«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


-jadval. Elektropnevmatik kontaktlarning tavsifаsi.lari



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

5.3
-jadval. Elektropnevmatik kontaktlarning tavsifаsi.lari
Ko‘rsatkich
Kontaktor
PK-753
PK -910
PK -1146
Kuch kontaktlari
Nominal tok, A
830
950
800
Nominal kuchlanish, V
900
950
1000
Bosish kuchi, N
600
400
600
150


Rastvor, mm
15
16
18
Blokirovka kontaktlari
Nominal tok, A
10
10
6,3
Nominal kuchlanish, V
75
110
110
5.4.4. Elektr pnevmatik guruhli kontaktorlar.
  Guruhli elektr pnevmatik kontaktorlar elektr uzatmali teplovozlarda
tortuv   dvigatellari   qo‘zg‘atish   chulg‘amiga   parallel   tarzda   qo‘zg‘atishni
susaytiruvchi   rezistorlarni   ulash   uchun   xizmat   qiladi.  PKG-565  olti   qutbli
guruhli elektr pnevmatik kontaktorlarii 2TE10M, 2TE116 kabi teplovozlarda
qo‘llaniladi. 
Kontaktor korpusiga elektr pnevmatik ventil qotirilgan yuritmadan
tashkil topgan (5.29-rasm). 
5.29-rasm. PKG-565 guruhli kontaktori:
1- elektr pnevmatik ventil; 2- kontakt ushlagich;3- ustun; 4- qaytaruvchi prujina; 5-
qo‘zg‘almas kontakt; 6- qo‘zg‘aluvchi kontakt; 7- jipslashtiruvchi prujina; 8- shtok; 9- diafragma
Diafragma   yordamida   yuritma   korpusining   ichki   hajmi   ikki   qismga
bo‘linadi. Ostki qismga elektr pnevmatik ventildan  havo uzatiladi, yuqori qismda
151


shtok   joylashgan   bo‘lib   uning   ko‘ndalang   kesilgan   joyi   diafragmaga   tayanadi.
Shtokga   kontakt   ushlagichlar   ko‘prik   turidagi   qo‘zg‘aluvchi   kontaktlar   bilan
mahkamlanadi.   Qo‘zg‘almas   kontaktlar   ustunga   plastmassali   izolyatsiyalangan
kontakt ushlagichlar orqali ustunlarga mahkamlanadi. 
5.30-rasm. PKG-565 kontaktorining qismlari
Asosiy kontaktlar uzoq tasir etuvchi tok 450A ga hisoblangan bo‘lib, 6 mm
rastvor va 4 mmli provalga ega. Bosish kuchi 2 x 120 N. Yordamchi kontaktlar 2
A   tok   hisoblangan   bo‘lib,   bosish   kuchi   1,1-1,3   N.   Tortuv   elektr   dvigatellari
qo‘zg‘atish   chulg‘amida   kuchlanish   tushishi,   asosiy   kontaktlarda   kuchlanishni
cheklaydi (ya’ni teplovozning to‘g‘ri yig‘ilgan kuch sxemasida bir necha voltdan
oshmaydi). Kontaktlar uzilishida ularning orasidagi elektr yoyi paydo bo‘lmaydi,
shuning uchun yoy so‘ndirish moslamasi talab etilmaydi.  
152


Elektr pnevmatik ventilni ishga tushirilganda havo diafragma ositiga kirib
keladi,   diafragma   bukiladi   va   shtokni   bosadi,   shtok   yuqoriga   harakatlanadi   va
qo‘zg‘aluvchi   kontaktlar   qo‘zg‘almas   qontaktlar   bilan   ulanadi.   Kontaktlarni
bosilishi   prujinalar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Bir   vaqtning   o‘zida   prujina
siqiladi.   Elektropnevmatik   ventilni   o‘chirilganda   diafragma   ostidagi   hajm
atmosfera   bilan   ulanadi   va   uchiruvchi   prujina   harakati   ta’sirida   shtok   pastga
harakatlanadi,   qo‘zg‘aluvchi   kontaktlar   avval   ulangan   zanjirni   uzadi.   Asosiy
kontaktlar   kichik   o‘tish   qarshiligiga   ega   bo‘lgan   material   SOK-15
metallkeramikadan tayyorlanadi (15 % kumush va 85% kadmiy oksidi). Chunki
tortuv elektr dvigatellarining qo‘zg‘atishni susaytirish rezistorlari qarshiligi kichik
bo‘ladi.
Hozirgi kunda teplovozlarda PK-565 kontaktorlari o‘rniga zamonaviy PK-
1619 turidagi kontaktorlar o‘rnatilmoqda (5.31. -rasm).  
5.31-rasm. PK-1619 guruhli kontaktori (yoy so‘ndirish kameralari ko‘tarib qo‘yilgan)
Kontaktorning   payvandlangan   metall   kronshteyni   yo‘naltiruvchi   shtanga
bilan   mustahkam   bog‘langan.   Shtangaga   qo‘zg‘almas   kontaktlar   bilan   traversa
qotirilgan. Ostki traversada qo‘zg‘aluvchi kontaktlar joylashgan (5.32 - rasm).
153


5.32-rasm. PK-1619A guruhli kontaktorining kesimi:
1- porshen; 2-traversa; 3- tsilindr;4-vilka; 5- prujina; 6- manjeta; 7- shtanga; 8- traversa;
9- kronshteyn; 10- o‘q; 11-traversa; 12- elektropnevmatik ventil; 13- prokladka; 14- havo
o‘tkazgich; 15- halqa; 16- manjeta
Yoy   so‘ndirish   kamerasi   umumiy   traversada   mahkamlanadi.   Traversa
kameralar   bilan   birgalikda   o‘q   atrofida   aylanishi  imkoniga   ega,   hamda
kontaktlarga yo‘l ochib yuqori holatda mahkamlanadi. 
5.4-jadval. Guruhli kontaktor
ning tavsiflari
PKG-560
PKG -604
PK -1619
Katta tok o‘tkazuvchi kontaktlar:
Nominal tok, A
450
500
500
Nominal
kuchlanish, V
20
950
1000
Bosish kuchi, N
170
110
240
Rastvor, mm
15
15
15
Blokirovka kontaktlari:
Nominal tok, A
10
10
6,3
Nominal
kuchlanish, V
75
110
110
154


5.4.5. Mushtchali pnevmatik o’tkazgichlar (PPK), reversorlar

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish