’yinmagan yоg’ kislotalarida etilen bog’larining soniga bog’liq bo’lib, ular soninig oshishi bilan yod soni (Y.s.) ham oshadi.
Galogenlarning etilen bog’lariga birikishi bog’larning uglevodorod zanjiridagi o’rniga bog’liq. Masalan, karboksil gruppasiga yaqinlashgan sari etilen bog’ining to’yinishi qiyinlashadi. Bu shunday tushuntiriladi, karboksil guruhi elektronlarni tortib, qo’shbog’ning aktivligini pasaytiradi. Bunday inaktivatsiyalash ta’siri to’rtinchi uglerod atomigacha tarqaladi, deb hisoblanadi. Masalan, ikkinchi va uchinchi uglerodlari orasida qo’shbog’i bo’lgan kislotalar (kroton, fomar, malein va boshqa kislotalar) nazariy hisoblangan birikishi mumkin bo’lgan galogenning atiga 10 foizini biriktiradi.
Karboksil guruhini ta’siri to’rtinchi uglerod atomidan so’ng shunchalik sustlanadiki, oltinchi va ettinchi uglerodlari orasida qo’shbog’i bo’lgan petrazelin kislotasining galogen bilan to’yinishi to’liq bo’ladi.
Yod soni yоg’ kislotalar uglerod zanjirining uzunligi yoki molekulyar og’irligiga bog’liq holda o’zgaradi. Zanjir uzunligining oshishi bilan bir xil etilen bog’lari bo’lgan yоg’ kislotalarning yod soni kamayadi. Yоg’ kislotalari molekulasida bir-biriga qo’shni etilen bog’lari bo’lsa, ularning to’yinishi to’liq bo’lmaydi va shuning uchun yod soni nazariy hisoblangan qiymatga nisbatan past bo’ladi. Bunday kislotalarning yod soni maxsus usullar bilan aniqlanadi, bunda galogenning barcha qo’shni turgan etilen bog’lariga birikishi ta’minlanadi.
Yоg’lar va yоg’ kislotalarning yod sonini aniqlash uchun bir qancha usullar tavsiya etilgan. Bulardan Gyubl, Ganus, Kaufman, Viys usullari eng ko’p tarqalgan. Barcha usullarda aniqlashlar shliflangan kolbalarda olib boriladi. Yоg’ namunasining og’irligi, taqqoslash mumkin bo’lgan natijalarni olish va etarlicha oshiqcha galogen miqdori bo’lishi uchun, kutilayotgan yod sonidan kelib chiqqan holda olinadi:
yod soni 60% J2 kam bo’lgan yоg’ tahlili uchun na’muna og’irligi 0,4-0,8 g.
yod soni 60-120% J2 bo’lgan yоg’ tahlili uchun na’muna og’irligi 0,2-0,4 g
yod soni 120% J2 dan yuqori bo’lgan yоg’ tahlil uchun na’muna og’irligi
0,1-0,2 g.
Barcha usullarda yod sonini to’g’ri aniqlash ko’p omillarga bog’liq. Aniq natijalar olish uchun usulning barcha qoidalariga rioya qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |