Ishlab chiqarish iktisodiyoti I


Sanoat korxonasining milliy iqtisodiyotni rivojlan-



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana16.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#498106
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
ishlab chiqarish iqtisodiyoti (1)

 
5.2. Sanoat korxonasining milliy iqtisodiyotni rivojlan-
tirishdagi o‘rni va roli 
Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan beri o‘tgan davr mobayni-
da O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, iqtisodiy va 
moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta yutuqlarga erishiladi. 
Milliy iqtisodiyot – bu ushbu mamlakatning ma’lum xududiy 
chegaralarida tarixan shakllangan, yagona tizimga birlashtirilgan 


74 
iqtisodiy tarmoqlarining yig‘indisidir. 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotini 
rivojlantirish 
Prezidentimiz 
I.A.Karimov ilgari surgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Ular 
bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modelini shakllantirishning 
butun dasturi negiziga qurigan. 
Mustaqillik shakllangan qisqa davr ichida respublikada bozor 
munosabatlariga o‘tishning qonuniy – huquqiy asoslari yaratiladi. 
Zarur bo‘lgan hamma xo‘jalik – huquqiy me’yorlar, subyektlarning 
iqtisodiy erkinligini, xususiylik va tadbirkorlikni himoya qilishni 
kafolatlovchi bir qator qonunchilik xarajatlari va hujjatlar paketi 
qabul qilinadi va ular amalga oshirilmoqda.
Sanoat korxonasi milliy iqtisodiyotning muhim subyekti, moddiy 
subyektlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston sanoat majmuasining 
boshlang‘ich xalqasidir. 
Ishlab chiqarish – bu odamlar hayot faoliyatidagi obyektiv za-
rurat, kishilik jamiyati mavjud bo‘lishning asosidir. Faoliyatning 
istalgan turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval odam o‘z xayo-
tining moddiy sharoitlarini yaratish: oziq-ovqat, kiyim, turar joy 
topishi kerak. 
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson talablarini qondirish. 
Talablar esa chegarani bilmaydi. Bu ishlab chiqarishni doimiy 
rivojlantirib borishni taqozo etadi. 
Qandaydir tovarni ishlab chiqarish jarayoni yakka tartibda – 
korxonada amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa iqtisodiyot – bu 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan turli xildagi korxonalar va ularga 
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning murakkab yig‘indisidir. Shun-
day tarzda ishlab chiqarish doimo ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. 
Shunchaki tashkil qilingan ishlab chiqarish yo‘q. U hamma vaqt turli 
xil iqtisodiy subyektlarning o‘zaro munosabatlari bilan taqdim eti-
ladi, chunki ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, mehnat) ning o‘z 
egalari, mulkdorlari bor. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyotida yetakchi uchta xo‘jalik yuritu-
vchi harakat qiladi. Bular:
1.
Uy xo‘jaliklari. 
2.
Korxonalar (mulk egalari turlicha). 
3.
Davlat. 
O‘z mulkida ijtimoiy kapitalning katta qismini mujassam qilgan 
asosiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar ularning birlashmalaridir. 


75 
Korxonalar mamlakatning xalq xo‘jaligi majmuasini tashkil qi-
lish va rivojlantirishda rol o‘ynaydilar. 
Ular moddiy ishlab chiqarishning tegishli tarmoqlari (sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va boshqalar) ni tashkil qiladilar. 
Korxonalar tarmoqning tuzilmasini tashkil qiladilar, uning yo‘nalishi 
(profili) va miqiyoslarini belgilaydilar. Ulardan o‘lkalar, viloyatlar, 
shaharlarni tuzuvchi tarmoq va xududiy majmualar shakllantiriladi. 
Korxonalar o‘z-o‘zlari joylashgan shaharlar, qo‘rg‘onlar, viloyatlar 
va o‘lkalarning o‘lchamlari va xududiy ixtisoslashishlarini 
shakllantiradilar. 
Hamma davlat hujjatlarida korxonalar xalq xo‘jaligi majmuasi-
ning bosh unsurlari yoki asosiy bo‘ginlari sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Har qanday xo‘jalik va texnik qaror faqat korxonada, zavod mutax-
asisi, xizmatchisi, ishchisining ish joyida real shaklini oladi. 
Respublikada amalda sanoatning og‘ir sanoatdan yengil sano-
atgacha va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoat asosida qayta ish-
lovchi, ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlargacha bo‘l- gan hamma tar-
moqlarini namoyon qiluvchi kuchli, bir qator hollarda esa nodir 
korxonalar tuzilgan va ular ishlab turibdi. 
Ko‘plab avlodlarning mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish 
potensiali mamlakatning bundan keyingi iqtisodiy o‘sishi uchun 
ishonchli asosdir.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish