Ishlab chiqarish amaliyoti


Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim



Download 41,64 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2022
Hajmi41,64 Kb.
#539121
1   2
Bog'liq
Журабоев У Хисобот 2022

Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:


- nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;


- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;


- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;

- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim;


- amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.


Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
Toshkent moliya instituti
Sirtqi fakulteti “Moliya” bakalavrida ta’lim yo’nalishi
4-kurs MMC 60-guruh talabisi
Jo’raboev Ulug’bekning
Malakaviy amaliyot bo’yicha

HISOBOTI
Men, Jo’raboev Ulug’bek Saxobjon o’gli, 2022-yil Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimligi moliya bo’limida fevral oyining 14-sanasidan mart oyining 12-sanasigacha tanishuv amaliyotini o’tadim. .
1. Malakaviy amaliyotning birinchi kunidan, boshlab 14 fevraldan 4-bosqich talabasi uchun malakaviy o’quv amaliyoti boshlandi. Yig’ilishda 4-kurs kafedra bo'limi o'qituvchilari va institut rahbariyatidan vakillar ishtirok etishdi. Shu kuni bizga institut tomonidan malakaviy amaliyot rahbari etib Razzoqov Jasur Xamraboyevich tayinlandi. Amaliyot rahbari malakaviy amaliyot davrida nimalar qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Joriy yilning 14 fevraldan boshlab men o’zimga biriktirilgan Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimligi moliya bo’limida bordim va moliya mudir birinchi o’rinbosariga uchrashtim. Men mahaliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo’limi bosh iqtisodchisi ekan amaliyot rahbarim sifatida Mamarasulov Sardor Bozorboy o’g’li tayinlandi. Amaliyotning dastlabki haftasida byudjetdan moliyalashtirishning mohiyati, zaruryati va byudjetdan moliyalashtirishtirilgan sohalarni o’rgandim. Amaliyot rahbarim byudjet tizimi bo’ginlari o’rtasida xarajatlarni moliyalash tirishning taqsimlanishi, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish u asosida, hamda xarajatlar smetasiga o’zgartirish kiritish amaliyotini o’rgatdi .
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET KODEKSI
Umumiy qism
4-bob. Budjet sohasidagi vakolatlar
32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari

Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar:


budjet buyurtmasini budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;


xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;


xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni mo‘ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;


budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;


ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritadi;


tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga taqdim etadi.


Budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek:


shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;


ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritadi;


muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g‘aznachilik bo‘linmalariga o‘z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;


budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;


budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.


Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.




2. Malakaviy amaliyotning ikkinchi haftada ya’ni mahaliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlari va tartibga soluvchi daromadlarining tarkibi, ularning miqdoriy salmog’idagi dinamik o’zgarish va rejalashtirishning ahamiyatini, mahalliy byudjet xarajatlari tarkibi, ularning o’zgarishi va rejalashtirish ahamiyatini o’rgandim. Mahaliy byudjetning ohirgi 3 yillik ko’rsatkichlarini tahlil qilishi va tegishli xulosalar bilan tanishdim.
Uzbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrda qabul kilingan “2020 yil uchun Uzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tugrisida”gi 589-sonli Qonuniga muvofik, 2020 yilda boshlab xalk deputatlari Kengashida mahalliy byudjetkarni boshkarishda erkinliklari berilib, soliqlar va yig’imlar boyicha stavkalarini belgilash, mahalliy byudjeti xarajtlarini xududiy byudjeti mablag’lari taksimlovchilar kesimida tasdiklash va ularning kengashida oldidagi hisobdorligini belgilash buyicha vakolatlarini kengaytirildi.
Qonunning 18-moddasiga binonan 2020 yil uchun Jizzax shahar mahalliy byudjetini qabul qilish boyicha Xalq deputlari Jizzax shahar kengashi 2019 yil 13 dekabrdagi “Jizza viloyati 2020 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’grisida”gi 300/50-sonli qaroriga asosan Jizzax shahar byudjetiga Jizzax viloyati byudjetidan ajratilgan shahar byudjetining kassa mablag’i 1109 000,0 ming.so’m miqdorda belgilangan.
Shahar mahaliy byudjetining aylanma kassa mablag’i 2020 yilgi kontingent daromadlari rejasi prognozi 581 590 235,0 ming.so’m mahaliy byudjet daromadlar rejasi prognozi 88 205 397,0 ming.so’m (shundan Respublika byudjrtidan markazlashtirilib o’tkazib beriladigan aktsiz ( mobil aloqa va alkogol) solik 14 100 000,0 ming. So’m) qilib belgilangan.
Qonunga asosan 2020 yilda soliq turlari shahar byudjetiga to’liqligicha o’tkazib beriladi:

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i;

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’;

  • Jismoniy shaxslaring mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlarini bo’yicha deklaratsyaga asosan qamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan daromad solig’i;

  • Sement va ohaktosh tashkari, alohida noruda qurilish materiallari bo’yicha er qaridan foydalanganlik uchun solik;

  • Elektr stantsyalaridan boshqa to’lovchilar tomonidan tolanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

Qonunga asosan shaharlar byudjetlarining xarajatlar tizimida quydagi o’zgartirishlar kiritildi hamda moliyalashtirish tartibi quydagicha belgilangan.


Shahardan moliyalashtiriluvchi umumtalim maktablari hamda maktabgacha talim muassasalarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari respublika byudjetidan, to’rtinchi guruh xarajatlari tegishlicha shahar byudjetidan moliyalashtirilagan.
Shahar byudjetidan fuqarolarni o’zini boshkarish organlari orqali tayinlanadigan ishtimoi nafaqalar.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markazlarini saqlash xarajatlaridan moliyalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tugrisida”gi (O’RQ-657-sonli) Qonuniga muvofiq, 2021 yilda Xalq deputatlari Kengashida mahalliy byudjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy byudjet xarajatlarini xududiy byudjet mablag’larini taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi xisobdorligi belgilash boyicha vakolatlari kengaytirilgan.
O’zbekiston Respublikasining byudjeti kodeksidagi va mazkur qonun hamda Jizzax viloyat moliya bosh boshqarmasining 2020 yil 30 dekabrdagi 01-20-08-01-39/125-sonli xatiga asosan 2021 yil uchun Jizzax shahri mahalliy byudjetini qabul qilish buyicha Xalq deputatlari Jizzax shaxar Kengashi.
2020 yil 30 dekabrdagi 92/16-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yilgi Jizzax shahri mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlari 107,3 mlrd.so’m prognoziga ma’lumot uchun qabul qilingan.
Qonunga asosan 2021 yilda soliq turlari shahar byudjetiga to’liqligicha o’tkazib beriladi:

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i;

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i;

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik tomonidan to’lanadigan daromad solig’i;

  • Davlat mulki bo’yicha ijara to’lovlari;

  • Er uchastkalari asosan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag’lari ;

  • Byudjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan tuman va shahar byudjetiga tushadigan tushimlar;

  • Suv resurlari foydalanganlik uchun soliq;

  • Aylanmadan olinadigan soliq.

Shahar maqalliy byudjetiga yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizastiyasi qilishdag’i soligidan tushimlarning 28 foizi.
Jismoniy shaxslaridan undiriladigan daromad solig’idan tushimlarning jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari deklarastiyasi asosan to’lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorliklar tomonidan to’lanadigan daromad solig’idan tashqari 15 foizi o’tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilingan. Mahalliy yig’imlarning 80 foizi.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq zahira jamgarmari va mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlarining kamida 1 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2021 yil uchun shahar mahalliy byudjeti zaxira jamg’armasi hajmlari 1062.2 mln.so’m mikdorida tasdiqlangan.
Shahar xokimligi zaxira jamgarmasi mablag’larini shahar byudjetida ko’zda tutilmagan, kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoyi-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilishini ta’minlangan.

Qarorga ko’ra 2021 yil uchun shahar byudjetida yil qo’yiladigan eng kam mablag’lari 2020 yilga nisbatan o’zgarishsiz, 1109,0 mln.so’m miqdorida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilingan.


Shahar byudjeda shakllangan qo’shimcha manbalar tegishincha shahar Kengashi tomonidan shahar hokimligi takliflari asosida, Kengashlar qarorlarida asosan foydalanilishi belgilangan.
Bunda, shakllanadigan qo’shimcha manbalardan birinchi navbatda ijtimoyiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirish nazarga tutilgan.
O’zbekiston Respublikasini “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi
Qonunining 6,24 – moddalari (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnoma, 1993 y., 320-modda), O’zbekoston Respublikasining “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonun (Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 30.12.2021 y., 03/21/7421/1229-son), O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27,99-moddalari (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 52-I-son) hamda Moliya vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 01/20-01-32/836-sonli xatini inobatga olim, 2022 yil uchun shahar mahalliy byudjetini qabul qilish bo’yicha xalq deputatlari shahar Kengashi.
O’zbekiston Respublikasinngi “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’grisida”gi Qonun va Xalq deputatlari Jizzax viloya Kengashining 2022 yil 5 yanvardagi “Jizzax viloyati 2022 yilgi” mahaliy byudjetini tasdillash to’grisida’gi VI-31-5-3-0-K/22-sonliy
qarori ma’lumoti va ijro uchun qabul qilingan.
Jizzax shahar mahalliy byudjeti daromadlarining 2022 yildagi asosan prognozi reja ko’rsatkichlari 1-ilova muvofiq tasdiqlangan.
2022 yil uchun Jizzax shahar byudjetidan birinchi darajali 2022 yil mablag’larini taqsimlovchilarga ajratilgan parlament ajratmalarining cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq qabul qilingan.

Umumdavlat soliqlaridan Jizzax shahar mahalliy byudjetiga ajratmalar me’yori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bundan, ajratma meyorlari bo’yicha viloyat mahalliy byudjeti bilan shahar mahalliy byudjetlarining taqsimotini o’rnatilgan tartibda shahar G’aznachilik bo’linmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilagan.


Qarorida asosan 2022 yilda soliq turlari shahar mahalliy byudjetiga to’lig’icha o’tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i;

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i;

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar to’laydigan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to’g’risidagi deklarastyga asason to’laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr sranstiyalari tomonidan to’lanadigan soliq mustasno;

  • Davlat mulki buyicha ijara to’lovchilari;

  • Er uchastkalari asosan hukuklarni sotishdan tushgan pul mablag’lari ;

  • Byudjet tashkilotlari asosiy vositalari sotishidan tuman va shahar byudjetiga tushadigan tushumlar;

Shahar mahalliy byudjitiga quyidagi ulushlarda. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo’yicha deklarastiga asosan to’lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik tomonidan to’lanadigan daromad solig’idan tashqari) 40 foizi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliqdan tushumlarning 40 foizi.
Yuridik shaxslarning olinadigan er soliqdan tushumlarning 30 foizi.
Benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuni istemolchilarga realizastiya qilishdagi akstiz solig’idan tushumlarning 10 foizi mikdorida o’tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilingan.
Jizzax shahar maqalliy byudjetining 2022 yil daramodlari va xarajatlar chegaraviy hajmi 4-ilova muvofiq ma’lumot uchun qabul qilingan.
Jizzax shahar mahalliy byudjetining 2022 yilgi yuqori byudjetdan ajratilgan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Shaharning bjtimoiy – iktisodiy revojlanish loyahalarini ishlab chiqish jarayoni faol jalb etish va joylardagi dolzarb muammolarni qal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maksadida tashkil etilgan «Fuqorolar tashabbusi jamg’armasi »ga mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlarining 5 foiziga teng mikdorida 6-ilova muvofik qabul shakllangan qo’shimcha mablag’larning kamida 30 foizini rejalashtirilishi taminlangan.
2022 yil uchun shahar byudjetining yol qo’yiladigan eng kam mablag’lari miqdori 7-ilovaga muvofiq belgilangan.
Qonunning 8 moddasiga muvofik zahira jamg’armalari mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarjatlarininng kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2022 yil uchun shaharning shahar byudjeti zaxira jamg’armasi hajmi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Qishloq xojaligi uchun mo’ljallangan erlar uchun yuridik shahslar bo’yicha mutloq miqdorda 1 gektar er uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffistientlari 9-ilovaga xamda jismoniy shahslar buyicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilaetgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffistientlar 10-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
3. Malakaviy amaliyotning uchunchi haftada shahar byudjetida maktabgacha tarbiya xarajatlarining tutgan o’rni va salmog’ini, maktabgacha tarbiya muassasalari xarajatlari moliyalashtirish amaliyotini, jumladan, maktabgacha tarbiya mussasalari xarajatlarini moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlarini, ular xarajatlarini rejalashtirishda qo’llaniladigan operativ-tarmoq ko’rsatkichlarini, hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minotiga haq to’lash tartibini o’rgandim.
41-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va dam olishidan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdori va tartibi qonunchilikda belgilanadi. 41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21-apreldagi O’RQ-683-sonli Qonuni tahrirda-Qununchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y 03/21/683/0375-son
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari quyidagilar asosida shakllantiriladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining lavozimi va malaka toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha haqlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:

o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis;


bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega ikkinchi toifali mutaxassis;


bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega birinchi toifali mutaxassis;


bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega oliy toifali mutaxassis.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq to‘lanadigan ta’til va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.


(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati aralash tarzda — Davlat budjeti mablag‘lari, o‘z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag‘lari va boshqalar) hisobiga moliyalashtiriladi;
Viloyat tibbiy diagnostika markazining faoliyati pulli konsultatsiya-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan o‘z daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va qishloq vrachlik punktlarining faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Bunda budjet mablag‘lari markazlarga belgilangan tartibda ajratiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining aholining imtiyozga ega bo‘lgan toifalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, markazlarni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlash xarajatlariga haq to‘lash esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Malakaviy amaliyotning to’rtinchi haftada shahar maktablari xarajatlarini moliyalashtitish amaliyot, jumladan, umumta’lim maktablari xarajatlar smetasi, shtatlar, jadvali, uning tarkibi, umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlarini, ular xarajatlarini rejalashtirishda qo’llaniladigan operativ-tarmoq ko’rsatkichlarni, xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lash tizimini o’rgandim.

9-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti


70. Davlat umumta’lim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
71. Davlat umumta’lim muassasasiga budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish budjetdan moliyalashtirish kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
72. Umumta’lim muassasasi o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
73. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
umumta’lim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
74. Davlat umumta’lim muassasalari shtatidagi xodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
75. Umumta’lim muassasasida o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlari doirasida bepul umumiy o‘rta ta’lim berilishidan tashqari, qo‘shimcha (shu jumladan pulli) ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
76. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk umumta’lim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
77. Umumta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi.
78. Umumta’lim muassasasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
79. Umumta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
80. Umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik ta’minoti va kadrlar bilan ta’minlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
Amaliyotning yakunlovchi qismi, ya'ni to’rtinchi qismida malakaviy amaliyot bo'yicha hisobotimni tayyorladim va amaliyot kundaligimni oxirgi sahifalarini to'ldirib Jizzax viloyati Jizzax shahar hokimligi moliya bo’limi rahbari Abdujalilov Asil Abdurahmonovich tomonidan imzolatishga tayyorladim.


Toshkent moliya instituti
Sirtqi Moliya fakulteti
4-kurs MMC 60-guruh talabisi: ______________ Jo’raboev Ulug’bek
Download 41,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish