Yerga ulash relesi.
Erga ulash relesi, korpus izolyatsiyasi teshilganda, kuch
zanjiridagi kuchlanishni o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Elektr uzatmaning ishlash jarayonida korpusga tutashuv, izolyatsiya-ning
teshilishi yoki boshqa sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin. Lokomotivlarda
korpusga qisqa tutashuv elektr jihozlarning ishlashida o‘zgarish keltirib
chiqarmaydi. Lekin korpusga yana bir qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, bu og‘ir
avariyaga yoki yong‘inga olib keladi. Shu sababli lokomotivlarda erga ulash relesi
o‘rnatiladi. Erga ulash relesi sifatida RM1000 turidagi relelardan foydalaniladi.
Korpus izolyatsiyasi teshilganda, tortuv generatori TG tokining bir qismi
quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: tortuv generatorining plyusi, teshilgan joy,
lokomotiv korpusi, erga ulash relesining g‘altagi va tortuv generatorining minusi
(5.57- rasm). Natijada rele ishga tushadi va o‘zining kontaktlari bilan
1
(Eslatma: elektromagnitli relening ulash holatidagi tok miqdori releni ulangan holatida tutib
turish tokidan ikki marta katta bo‘ladi)
182
qo‘zg‘atgichni, tortuv generatori va tortuv elektr dvigatelini qo‘zg‘atish
kontaktorlari g‘altagining zanjirini uzadi.
5.57 – rasm. Erga ulash relesining ishlash tartibi
Bu holatda erga ulash relesining ishchi g‘altagidagi tok yo‘qoladi, lekin
mexanik yoki elektr surilma relening uzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki tortuv
generator kuchlanishi qayta ulansa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Releni sxemaga bu tarzda ulashning kamchili shundan iboratki, kuchli tok
o‘tkazadigan zanjirning katta qismida, kuchlanish pasayishi kichik miqdorda
bo‘lganligi sababli himoya mavjud emas.
Agar izolyatsiyaning teshilgan nuqtasidagi potentsial korpusga nisbatan 80
V dan kam bo‘lmasa rele ishga tushishi mumkin. Buning natijasida elektr
dvigatellar asosiy qutblarining chulg‘ami, reversorlar va qo‘zg‘atishni susaytirish
rezistorlari izolyatsiyaning korpusga teshilishidan himoyasiz qoladi. 5.58-rasmda
ko‘rsatilgan sxemada yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar mavjud emas.
183
5.58-rasm. Yerga ulash relesining sxemasi
Yuqoridagi sxemada g‘altakning bir uchi R1 va R2 rezistorlar hosil qilgan
kuchlanish bo‘luvchining o‘rtasi bilan ulangan. Shu sababli plyus zanjirida yoki
minus zanjirida izolyatsiyaning teshilishi, erga ulash rele-sining ishga tushishiga
olib keladi. Chunki izolyatsiya teshilishi nuqtasi-ning potentsiali avvalgi
sxemadagi kabi tortuv generatorining minusi bilan emas, balki kuchlanish
bo‘luvchisining o‘rta nuqtasidagi kuchlanishning potentsiali bilan taqqoslanadi. Bu
nuqtadagi potentsial musbat tarmoqlanib chiqish joyiga nisbatan etarli darajada
past, tortuv generatorining minusiga nisbatan etarli darajada yuqori.Ushbu
zanjirning ishlash tartibi bilan tanishamiz:
Agar izolyaciyani teshilishi zanjirning musbat qismida bo'lsa erga ulash
relesi quyida tartibda ishlaydi. Tortuv generator tortuv elektr dvigatellar quydagi
tartibda ulanadi. Generator yakoridan chiqgan musbat manba simlar orqali P1 -P6
elektr pnevmatik kontaktorlar orqali o'tib tortuv elektr dvigatelning yakoriga
keladi. Tortuv elektr dvigatelning yakoridan, to'ldiruvchi qutblaridan o'tgan manba
reversorga keladi. Reversorning belgilangan harakat yo'nalishi bo'yicha ulangan
kontaktlaridan o'tib tortuv elektr dvigatelning asosiy qutbida joylashgan
cho'lg’amni manbalaydi va reversor ulangan kontaktlaridan o'tib 104 shuntga
keladi. 104 shuntdan o'tgan manba generatorning qo'shimcha qutbidan o'tib
184
generator yakorining minusiga keladi va zanjir to'liq berkiladi. Teplovoz kuch
zanjiri ishga tushib teplovoz harakatlana boshlaydi. Agar zanjirda izolyaciyani
korpusga nisbatan teshilishi yuz bersa bunda erga ulash relesi ushbu zanjir bo'yicha
ishlaydi (5.59-rasm).
5.59- rasm. Erga ulash relesini zanjiri (musbat zanjir).
Generator plyusi, teplovoz korpusi, teplovoz korpusidan manba erga ulash
relesining korpusga mahkamlanga qismidan kirib D2 diodi, SRZ6 va SRZ5
qarshiliklari o'tadi, relening ishchi RZ(R) cho'lg’ami, D3 diodidan o'tib, VRZ-2
ulagichidan, SRZ-1 qarshiligidan o'tgan manba, 104 ampermetr shuntiga keladi,
104 ampermetr shuntidan o'tgan manba generator qo'shimcha qutbi chol’g’amidan
o'tib generator minusi bilan ulanadi va erga ulash relesi zanjiri ishga tushadi.
Bunda erga ulash relesining ajraluvchi kontaktlari teplovozni kuch zanjirini
manbalovchi uyg’otgichning uyg’otish zanjirini va generatorni uyg’otish zanjirini
ishga tushiruvchi kontaktorlarni g’altaklarini ulash zanjirini uzib kontaktorlarni
o'chiradi va o'z navbatida kuch zanjirini manbasizlantiradi. Kuch zanjiri
185
manbasizlanganda erga ulash relesining ishga tushirish g’altagi ham
manbasizlanadi. Rele mustaqil manbaga ega bo'lgan ushlab turish g’ltagi RZ(U)
tomonidan hosil qilingan magnit maydon hisobiga ishga tushgan holatida qoladi.
Releni o'chirish faqat boshqaruvchi mashinist tomonidan ushlab turish g’altagi
zanjiriga o'rnatilgan o'chirish tugmachasi KRZ bosib ajraluvchi kontaktlarni
ajratish evaziga manbasizlantirib amalga oshiriladi.
Agar korpusga nisbatan izolyaciyaning teshilishi kuch zanjirining manfiy
qismidagi simlarida yuz bersa quyidagi zanjir hosil bo'ladi (5.60 - rasm).
5.60- rasm erga ulash relesini zanjiri (manfiy zanjir).
Tortuv generator va tortuv elektr dvigatellar yuqorida keltirilgan zanjir
bo’yicha ulanadi. Agar zanjirda izolyaciyani korpusga nisbatan teshilishi
zanjirning manfiy qismida yuz bersa bunda erga ulash relesi ushbu zanjir bo'yicha
ishlaydi. Manba generator plyusi, VRZ - 1 ulagichi, SRZ-3, SRZ-2 qarshiliklari,
VRZ - 2 ulagichi, D4 diodi, relening ishchi RZ(R) chol’g’ami, D1 diodidan o'tib
erga ulash relesining ishchi g’altagining korpusga ulangan ikkinchi uchidan
186
teplovoz korpusiga chiqib, kuch zanjirining manfiy qismida izolyaciyaning
teshilishi yuz bergan joyidan kirib keladi va 104 ampermetr shunti, generator
qo’shimcha qutbi chol’g’amidan generator minusiga keladi va erga ulash relesi
ishchi chol’g’ami zanjiri konturi berkilib rele ishga tushadi.
Bunda huddi zanjirning musbat qismida izolyaciyaning teshilishda erga
ulash relesi qanday ishlagan bo'lsa huddi shunday ishlaydi.
erga ulash relesining ajraluvchi kontaktlari teplovozni kuch zanjirini
manbalovchi uyg’otgichning uyg’otish zanjirini va generatorni uyg’otish zanjirini
ishga tushiruvchi kontaktorlarni qaltaklarini ulash zanjirini uzib kontaktorlarni
o'chiradi va o'z navbatida kuch zanjirini manbasizlantiradi va holat takrorlanadi.
Releni ishchi holatga qaytarish yuqorida aytib o'tganimizdek bajariladi.
Еrga ulash relesining ishga tushirish chol’g’ami zanjirining ishidan ko'rinib
turibdiki izolyaciyaning teshilishi zanjirning qaysi qismida bo'lishidan qat'iy nazar
tok relening ishchi RZ(R) chol’g’amidan bir yo'nalishda o'tadi.
Tekshirish natijasida izolyaciyasi teshilgan tortuv elektr dvigatel
aniqlangandan so'ng VRZ - 1 ulagichi o'chirib qo'yilishi lozim. Aks holda kuch
zanjiriga yuklanish berilganda erga ulash relesi yana qaytadan ishlab ketadi. VRZ -
2 ulagich uzib qo'yilsa erga ulash relesi to'liq o'chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |