Sinxronlash tamoyili. Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash faqat uzluksiz ishlab chiqarish hamda ko‘proq avtomatik ishlab chiqarishning xarakterli xususiyatidar.
Ishlab chiqarish jarayonini sinxronlash deganda quyidagilar tushuniladi:
operatsiyalarni bajarishga ketgan vaqt sarfi (operativ vaqt)ning teng bo‘lishi;
mehnat buyumlarini operatsiyalararo va liniyalararo transportirovka qilish uchun ketgan vaqt sarfining teng bo‘lishi;
ish joyiga xizmat ko‘rsatish va ishchilarning dam olishi bo‘yicha operativ ishlardagi tanaffuslarning tengligi;
mehnat buyumlarining potokdagi harakatini tashkil etish paytida operatsiyalar tugashi bilan ularni transportirovka qilishning boshlanadigan vaqtning bir-biriga mos kelishi.
Ushbu to‘rt shartdan hatto bittasiga rioya qilinmasa ham ishlab chiqarish jarayoni ozmi-ko‘pmi sinxronlashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |