Boshqaruv xodilmarining korxona faoliyatiga ko’rsatuvchi ta’siri
Korxona xodimlari va xizmatlari ishini baxolash
Qasaba uyushmalari bilan o’zaro munosabatlar
Xodimlarni boshqarish soxasida asosiy vazifa xar bir xodimning uz imkoniyatlarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratish va xar bir muayyan xolatda insonga uning oldida turgan vazifalarni xal qilish maqsadida zarur ta’sir ko’rsatish vositalarini topish. Xodimlarni boshqarish tuzilmasi quyidagi faoliyat yunalishlarini kamrab oladi:
resurslarni rejalashtirish: inson resurslariga bo’lgan extiyoj va buning uchun zarur xarajatlarni qondirish;
tanlov: nomzodlarning ish joyiga mosligini baxolash, ulardan eng yaxshilarini zaxiradan tanlab olish;
oylik ish xaqi va tovon pullarini belgilash: xodimlarni jalb qilish, ishga yollash va ushlab qolish maqsadida oylik ish xaqi va imtiyozlar tuzilmasini ishlab chiqish;
kasb yunalishi va moslashuv: yollangan xodimlarni tashkilot va bulinmalarga kiritish, xodimlarda tashkilot ulardan nimani qutayotganligi va qanday mexnat munosib baxolanishini tushuntirish;
uqitish: xodimlar mexnati samaradorligini oshrirish maqsadida ularni uqitish dasturlarini ishlab chiqish;
mexnat faoliyatini baxolash: mexnat faoliyatini baxolash uslubiyatini ishlab chiqish va uni xodimlarga yetqazish;
lavozimini oshirish, pasaytirish, boshqa ishga o’tkazich, ishdan bushatish: xodimlarni javobgarlik daraasi ko’proq yoki kamroq yuulgan boshqa ishga o’tkazich usullarini ishlab chiqish, boshqa lavozim yoki ish joyiga o’tkazich yuli bilan xodimlar tajribasini oshirish, shuningdek, ishga yollash shartnomasini beqor qilish;
raxbar kadrlarni tayyorlash, xizmat pillapoyasi buylab xaraktalanishni boshqarish: raxbar kadrlar qobiliyatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
meshnat munosabatlari: jamoa shartnomlari imzolash bo’yicha muzoqaralar olib borish;
bandlik: bandiq bo’yicha bir xil imkoniyatlarni ta’minlash dasturini ishlab chiqish (bandlik qafolatilari va kadrlar kunimsizlgining patsligi iqtisodiy samarani oshiradi va xodimlarni mexnat samaradorligini oshirishga undaydi).
Kadrlarga extiyoj joriy va istiqbolli bulishi mumkin. Joriy extiyoj bir yil muddatga, istiqbolli extiyoj esa bir yildan ortiq muddatga belgilanadi. rejalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: mavjud resurslarni baxolash, bulajaq extiyojlarni baxolash va ularni qondirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish. Kadrlar tarkibi sonini rejalashtirishda ishlab chiqarish dasturi, shtatlar ruyxati, tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi, kadrlar xaraktlanishi, ularning kunimsizligi, ish vaqti byudjeti boshlangich ma’lumotlar xisoblanadi. Xodimlar sonini aniqlash ish urinlari soni, xizmat ko’rsatish normlari va mexnat sigimi kabi turli usullar yordamida aniqlanadi. Mexnat sigimi bo’yicha xisob-kitobi usuli asosan normalashtiriliuvchi ishlarda qo’llanadi. Bu usul yordamida korxonadagi xodimlar soni struktura bulinmalari bo’yicha, kasbi va malakalsi bo’yicha aniqlanadi. Bu kattalik belgilangan ish xajmining (norma-soatda) bitta ishlovchining soatda va norma bajarish foizida foydali (samarali) vaqtga nisbati bilan topiladi. Asosiy ishchi xodimlar soni shuningdek, natural qiymatda aks ettiriluvchi rejadagi maxsulot xajmining xar bir ishchiga rejadagi maxsulot normasiga bulish yuli bilan xam topilishi mumkin. Belgilangan texnologiyalarda zarur bo’lgan xodimlar soni maxsulott chiqarish dasturi, ishchi vaqtini sarflash normasi va belgilangan ish vaqti yordamida aniqlanadi: Vaqtinchalik ishlovchi xodimlar soni mazkur tarmoq yoki korxona uchun belgilangan xizmat ko’rsatish normalari yoki ish joylari soni asosida aniqlanadi. Qisqacha xulosalar Biznes-rejaning «Tashkiliy reja va menejment» bo’limi biznes-rejani amalga oshirishni boshqarish usullari tavsifnomasi, korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi, bajaruvchilarning xatti-xarakatlarini muvofiqlashtirish usullarini kamrab oladi. Korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi turlicha boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan va bir-biriga buyosinuvchi birlik va buginlar tarkibini ifodalaydi. Xodimlarni boshqarish korxona ayni paytda extiyoj sezayotgan yoki kelajaqda extiyoj pado bulishi mumkin bo’lgan xodimlar, korxona uchun zarur bo’lgan mutaxassislar sonini, ishga qabul qilish va mexnatga xaq tulash shartlari xamda kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlashni nazarda tutadi.