5.7.1.2. Shatakli rele.
Shatakli rele lokomotiv g‘ildirak juftligining bir joyda qo‘zg‘almasdan
aylanishini aniqlash uchun xizmat qilib, paydo bo‘lgan shataklanishni yo‘qotish
maqsadida elektr uzatmaga ta’sir o‘tkazadi va shataklanish hosil bo‘lganligi haqida
mashinistni ogohlantiradi. Shatakli rele sifatida lokomotiv sxemasida RK-221U3
turidagi uchta reledan tashkil topgan blokdan foydalaniladi (5.61- rasm).
5.61-rasm. BB-320 shatakli relesi
188
Shatakli rele o‘zakli magnit o‘tkazgichga mahkamlangan o‘zakli g‘altakka
ega (5.62-rasm). O‘qga plunjer va qo‘zg‘aluvchi kontaktli yakor o‘rnatiladi.
Plunjerning holati vint bilan rostlanadi. Yakor uzib qo‘yilgan holatda rostlovchi
vintli prujina bilan ushlab turiladi. Qo‘zg‘almas kontaktlar asosga o‘rnatiladi. RK
turidagi relening texnik tavsiflari 5.13- jadvalda ko‘rsatilgan.
5.62 - rasm. RK-221U3 shatakli relening qismlari: 1-asos; 2-g‘altak; 3-magnit o‘tkazgich;
4-qo‘zg‘almas kontakt; 5-qo‘zg‘aluvchi kontakt; 6-qo‘zg‘almas kontakt; 7-o‘q; 8- yakor; 9-vint;
10- rostlovchi vint; 11-prujina; 12-plunjer; 13-o‘zak
5.13-jadval.
RK turidagi elektromagnit relening texnik tavsifi
Ko‘rsatkich
RK-211
RK -221
RK -231
RK -241
Ishga tushish toki, A
0,05
-
-
-
Ishga tushish kuchlanishi, V
-
2,65
1,2
8,0
Qaytarish koeffitsienti
0,85
0,8
0,8
0,8
Kontaktlar rastvori, mm
1,5
1,5
1,5
1,5
Kontaktlar provali, mm
1,0
1,0
1,0
1,0
Nominal tok, A
0,15
1,348
-
-
Nominal kuchlanish, V
-
-
6,0
12,0
O‘tkazgich markasi
PEV-2
PEV -2
PEV -ТС
PEV -2
O‘tkazgich diametri, mm
0,23
0,8
1,16
0,44
O‘ramlar soni
9400
1050
500
3400
Qarshilik, Om
526
4,95
1,12
48,5
Shataklanish paydo bo‘lishini aniqlash tartibi, shataklanayotgan va
189
shataklanmayotgan tortuv elektr dvigatellarining alohida nuqtalaridagi
potentsiallarni taqqoslashga asoslangan. Tortuv elektr dvigatellarini parallel
ulanganda, shatakli relening g‘altagi tortuv elektr dvigatellari yakorlarining
tarmoqlanib chiqish joylari orasiga ulanadi (5.62. - rasm).
5.62 - rasm. Tortuv elektr dvigatellarida shataklanishni aniqlash sxemasi
Bitta g‘ildirak juftligida shataklanish paydo bo‘lganda yakordagi tok va u
bilan bog‘langan tortuv elektr dvigatelinining toki kamayadi. Shatakli rele g‘altagi
ulangan nuqtaning potentsiali ham kamayadi (asosiy va qo‘shimcha qutblar
chulg‘amlarida kuchlanish tushishi kamayadi). Poten-siallar farqi ta’sirida shatakli
rele g‘altagidan tok o‘tadi va rele ulanadi.
Lekin shataklanishni bunday aniqlash sxemasi jiddiy kamchilikka ega. Ya’ni
dvigatellari bir rele yordamida nazorat qilinadigan g‘ildirak juftliklari bir xil yoki
bir-biriga yaqin tezlikda, bir vaqtda shataklanishini aniqlash imkoni mavjud emas.
Chunki shatakli rele g‘altagi ulangan nuqtalarning potentsiali teng yoki bir-biriga
juda yaqin. Zamonaviy lokomotivlarda shataklashni aniqlash uchun ko‘priksimon
sxemadan foydalaniladi. Bunday sxema atiga bitta g‘ildirak juftligi shataklanmasa
ham, shataklanishni aniqlash imkonini beradi (5.63. - rasm).
190
5.63 - rasm. Shataklashni aniqlashning ko‘priksimon sxemasi
G‘ildirak juftligi shataklanganda yakor va qo‘shimcha qutblar ulanish
nuqtasining potentsiali, shataklanuvchi tortuv elektr dvigateli yakorining
zanjiridagi tokning pasayishi hisobiga pasayadi. Xuddi shu nuqtada
shataklanmagan g‘ildirak juftliklarida esa potentsial o‘zgarmaydi. Bu holatda
maksimal potentsialli nuqtadan shatakli rele orqali minimal potentsialli nuqtaga
tok oqishi uchun zanjir hosil bo‘ladi. Shatakli relening sezgirligi oshadi. Lekin
barcha g‘ildirak juftliklari shataklanganda bu sxema ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi
(bunday holat amalga oshishi ehtimoldan uzoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |