Agar o‘ng qo‘l kaftiga magnit kuch chiziqlari kiradigan holatda ushlansa,
katta barmoq o‘tkazgich harakatlanish yo‘nalishini, qolgan barmoqlar
induktsiyalangan EYuK va o‘tkazgichdagi tok yo‘nalishini ko‘rsatib beradi.
Magnit kuch chiziqlari shimoliy qutbdan janubiy qutb tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Elektromagnit induktsiya qoidasiga asosan oddiy generatorning ish tartibini
ko‘rib chiqamiz. Ramka shaklidagi mis simdan tayyorlangan o‘tkazgich o‘qga
o‘rnatilgan va magnit maydoniga joylashtirilgan. Ramkaning uchlari bir-biridan
izolyatsiya qilingan bir aylananing ikki yarim aylana shaklidagi halqalariga
ulangan. Kontakt plastinalari (cho‘tkalar) bu halqa ustida sirpanadi.
Ramka aylanish jarayonida cho‘tkalar kollektorda shunday joylashishi
kerakki, birinchi yarim aylanadan ikkinchi yarim aylanaga o‘tish vaqtida
ramkaning har bir tomonida induktsiyalanadigan EYuK nolga teng bo‘ladi.
Ramkada induktsiyalanadigan o‘zgaruvchan EYuK kollektor yordamida
to‘g‘irlanadi va tashqi zanjirda yo‘nalishi bo‘yicha O’zgarmas tok hosil bo‘ladi.
Kontakt plastinalariga tashqi zanjir va elektr miqdorini o‘lchash qurilmasi ulangan.
2.2-rasm. O’zgarmas tok elektr mashinasi: abcd – o‘tkazgichning o‘rami; n –
yakorning
aylanalari soni, ayl/min
Yakorda
abcd
o‘rami ko‘rinishidagi chulg‘am joylashtirilgan. O‘ram-ning
uchlari bir-biridan izolyatsiya qilingan ikki plastinaga birlashtirilgan (yarim
halqalar). Bu halqalar kollektorni tashkil etadi. Cho‘tkalarga gene-ratorning
yuklanishi ulanadi. Lokomotivlarda tortuv generatorining yukla-masi tortuv elektr
15
dvigatellari hisoblanadi. Elektr mashinaning ishlash jarayonida kollektor val bilan
birgalikda
aylanma harakat qiladi, cho‘tkalar esa harakatlanmaydi.
Generator yakori aylanishi jarayonida o‘tkazgichlarning chulg‘ami magnit
maydonida turli xil magnit induktsiyasi miqdorida ketma-ket joy egallaydi.
Shuning uchun generator yakori chulg‘amida o‘zgaruvchan EYuK hosil bo‘ladi.
Elektr yurituvchi kuchning o‘zgarish grafigi vaqtga bog‘liq ravishda, magnit
induktsiyasini havo bo‘shlig‘ida taqsimlanish di-agrammasiga mos keladi.
Masalan, havo bo‘shlig‘idagi EYuK magnit in-duktsiyasi sinusoida turidagi
taqsimlanishida yakor chulg‘amidagi tok ham sinusoida ko‘rinishida bo‘ladi. Agar
elektr mashinada kollektor bo‘l-maganida, generator tashqi zanjiridagi tok
o‘zgaruvchan bo‘lar edi. Kollek-tor va cho‘tkalar yordamida yakor chulg‘amining
o‘zgaruvchan toki pulsatsiya qiladigan tokga o‘zgartiriladi, ya’ni tok yo‘nalishi
o‘zgarmaydi.
Yakor 180º
burchakga burilganidan so‘ng,
abcd
o‘ramda tok yo‘nalishi
teskarisiga o‘zgaradi. Lekin cho‘tkalar qarama-qarshi qutblarga ega, shu sababli
tashqi zanjirdagi tok yo‘nalishi O’zgarmasdan qoladi. Chunki o‘ramda-gi tok
o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirganda cho‘tkalar ostidagi kollektor plastinalari
o‘zgarishi amalga oshadi. Demak har doim
A
cho‘tkasi ostida shimoliy qutb
N
ostidagi o‘tkazgich bilan ulangan plastina joylashadi.
V
cho‘tkasi ostida esa
janubiy qutb
S
ostidagi o‘tkazgich bilan ulangan plastina joylashadi. Shu sababli
generator tashqi zanjirida tok O’zgarmas yo‘nalishga ega bo‘lib, uning qiymati esa
o‘zgaruvchan bo‘ladi.
abcd
o‘tkazgichining
chulg‘ami qutblar o‘rtasi ostida
joylashganda, tok maksimal qiymatga erishadi, geometrik neytralda joylashganda
esa tok miqdori nolga teng bo‘ladi. O’zgarmas tok generatorida kollektor
yordamida yaqor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok zanjirning tashqi qismidagi
pulsatsiyalanadigan tokga o‘zgarishi amalga oshadi.
16
2.3-rasm. Bir o‘ram chulg‘amga ega bo‘lgan yakor o‘tkazgichida tok yo‘nalishining o‘zgarishi
2.4-rasm. Ikki o‘ram chulg‘amga ega bo‘lgan generator yakor o‘tkazgichida
to‘g‘irlangan tok
grafigi
Generator tashqi zanjiridagi tok pulsatsiyasi miqdorini kamaytirish uchun
yakor chulg‘amini bir necha o‘ramdan tayyorlash zarur. Har bir o‘ram kollektor
plastinalari juftligiga ulanadi. Agar yakor, fazoda 90º
burchak ostida siljitilgan
ikkita o‘ramga ega bo‘lsa tok pulsatsiyasi sezilarli miqdorda kamayadi. Yakor
chulg‘amida o‘ramlar soni ko‘p bo‘lganda, tok pulsatsiyasi miqdori yanada kam
bo‘ladi. Chulg‘amda 16 ta o‘ram bo‘lganda (mos ravishda kollektorda 16 ta
plastina bo‘ladi) tok pulsatsiyasi sezilarli bo‘lmaydi va generator tashqi zanjiridagi
tok kuchi nafaqat yo‘nalishi, balki kattaligi bo‘yicha ham O’zgarmas hisoblanadi.
Demak O’zgarmas tok elektr mashinalari ko‘p miqdorda kollektor plastinalari va
17
yakor chulg‘amlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: