Tijorat xatini o’rganish va ularni rasmiylashtirish



Download 347,35 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi347,35 Kb.
#788194
Bog'liq
3-legal case

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

3-amaliy topshiriq
Mavzu: “Tijorat xatini o’rganish va ularni rasmiylashtirish

Bajardi: Jurayeva Dildora


Guruh: 124-19
Qabul qildi: Tursunova M. T.

TASHKENT 2022


Tijorat xatini o’rganish va ularni rasmiylashtirish
Bunday yozishmalar tashkilotlarning bitim (shartnomalar) tuzish va ularni bajarish bilan bogʼliq boʼlgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, oʼz yoʼnalishi, oʼzining huquqiy va iqtisodiy ahamiya tiga ega. Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 yil muqaddam Аngliyada yuzaga kelgan. Oʼzbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yoʼlga qoʼyilishi bilan, oʼz­oʼzidan xalqaro ish yuritishda udum boʼlgan hujjatlar, jumladan, tijorat yozishmalari ham yoʼlga qoʼyildi. Xizmat xatlarining asosiy turlari – iltimos xat, minnatdorlik xati, axborot xat, kafolat xati, ilova xat, inkor xati, taklif xat kabilar tijorat sohasida ham keng qoʼllanadi. Tijorat yozishmalarida shartnomaga oʼxshash hujjatlar – soʼrovnoma, taklif xat, (oferta) buyurtma xat, aktsept (shartnomaga rozilik xati), shuningdek, bank hujjatlari – schyot, faktura, avizo ham oʼziga xos koʼrinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xatlarining yozilish uslubi, gap qurilishi, soʼz birikmalari koʼproq diplomatik hujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli boʼlishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muhimi, iliq, iltifotli, samimiy ruhda bayon etilishi lozim. Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, soʼz birikmalariga ega. Chunonchi, xatning murojaat qismida quyidagi eʼzoz­hurmat soʼzlari ishlatiladi: «Ja-nob...», «Mister...», «Muhtaram», «Xonim...», «Qadrli...», «Аziz...»va boshqalar.
Xatning xulosa qismi ham iltifotli soʼz va iboralar bilan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan...», «Kamoli ehtirom ila...», «Eng ezgu tilaklar ila...»va h.k.Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar koʼp qoʼllanadi: «.... bayon etilgan»; «.... (sana) yozilgan xa-tingizni olib mamnun boʼldik»; «Bizning taklifimiz haqi-da Siz nima deysiz?»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz?»; «.... boʼyicha Sizning iltimosingizni qoʼllab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub orqali Sizga minnatdorchilik izhor etmoq-chiman»; «Buyurtmangizni koʼrib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz»; «.... kabi masalalar boʼyicha Sizlar bilan oʼzaro foydali iqtisodiy aloqa oʼrnat-moqchi edik»; «Bu bizning istagimizga ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dastgohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni moʼljallayapmiz»va h.k. Tijorat xatlari vazifasiga koʼra, asosan, 2 turga boʼlinadi: soʼrov – soʼrovga javob; oferta (taklif) – taklifga javob. Аmaliyotda tijorat xatlarining daʼvo (reklamatsiya)
– daʼvoga javob shakli ham uchrab turadi. Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar oʼrtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi. Soʼrov (xati)tijorat hujjati boʼlib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshqalar) haqida muxtasar maʼlumot berishni soʼrab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini oʼzida aks ettiradi. Qoidaga koʼra, soʼrovda tovar (xizmat)ning nomi, shuningdek, mol oluvchining tovarni olish shartlari, yaʼni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, yetkazib berish muddati va toʼlov shartlari koʼrsatiladi. Soʼrovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi. Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar oʼrtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.

Soʼrov xati matniga misollar:


«Shartnomaga muvofiq ilova qilinayotgan roʼyxatda koʼrsatilgan qurilish ashyo (material)lariga taklif beri-shingizni soʼraymiz». «2017.27.11 da Toshkentda tuzilgan savdo bitimiga asosan 2018 yilning IV choragida 5 ta kompressor yetkazib berish uchun bizga oʼz taklifingizni yuborishingizni soʼray-miz».
«Tavsiya etilgan tafsilot roʼyxati (spetsifikatsiya)ga muvofiq bizga elektr qandillar uchun taklif yoʼllashingiz-ni iltimos qilamiz». «Bizga yoʼllagan narxnoma uchun Sizga minnatdorlik
bildiramiz.
Bizga 2 ta «Pentum-5» kompьyuteri uchun taklif yoʼlla-sangiz». Soʼrovlarga javob qaytarishda sotuvchi xaridorga birdaniga taklif joʼnata olmasa, unga xat yoʼllab, uning sabablarini maʼlum qiladi. Ular quyidagicha boʼlishi mumkin. Masalan: soʼrov koʼrib chiqish uchun qabul qilinganligi; soʼrov shartining oʼzgarganligi (masalan, tovar miqdorining, markasining, yetkazib berish muddatining oʼzgarganligi va boshqalar); xaridorni qiziqtirayotgan tovarni yetkazib berish imkoniyatlari aniqlanayotganligi. Аgar sotuvchi xaridorning talabini birdaniga qondi­ rishi, yaʼni unga tovar yetkazib berish imkoniyatiga ega boʼlsa, xaridorga taklif xat (oferta) yoʼllaydi. Taklif xat (oferta) sotuvchi yoki eksport qiluvchining maʼlum shartlari koʼrsatilgan bitim (oldi­sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjatdir. Ofertalar xaridorga, chetdan tovar oluvchiga uning soʼroviga javob sifatida joʼnatiladi yoki sotuvchi tashabbusi bilan xaridorga taqdim qilinishi mumkin. Ofertada, odatda, tavsiya qilinayotgan tovar nomi, miqdori va tovar sifati, bahosi, yetkazib berish muddati, toʼlov shartlari, oʼram turi va tovar xususiyati bilan bogʼliq boshqa shartlar koʼrsatiladi.

Taklif xatiga namuna:

Ofertaga javob qaytarishda xaridor taklifning barcha shartlariga rozi boʼlsa, sotuvchining taklifini tasdiqlay­di va bitim tuzilgan hisoblanadi. Buyurtma berish yoki shartnoma tuzish taklifning qabul qilinishi hisoblanadi. Аgar xaridor taklif shartlariga rozi boʼlmasa yoki taklif etilayotgan tovarni sotib olishga qiziqmasa, uni qabul qilishdan bosh tortadi. Xaridor taklifning biror sharti (masalan: miqdori,
tovar sifati, narxi, yetkazib berish muddati va boshqalar)ga rozi boʼlmasa, bu haqda sotuvchiga xabar beradi va bitimning barcha shartlari boʼyicha toʼliq kelishib olguncha, ular oʼrtasida yozishma (muzokara) davom etadi


Download 347,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish