8-mavzu: Ishlab chiqarish (hizmat ko’rsatish) korxonalari biznes rejasining tashkiliy reja va menejment bo’limi
Reja:
8.1. Vazifasi va asosiy qoidalari
8.2. Boshqaruvni tashkil etish
8.3. Kadrlar siyosati va personalni boshqarish
8.1.Vazifasi va asosiy qoidalari
Tashkiliy reja va menejment - biznes-rejaning muxim bo’limi bo’lib, unda korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bulishi, mylkchilik shakli, komanda tarkibi va xokozolar xaqida xiqoya qilinadi.
Ushbu bo’limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shugullanadi, bulinmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv komandasining asosiy a’zolari o’rtasida rollar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir-birini tuldirib turadi? U yoki bu struktura birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p xollarda eng umidli loyixalar xam barbod bulishi tufayli bunday axborot korxonaning biznes-rejasidan tashqari marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo’lgan komandani xam ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni xam qiziqtiradi.
Bir suz bilan aytganda, bo’lim ishning «jonli» tomonini, ya’ni korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday shakllanishi va uning kadrlar bilan ta’minlanishi, shuningdek, mutaxassislarning doimiy yoki vaqtinchalik ishga olinishini va nixoyat korxona maxsus tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishini aks ettirishi lozim. boshqaruv xodimlari uchun «kasb pillapoyasi buylab xarakatlanish» tizimi, shuningdek, korxonaning yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishidan manfaatdorligini ragbatlantirish tizimi yaratilishi zarur.
Aytish mumkinki, menejment va tashkilot rejasini ishlab chiqish biznes- rejaning boshqa bo’limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Gap shundaki xar qanday ishning muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa resurslardan tashqari birinchi navbatda mutaxassislar, uz kasbining ustalari belgilab beradi.
Tashkiliy tuzilma va menejment bu uz mohiyatiga ko’ra biznes-rejani amalga oshirish bo’yicha xatti-xarakatlar dasturi bo’lib, unda quyidagilar uz aksini topishi lozim:
korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga quyiluvchi talablar;
menejmentga quyiluvchi talablar;
ishlab chitsarishni joylashtirish va foyda markazlari;
kadrlar siyosati va uni amalga oshirish yunalishlari;
homiylik va xayriya-vasiylik faoliyati.
Ushbu bo’limning aniq va muayyan to’ldirilishi korxona turi va mylkchilik shakliga bog’liq bo’ladi. Agar gap davlat korxonasi xaqida borayotgan bo’lsa, bu xolda buysunish tizimi va davlatning korxona xujalik faoliyatiga aralashuvi chegaralari ochib berilishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi, asosiy raxbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining aktsiyadorlar o’rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona faoliyatida ishtirok etishni istagan boshqa investorlar xaqida, ayniqsa, ularga tegishli aktsiyalar soni va ulushi, ularni sotib olish vaqti va akatsiyalar qiymati xaqida ma’lumot berish xam ishga xalaqit bermaydi.
Bu yerda yana bir narsa muxim rolь uynaydi - korxona oldindan bor bo’lganmi yoki endi tashkil qilinyaptimi. Dastlabki xolatda korxona oldindan chizib berilgan yuldan borishi va biznes-reja tuzish bo’yicha to’plangan tajribalardan foydalanishi mumkin. Keyingi xolatda esa tadbirkor u yoki bu mylkchilik shaklini tanlash sabablarini izoxlab berishi, bu shaklni o’zgartirish istiqbollari belgilashi xamda nima sababdan bu strategiyani eng yaxshi deb xisoblashini tushuntirib berishi zarur. Bundan tashqari, ushbu xujjatda korxonani tashkil qilish va uning kelgusidagi faoliyatini tartibga solishni tavsiflovchi barcha qonun xujjatlari aks ettirilishi lozim.
Menejment va rejalashtirish soxasida mexnat qiluvchi iqtisodchi va olimlar bines-rejaning ushbu bo’limida eng muxim va mustaqil masalar sifatida quyidagilarni ko’rib chiqishni taklif qiladi:
biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali;
boshqaruvni tashkil etish;
kadrlar siyosati va personalni boshqarish.
Ishbilarmonlik jadvali bu korxonaning yaratilishi va kelgusi faoliyatidagi eng muxim xodisalar belgilangan jadvaldir. Unda maxsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, bozorni baxolash, sotuv dasturini tayyorlash va xokozolarning vaqt bo’yicha grafigini belgilash tavsiya qilinadi.
Shuningdek, biznes-rejaning muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi eng muxim topshiriqlar: dizaynning yakunlanishi, maxsulotning ko’rgazmalarda namoyish etilishi, xom-ashyo, material va butlovchi qismlarga zarur miqdorda buyurtma berish, ishlab chiqarishning boshlanishi, birinchi buyurtmaning olinishi, birinchi to’lovlarni ko’rsatish tavsiya etiladi. Ishbilarmonlik jadvali butun ishning asosiy xolatlarini nazorat qilish, paydo buluvchi muammolarni bartaraf qilish va yetqaziluvchi zararni kamaytirishga imkon beradi.
Ko’plab chet ellik qompaniya va firmalar uz biznesida yanada ko’proq muvaffaqiyatga erishish maqsadida reklamadan keng foydalanib, turli buqletlar, Ekspress-axborotlar chiqaradilar. Biznesning ushbu jixati korxonaning ishbilarmonlik jadvalida xisobga olinsa yomon bulmas edi. Masalan, unda yozma va grafik shaklida quyidagilar aks ettirilishi mumkin:
korxonani yaratish;
biznes bo’yicha xamkorlar;
ishlab chiqarishning boshlanishi;
dastlabki tovar partiyasini yetqazib berish;
savdo vaqolatxonalari bilan kelishuvga kelish;
savdo ko’rgazmalariga chiqish;
ulgurji savdogarlar bilan kelishuv imzolash;
ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda materiallar buyurtma qilish;
xisob rakamiga kelib tushgan birinchi to’lov va tushumlarni olish.
SHunday qilib, biznes-rejadagi ishbilarmonlik jadvali quyidagilarni nazarda tutadi:
korxona faoliyatining asosiy, xayot uchun eng muxim soxalarini ajratib ko’rsatish;
xar bir ishning boshlanishi va tugash vaqtini aniq belgilash;
faoliyatning xar bir muxim soxasi uchun javobgar shaxslarni tayinlash;
jadvalda yuz berishi mumkin bo’lgan uzilishlarni va ularni tugirlash uchun amalga oshiriluvchi xatti-xaraktalarni belgilash;
javaldan chetga chiqishning biznes-rejaga ta’sirini muokama qilish.
Bo’limning qritiq jixati tashkiliy tuzilmaning biznes vazifalariga mos
kelishini namoyish etish xisoblanadi. Gap shundaqi, biznesda tashabbus aloxida axamiyatga ega bo’lib, u ko’pincha an’anaviy yondashuvlar bilan ziddiyatga uchraydi. Qabul qilinuvchi qarorlarning ustivorligini belgilashda muammolarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish xamda maksimal foydani ta’minlovchi bulinmalarni samarali ragbatlantirishni ta’minlash lozim.
Boshqaruvni tashkil etish
Zamonaviy menejment fan va amaliyotdan ko’ra odamlarni boshqarish san’ati sifatida ko’proq namoyon bo’ladi. Korxonaning tashkiliy rejasida ko’zda tutilgan barcha tadbirlar, amaliyotning ko’rsatishicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifasi korxona raxbariyatidan tashqari xodimlar jamoasining xam zimmasida bo’lsa muvaffaqiyatli tuzilishi, kelgusida esa uz vaqtida va samarali amalga oshirilishi mumkin. Xodimlar iqtisodiyotda boshqaruvning aktsiyadorlik shakllari yetakchilik qilayotgan, biznes va tadbirkorlik fakatgina biznes uchun tugilgan, tanlangan shaxslarning emas, balki xar bir shaxs shugullanishi mumkin bo’lgan xozirgi sharoitlarda ko’plab xujalik sub’eqtlarining xulq-atvori uchun qoidaga, deyarli zaruratga aylanib bormoqda.
Biroq, korxona muvaffaqiyati xaqida qayguruvchi jamoa ilmiy menejment tamoyillari va talablariga zid kelishi xam mumkin. Birinchidan, jamoaning xar bir a’zosi - oddiy ishchidan to birinchi raxbargacha korxonada belgilangan qoun-qoidalarga asosan uz vazifa va majburiyatlarini bajarishi, ikkinchidan, mansabdor shaxslar, bulinma va xizmatlar o’rtasida subordinatsiya ta’minlanishi, uchinchidan esa, boshqaruvni tashkil qilishda chuqur bilimga egalik va samaradorlik ta’minlanishi lozim.
Boshqaruv san’atidan yaxshi xabardor bulish raxbariyatning turli xil ichki va tashqi vaziyat omillarini oldindan ko’ra bilish qobiliyatini anglatadi. Bu jarayonning asosini reja kutilayotgan natijalarni beradigan darajada odamlar faoliyati va ishni tashkil qilish xisoblanadi. Bu esa ko’p jixatdan to’plangan ij tajribasidan tashqari, boshqaruv usullariga, asosiy vazifalarni ikkinchi darajali vazifalardan ajrata olish, jamoaning va xar bir shaxsning xatti-xarakatlarini baxolash va ragbatlantirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Qurinib turganidek, boshqaruvni tashkil qilish ko’p qirrali jarayon bo’lib, uz mazmuniga ko’ra oddiy boshqaruvdan ko’proq ma’noni anglatadi. U odatda, avvalo, korxona raxbariyati tomonidan boshqaruv tuzilmasi va kommynikatsiya tizimini shakllantirish, iqchning borishini nazorat qilish bo’yicha belgilangan boshqaruv qarorining qabul qilinishi bilan bog’liq bo’ladi. boshqacha qilib aytganda, boshqaruvni tashkil qilish ikki xil aspeqtga ega: ishlab chiqarishni tashkil qilish va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil qilish. Sxema ko’rinishida buni quyidagicha aks ettirish mumkin:
Ayrim korxonalar uz strukturasini tashkilot bo’yicha maxsus spravochniqlar chiqarish yuli bilan formallashtiradi. Bu spravochniqlarda odatda korxonaning tarixi va uning taqiliy tuzilmasi, ishlab chiqarish maqsadi va turlari, raxbariyat faoliyatining bayon qilinishi, kadrlar siyosati, bandlik sharoitlari, eng kam va eng yuqori ish xaqi kabi ma’lumotlar urin oladi. Bunday axborotlar shuningdek, ko’p xollarda korxona faoliyatini reklama qilish va bozordagi imidjini oshirishga xizmat qiladi.
Biznes-reja va uning bo’limlari xayotiyligini ta’minlash maqsadida boshqaruv tizimi - menejmentni marketing bilan boglash muxim. Ular u yoki bu darajada tashkiliy reja bilan bog’liq bo’lib, korxonaning ishlab chiqarish muvaffaqiyati va kutilayotgan foyda darajasiga erishishiga xizmat qiladi. Aynan shunday bog’liqlik boshqaruvni tashkil qilishda nafaqat uz iste’molchisi va bozoriga, balki barcha bozorlar va iste’molchilarga, qabul qilingan va amalga oshirilayotgan qarorlarning oqilonaligiga yunaltirilgan to’liq bir tizimni ko’rishga imkon beradi.
Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun yuqorida aytib utilgan vazifalardan tashqari biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish muxim axamitya kasb etadi. Uni tavsiflab berishda odatda quyidagi masalalar yoritiladi:
asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni;
boshqaruv tizimining ierarxiya bosqichlari soni;
u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini tuplash va boshqaruv
komandasini shakllantirish;
boshqaruv komandasi a’zolari o’rtasida rollarni taqsimlash va zar bir komanda a’zosining fuqntsiyalarini belgilab olish;
boshqaruv komandasining xar bir a’zosi uchun oylik ish xaqi miqdorini belgilash;
boshqaruv komandasi a’zolarini yollash shartlari.
Korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning uzida amalga oshiriladigan narsa emas. Uning yechimi ko’p xollarda nafaqat ko’p vaqt, balki tashqliy xarakatlar xam talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv komandasini tuzish ogir va murakkab ish xisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:
komanda a’zolarining psixologiq jixatdan bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
komanda yagona orgnaizm kabi faoliyat ko’rsatadi;
xar bir komanda a’zosi jamoa oldiga quyilgan maqsadni to’liq tushuni olishi lozim;
komanda a’zosi uz malakalsini muntazam oshirib borishi kerak; qonuniy asosda korxona nufuzi va foydasini ustirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish.
Loyixani amalga oshirish qalendar rejasiga asosan bajariladi. 2003 yilning birinchi choragi mobaynida firma yaratiladi va davlat ruyxatidan utqaziladi, mos keluvchi bino ijaraga olinadi, bozor xolati taxlil qilinadi va biznes goyasi ishlab chiqiladi. Bu davrda shuningdek, zarur asbob-uskunalar xarid qilinib, xodimlarni uqitish amalga oshiriladi. Qompьyuter qlubi uz ishini yilning ikkinchi choragidan boshlaydi.
Kadrlar siyosati va personalni boshqarish
Boshqaruvni tashkil qilish, tashkiliy tuzilmani tanlash, boshqaruv apparati va organlarini shakllantirish - bularning barchasi korxonaning kadrlar siyosatiga, kadrlar saloxiyatidan unumli foydalanishga bog’liq.
Ko’plab xorijiy firma va qompaniyalar tajribasi shuni ko’rsatadiqi, tadbirkorlik loyixalarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 90%dan ko’pi boshqaruvning kungildagidek tashkil etilmasligi, boshqaruv qonun-qoidalaridan bexabarlik, xodimlarning to’liq emasligi va kasb malakalsining pastligi raxbariyatda boshqaruv tajribasining kamligiga borib taqaladi. Afsusqi, bu kamchiliklar mamlakatimzdagi korxonalar orasida xam ko’p uchramoqda. Bunga dalil sifatida korxonalarning bankrotga uchrashi, ayrim biznes-loyixalarning ekspertiza va tanlov paytida rad qilinishini ko’rsatish mumkin. SHu sababli kadrlar va xodimlarni boshqarish masalasi doimo korxona raxbariyati nigoxi ostida bulishi xamda ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishda muntazam xisobga olib borilishi lozim.
Kadrlar saloxiyati bu korxona xodimlarining korxona oldida turgan ishlab chiqarish, fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni uz vaqtida va samarali bajari imkoniyati va yuir vaqtning uzida qobiliyati xamdir.
Kadrlar saloxiyatidan samarali foydalanish korxonadan kadrlar bilan shilash bo’yicha bir qator tadbirlarni talab qiladi, xususan:
kadrlarni tanlash va joylashtirish mezon va usullarini takomillashtirish;
xodimlar malakalsini oshirish maqsadida kadrlarni attestatsiyadan uqazish;
xodimlarni korxonada ushlab qolish maqsadida ish xaqi strukturasini yaxshilash xamda ragbatlantirish va imtiyozlar tizimini rivojlantirish;
mexnat faoliyatini baxolash mezonlarini ishlab chiqish va ularni xodimlarga yetqazish;
mexnat sharoitlari va tashkil etilishini takomillashtirish, ya’ni mexnat sifatini oshirish;
boshqa lavozimga yoki ish joyiga o’tkazich yuli bilan xodimlar tajribasini oshirish;
jamoadagi ijtimoiy-psixologiq muxitni takomillashtirish.
Xodimlarni boshqarish bu mexnat vazifalarini bajarishda xodimlarning aqliy
va jismoniy qobiliyatlaridan eng unumli foydalanish maqsadida ularning manfaatlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir ko’rsatish tamoyillari, usullari, shakllari va vositalari yigindisidir.
Xodimlarni boshqarish menejmentning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, odamlar va ularning korxona ichidagi munosabatlari bilan bog’liq bo’ladi. Aynan odamlar ijod, tashabbus xamda korxona oldida turgan vazifalarni bajarish uchun kych- quvvat manbaidir. Odamlarni boshqarishsiz xech bir tashkilot xax u katta yoki kichik busin, xox u tijorat yoki notijorat tashkilot bulsin, faoliyat ko’rsata olmaydi. Xodimlarni boshqarish ular o’rtasidagi munosabatlarda adolat va samaradorlikqa erishishga yunaltiriladi. xodimlarni borshqarish sxema shaklida 8.3.1-jadvalda aks ettirilgan.
8.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |