«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


Ey   so‘ndirish   qurilmalari  tuzilishi,   ishlash   sharoiti



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

Ey   so‘ndirish   qurilmalari  tuzilishi,   ishlash   sharoiti. 
Katta   tokli   elektr
zanjirlarni uzishda elektr qurilmalarda elektr yoyi hosil bo‘ladi, chunki kontaktlar
ajralishi   tufayli  avval   bosish   kuchi  keskin   kamayadi   va   kontaktlarning   birikish
yuzasi   qizib   ketadi.  Natijada   issiq   katoddan   (manfiy   kontakt)   qo‘zg‘aluvchi   va
126


atrof-muhitni ionlashtiruvchi elektronlar oqimi hosil  bo‘ladi. Shu sababli  zanjir
birdaniga  uzilmaydi, bir muncha vaqt tok ionlashtiruvchi muhit orqali o‘tadi (5.7.
- rasm).  Yoy  harorati  yuqori  haroratgacha   ko‘tarilib,  o‘rtacha   5000  ºS  atrofida
bo‘ladi. Yoy har qanday o‘tkazgich kabi ma’lum qarshilikka ega bo‘lib, u yoyning
uzunligi, kesimi, sovitish sharoiti va muhitga bog‘liq.
Manfiy kontaktdan  musbat kontaktga metalning olib o‘tilishi kontakt yuza
shaklining o‘zgarishiga, kontakt izining kichrayishiga, ularning keyingi birikishiga,
qizishiga   olib   keladi.   Shu   bilan   birga   elektr   yoyining   ta’siri   natijasida   kontakt
yuzalaridagi   oksid   qatlami   buziladi   (kontaktlarning   o‘z-o‘zini   tozalash   effekti).
Shu   sababli,   kontaktlarning   ochilib   yopilishida   hosil   bo‘ladigan   unchalik   katta
bo‘lmagan   uchqunlashish   kontakt   birikmaning   qoniqarli   ishlash   shartlaridan
biridir.  
5.7-rasm. Kontaktlar ajralishida yoy hosil bo‘lish jarayoni
Buning uchun kontaktlardan o‘tayotgan tokning zichligi ma’lum qiymatdan
ortib   ketmasligi   kerak,   bunga   kontaktlarning   o‘lchamini   kommutatsiya
qilinayotgan tok miqdoriga mos ravishda tanlab olish bilan erishiladi. Ammo juda
katta quvvatli yoy kontaktlarning ochilishida ularning tez yoyilishiga va kontakt
elementlarining normal ishlashining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun amalda
127


barcha   apparatlarda   elektr   yoyining   kontakt   yuzalariga   ta’sirini   kamaytirish
choralari ko‘riladi.
Bunday choralarga quyidagilar kiradi:

kontakt siyqalash;

yoyni so‘ndirish;

qo‘shimcha kontaktlarni qo‘llash.
So‘nggi chora muhim bo‘lib, kontaktlar uzilishi jarayonida ulashga teskari
ketma-ketlikda o‘z holatlarini o‘zgartiradi. Natijada ular bir-biriga  chetki  urinish
nuqtasida   elektr   yoyi   to‘satdan   hosil   bo‘ladi.   Yoy   yonishi   jarayonida   material
o‘tishi sodir bo‘ladi va bu joyda kontakt yuzasining shakli o‘zgaradi. Shu vaqtning
o‘zida ishchi nuqtada kontakt yuzalari shikastlanmaydi. 
Harakat tarkibining barcha apparatlari kontaktlari uchun siyqalash jarayoni
majburiy hisoblanadi. Lekin yuqori aniqlikdagi zanjirlarni kommutatsiya qilishda,
kontaktlar   uzilishida   hosil   bo‘luvchi   quvvat   katta   bo‘lib,   uzoq   vaqt   yonish
natijasida u kontakt yuzalarini qizishi va erishiga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun   apparatlar   tarkibida,   yuqori   aniqlikdagi   zanjirlarni   kommutatsiya   qilish
imkonini beradigan, yoy so‘ndiruvchi maxsus qurilmalar mavjud. 
Elektr yoyi har qanday o‘tkazgich kabi ma’lum qarshilikka ega bo‘lib, u
yoyning uzunligi, kesimi, sovitish sharoiti va muhitga bog‘liq. Yoyni qisqa vaqt
oralig‘ida   so‘ndirish   uchun   uning   uzunligini   ma’lum   bir   keskin   qiymatgacha
uzaytirish kerak, shundan so‘ng yoy katta qarshilik hisobiga o‘z-o‘zidan so‘nadi.
Bunga   esa   kontaktlar   orasidagi   masofani   uzilish   jarayonida   keskin   darajagacha
darhol   oshirish   bilan   erishish   mumkin.   Lekin,   birinchidan   uzilgan   holatdagi
kontaktlar orasidagi masofani oshirish elektr qurilmaning o‘lchamlarini oshishiga
olib   keladi,   ikkinchidan   uzilish   jarayonining   boshida   kontaktlarning   harakat
tezligini oshirishni talab etadi. 
Harakat   tarkibidagi   ko‘plab   zanjirlar   induktiv   qarshilikga   ega.   Induktiv
qarshilikli zanjirlarni kommutatsiya jarayoni, kuchlanish g‘altaklari o‘ramlaridagi
E.Yu.K o‘z induksiyasi oshishiga va natijada yoy quvvati, hamda kontaklardagi
128


kuchlanish oshishiga olib keladi. Shuning uchun magnitli puflash yordamida uning
harakatlanish   traektoriyasini   o‘zgartirib   yoy   uzunligi   oshiriladi.   Magnit   puflash
usulida yoyni so‘ndirish magnit maydoni va tokli o‘tkazgich o‘zaro ta’sir qonuniga
asoslangan. Bu yerda elektr yoyi tokli o‘tkazgich, kontaktlar orasidagi bo‘shliq esa
magnit maydonini ifodalaydi. Magnit maydoni maxsus yoy so‘ndiruvchi g‘altak
yordamida hosil qilinadi. 
Yoy  so‘ndiruvchi  g‘altak kam  sondagi  mis  shina  (qizimaydigan,  yo‘g‘on
elektr sim)lar o‘ramidan tayyorlanadi  (1 dan 5 gacha).  Yoy so‘ndiruchi g‘altak
kontaktlar   bilan   ketma-ket   ulanadi.   Yoy   so‘ndiruvchi   g‘altak   kontaktlar   yonida
shunday joylashadiki,   kontaktlar orasidagi bo‘shliqda yoy so‘ndiruvchi g‘altak
yordamida hosil qilinayotgan   magnit maydoni tok yo‘nalishiga perpendikulyar
yo‘nalgan (5.8. - rasm).
5.8-rasm. Yoy so‘ndirish uchun magnit puflash tartibi
Chap   qo‘l   qoidasiga   ko‘ra,   tokli   o‘tkazgichga   (elektr   yoyiga)   bu   holatda
yuqoriga   yo‘naltirilgan   kuch   ta’sir   etadi.   Bu   kuch   ta’sirida   yoy   birinchidan,
kontaktlar ishchi yuzasidan ularning yuqori nuqtalariga siljiydi, ikkinchidan esa
yuqoriga egiladi. Bu esa yoy qarshiligi va uzunligi oshishiga olib keladi va yoy tez
orada so‘nadi. Yoy so‘ndirish g‘altagidan tashqari, kontaktorlarning yoy so‘ndirish
129


qurilmalari   maxsus   yoy   so‘ndiruvchi   shoxlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   shoxlar
kontaktlar   bilan   elektr   bog‘lanishga   ega   bo‘lib   yonmaydigan   materialdan
tayyorlangan to‘siqli yoy so‘ndirish kamerasidan iborat (5.9. - rasm).
Yoy   kontaktlarning   chetiga   siljiydi,   so‘ngra   yoy   so‘ndiruvchi   shoxsimon
qismga o‘tadi. Shoxsimon qismdan harakatlanib, yoy uzilgungacha cho‘ziladi. Bu
jarayonga yoy so‘ndirish kamerasining to‘siqlari imkon yaratadi.
5.9-rasm. Kontaktorning elektromagnit yoy so‘ndirish qurilmasi:
1- yoy so‘ndirish g‘altagi; 2- kontaktorning musbat shinasi; 3-qo‘zg‘almas kontakt; 4-
qo‘zg‘aluvchi kontakt; 5,6- yoy so‘ndiruvchi shoxsimon qism; 7- yoy so‘ndiruvchi kamera; 8-
yoy so‘ndiruvchi kameraning to‘siqlari
To‘siqlar yoyni tez orada so‘nishini ta’minlash uchun avval sovitib, so‘ngra
alohida qismlarga ajratib yuboradi. Bundan tashqari yoy so‘ndirish kamerasi elektr
yoyini  yaqin   orada   joylashgan   metall   qismlarga  o‘tib  ketishi   oldini   oladi.   Yoy
130


so‘ndiruvchi   kameralar   yuqori   issiqlikga   bardoshli   va   yaxshi   izolyatsiya
xususiyatiga ega bo‘lgan azbotsementdan tayyorlanadi.
Bunday   usulda   yoyni   so‘ndirish   kamchiligi   kommutatsiya   toki   miqdori
kamayganda   magnit   puflash   samaradorligi   pasayishiga   olib   keladi.   Bundan
tashqari,   bir   muddat   davomida   kontaktlarda   yoy   hosil   bo‘ladi,   bu   esa
kommutatsiya   jarayonida,   induktivligi   yuqori   bo‘lgan   zanjirlarni   qizishiga   olib
keladi.   Agar   yoy   so‘ndirish   qurilmasi   maxsus   yoy   so‘ndirish   kontaktlari   bilan
jihozlansa,   apparatning   asosiy   kontaktlarini   xizmat   muddatini   oshirish   mumkin
(5.10.- rasm). 
5.10-rasm. Yoy so‘ndirish qurilmasi:
1- qo‘zg‘almas asosiy kontakt; 2- qo‘zg‘aluvchi asosiy kontakt; 3-qo‘zg‘almas yoy
so‘ndiruvchi kontakt; 4- qo‘zg‘aluvchi yoy so‘ndiradigan kontakt; 5- yoy so‘ndirish g‘altagi; 6-
asosiy kontaktning qo‘zg‘aluvchi tutqichi; 7- jipslashuvchi prujina
Kontaktor   ulanish   jarayonida   uning   qo‘zg‘aluvchi   tizimi   yuqoriga
harakatlanadi,   natijada   avval   yoy   so‘ndiruvchi   kontaktlar   ulanadi   va   yoy
so‘ndiruvchi   g‘altakni   ulaydi.   So‘ngra   asosiy   kontaktlar   ulanadi.   Qo‘zg‘aluvchi
asosiy   kontaktning   tutqichi   soat   strelkasi   yo‘nalishi   bo‘yicha   sharnir   atrofida
aylanib,   asosiy   kontaktlarning   jipslashishini   ta’minlaydi   va   yoy   so‘ndiruvchi
kontaktlarni   uzadi.   Bu   holda   yoy   so‘ndiruvchi   g‘altak   uziladi   (agar   yoy
so‘ndiruvchi kontaktlarda yoki qo‘zg‘aluvchi tizim yuritmasida nosozlik mavjud
131


bo‘lsa,   g‘altakdan   uzoq   vaqt   davomida   tok   o‘tishiga   olib   keladi   va   kontakt
yonishiga olib keladi. 
Kontaktorning uzilishi uning qo‘zg‘aluvchi tizimini tushishiga olib keladi,
bu holda yoy so‘ndiruvchi kontaklar ulanib, ulangan asosiy kontaktlarga parallel
zanjir hosil qiladi. Tok ulangan yoy so‘ndiruvchi kontaktlar va yoy so‘ndiruvchi
g‘altakdan   o‘tib,   ulangan   asosiy   kontaktlardagi   kuchlanish   miqdori   bilan
aniqlanadi,   shuning   uchun   uning   qiymati   katta   bo‘lmaydi.   Kontaktorning
qo‘zg‘aluvchi tizimi pastga harakatlanishi davomida asosiy kontaktlar uziladi, bu
holda ular orasida yoy hosil bo‘lmaydi. Chunki asosiy kontaktlar orasidagi havo
bo‘shlig‘i yoy so‘ndiruvchi kontaktlar bilan shuntlangan bo‘lib, ular orqali asosiy
kontaktlarga   tok   o‘ta   boshlaydi.   Kontaktorning   uzilish   jarayonining   so‘nggi
bosqichida yoy so‘ndiruvchi kontaktlar uziladi.
Magnit maydoni ta’sirida g‘altak yoy so‘ndiruvchi kamera tomon suriladi va
ular orasida yoy hosil bo‘ladi. Demak, kontakt birikmasining asosiy kontaktlariga
elektr yoyi ta’sirini oldini olish, hamda xizmat muddatini oshirish uchun asosiy
kontaktlarda kuchlanish bo‘lmaganda ulanadi va uziladi.
 

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish