Ыщчыорова Фарангиз


I bob. Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning rolini metodologik muammolari



Download 409 Kb.
bet4/6
Sana03.07.2022
Hajmi409 Kb.
#734932
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
talabasi Raxmonberdieva SHahlo

I bob. Inson psixologiyasida oilaviy tasavvurlarni shakllantirishda psixolog konsultantning rolini metodologik muammolari
1.1. Oila va oila turmush tarzining olimlar tomonidan o’rganilishi.
O’zbek millatida oila qadimdan muqaddas sanalib kelingan. Turkiy tilda qalam tebratgan ulu namoyondalarimizdan Mahmud Qoshariy, YUsuf Xos hojib, Ahmad YUgnakiylar, hadis ilmining ululari bo’lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy kabi allomalarimiz, sheoriyat xazinasining posbonlari bo’lmish Navoiy, Bobur, Ogahiylar ham oilaning muqaddasligi haqida maonaviyat xazinasiga qimmatbaho marvaridlarni qoldirib ketdilar. SHaxs maonaviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvuri va eotiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. SHu maonoda, oila - haqiqiy maonaviyat o’choi, tarbiya omili muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas anoanalari orqali yoshlarda vatanga muhabbat, imon, eotiqod, maosuliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq va madaniyat ko’nikmalari shakllanadi. Zero har bir fuqaro oilaning jamiyatdagi o’rni va vazifasini, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib, o’zini mukammal inson deb his qila olmaydi.
Oila qurish - igna bilan quduq qazishga teng, deyishadi mashoyihlarimiz. Demak, unga asos solishda nimalarga eotibor bermoq kerak. Islom dini bu borada bizlarga nimalarni tavsiya etadi.
U tarbiyaga oila tuzilmasdan avval ahamiyat bera boshlaydi. Oila tuzilgach, uning aozolarini tarbiyalashda davom etadi, ularga oilani obod qilish va uni mustahkamlashda o’zaro hamkorlik yo’llarini bayon qiladi, toki oila boshlii oila aozolarini tarbiyalash va boqish, ularni yaxshi yo’lga boshlash borasida zimmasiga yuklangan masouliyatli vazifasini to’la-to’kis ado etadigan bo’lsin. SHuningdek, u oila tuzishda kelin va kuyov bir-birlari bilan to’la ixtiyoriy ravishda, diniy odob, ahloqqa rioya qilganlari holda ko’rishuvlari va roziliklari zarurligini uqtirish bilan birga, nafaqat kuyov va kelinning, balki ikki oila aozolarining ham o’zaro o’zaro roziliklari zarur ekanini alohida taokidlaydi.
Xalqimizda “Qudachilik - ming yilchilik” deb, ikki o’rtadagi yaxshi munosabatlarni umrbod buzmaslik, aloqani uzmaslikka bejiz daovat qilinmagan.
Maolumki, yangi oila qadmiy anoanalarimizdan biri bo’lgan sovchilikdan boshlanadi. Sovchilar ikki xonadonga qarindoshlik iplarini bolashga daovat etilgan zotlar sifatida el-yurt orasida obro’-eotiborli, oqil, bamaoni odamlardan tayinlangan.
Islom shariati to’la erkinlik va mukammal rizochilik asosida oila qurishga chaqiradi, binobarin, qiz sovchi qo’ygan yigit to’risida o’z fikrini izhor etib, unga to’liq rizoligini aytmaguncha u turmush qurishga majbur qilinmaydi.
Uylanadigan yigit ham shunday haq-huquqqa ega. Bo’lajak kuyovga ham qizning soliha ekanligiga, kelajakda ko’ngilli umr yo’ldoshi va farzandlarining onasi bo’lishiga yaroqli ekaniga ishonch hosil qilmoi uchun u bilan gaplashib, surishtirishga ruxsat beriladi.
Kuyov va kelinning bir-birlarini ko’rib yoqtirishlari jiddiy va haqiqatga asoslangan, ahloqiy bezarar bo’lishi uchun quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi: qiz boladan shariat ruxsat qilgan aozolarigina ko’rinishi, bir-birlari bilan odob ila ro’yirost gaplashuvi va bu suhbat qiz tomonidan qizning biror mahram kishisi - aka-ukasi, amakisi yoki toasi, shulardan birontasining ishtirokida bo’lishi maqbul, deb hisoblanadi.
Oilani pok saqlash uchun uni saodatli va mustahkam bo’lishini istagan, oila qurish bo’saasida turgan har bir yosh o’zi uchun bir umrlik jufti halol tanlashda eotiborli bo’lmoi kerakligi islomda alohida uqtiriladi.
Albatta, avlodimizning salomat bo’lishi ko’p jihatdan ota-onalarning o’ziga boliq. Solom ota-onadangina solom bolalar dunyoga keladi. O’il- qizlarning aqli raso, qomati tik, iligi to’la bo’lishi ularning salomatligi ko’p jihatdan ota-onaning salomatliligiga boliqdir.
Jahon soliqni saqlash tashkiloti aholi sihat-salomatligi va tetikligini saqlashda ahamiyati bo’lgan omillarni o’rganib, kishilar salomaltligining 51 foizi ularning turmush tarziga, 20 foizi atrof-muhitga, 20 foizi irsiyat belgilarining holatiga va faqat 9 foizga yaqini tibbiy yordam sifat darajasiga boliq ekanligini tasdiqladi.
YUqorida keltirilgan maolumotlardan ko’rinib turibdiki, jamiyat va har bir shaxs bu borada bitmas-tuganmas imkoniyatlarga ega. Ayniqsa, qiz bolaning jisman solom bo’lishi muhim. Negaki, u bo’lusi ona - kelgusida solom nasllarni dunyoga keltirishi zarur!
Oilada er-xotin o’rtasidagi ahdu paymon, mexr-muhabbat, o’zaro hurmat va samimiyat bola tarbiyasiga ijobiy taosir ko’rsatadi. Zero, ota-ona o’rnak ko’rsatgandagina tarbiya “meva” beradi. Masalan, xotin eri ishdan qaytishidan oldinroq bolalar bilan hovli va xonalarni tozalaydi, ko’rpacha va yostiqlarni to’shaydi, dasturxonni yozib qo’yadi. shuningdek, ayol o’zini tartibga solib, yoqimli ko’rinishda bo’lishga intiladi. Ota o’zini yuz yoqqa urib, charchab, toliqib uyga keladi va shu daqiqada bolalar ona boshliq yugurib kelib, uni hursandchilik bilan qarshi olishadi, deylik. Bunda ota, albatta, oilaga mehrini qo’yadi, charchoi yoziladi, bunday holat unga kuch-ayrat, quvonch baxsh etadi. Bu esa o’z-o’zidan oilasiga bo’lgan muhabbatini oshiradi. Bunday munosabatni ko’rgan ota hamma vaqt uyiga oshiqadi. Oqila xotinning ro’zor sohibi, umr yo’ldoshiga bo’lgan amxo’rligi oila mehr rishtalari bo’lib, bu ularni bir-biriga chambarchas bolaydi. SHuning uchun donolar: “Mehr bermay mehribonlik kutma”, “Mehr kishi hulqining podshosi”, deyishadi. hadisi sharif insonlarga “Doimo bir-biringiz bilan salomlashib yuringlar, shunda o’rtalaringda mehru muhabbat uyonadi” deb, taolim beradi.
Mehr-muruvvatli oilada farzandlar mehribon, jasoratli, tanti bo’lib etishadilar. Aksincha bo’lsa, oilaviy totuvlikka darz ketadi, uning salbiy taosiri bolalarda bilinadi.
Turmushning osoyishta kechishida uy bekasining oila ro’zorini hisob-kitob bilan yuritishi, oilaviy xarajatlarni oqilona olib borishi, tejamkor bo’lishida gap ko’p. Bu xususda hadisda: “Oila nafaqasidagi tejamkorlik tirikchilikning yarmiga teng”, deyiladi. haqiqatan ham “hisobini bilmagan hamyonidan ayrilur”, deb bejiz aytilmaydi.
Agar peshona teri to’kib topilgan sarmoyani, oila mablaini aql bilan hisob-kitob qilib, tejab-tergab ishlatilsa, topilgan pul rasamadi bilan sarflansa, o’sha erda moliyaviy inqirozlar sodir bo’lmaydi.
O’zaro go’zal muomalali bo’lmoq islom shariatining asosiy qoidalaridandir. Donishmandlar “Xushmuomalalik - yarim baxt”, deb bejiz aytishmagan.
Rasululloh s.a.v. aytadilar: “Ayollar bilan yaxshilikcha maslahatlashingizlar. CHunki, ular qovuradan yaratilgan bo’lib, qovuraning eng qattiq eri - uning do’ng joyidur. Agar uni to’rilashga harakat qilsang sindirib qo’yasan va agar qo’yib yuborsang (yana qaytib o’z holiga keladi -da), egriligicha qoladi. Bas, shunday ekan, ayollar bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar!”
Inson bolasida kamchiliklar bilan birga ijobiy xususiyatlar ham bo’lganidek, erkak kishi ayolning ayrim nuqsonlariga sabr va chidam bilan qarashi, “murosai mudora” qilishi zarur. CHunki, yaxshi gaplar bilan ushbu kamchiliklarni asta-sekin tuzatsa bo’lganidek, ijobiy xulq va sifatlarni ham rivojlantirish mumkin. Masalan, xonadon sohibining umr yo’ldoshi uyda nogahon biror noyob chinni yoki billur idishni sindirib qo’ydi deylik. SHunda oila sultoni: “Boshimiz omon bo’lsa, mol topiladi-yu, kelgan balo-qazo shunga ursin”, - desa olam guliston.
hadisi sharifda aytiladi: “Xotinning erga nisbatan haqlari: o’zi ovqatlanganda xotinini ham ovqatlantirishi, o’zi yangi kiyim olib kiysa, unga ham olib kiyintirishi, yuziga urmasligi, haqorat qilib so’kmasligi, arazlaganda uzoqqa ketmasdan, faqat bo’lak yotishligidir”. Bundan tashqari to’rt oydan oshiq muddatga yoliz tashlab ketmaslik, agar shu muddatdan ortiq vaqtga safarga ketmakchi bo’lsa, o’zi bilan olib ketishi, uning qo’lidan kelmaydigan ishlarni buyurmaslik kabilar xotinlarning erlaridagi haqlari jumlasiga kiradi.
hadisdan: “Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqliroi uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqliroi - bu uning onasidir”, deyilgan.
Erning ayoldagi haqlari xususida Abu hurayra raziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v.: “Eri huzurida bo’lgan ayolning erining iznisiz (nafl) ro’za tutmoi halol emas hamda ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmoiga izn bermasin va erining buyruisiz biror narsani sarf qilmasin, chunki o’sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidir! - dedilar.
Demak, ayol kishining o’z eri obro’sini saqlashi, uning xizmatidan bosh tortmasligi va erining maoruf ishlarida agar gunoh ish bo’lmasa itoat etishlik asosiy burchlaridandir. SHuningdek, bolalarga go’zal tarbiya berish, oila ro’zorini tejamkorlik, tartib-intizom bilan tutmoq, erining yaqinlariga hurmat-ehtirom ko’rsatish ham ular zimmasidagi eng muhim vazifalarga kiradi.
Binobarin ota-onalik shunday maosuliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishi uchun inson ham maonaviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo’lishi kerak. Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo’lsa, fozil farzandlarni insonlarga nafi tegadigan darajada etuk qilib tarbiyalash uchun ham bilim shunchalik muhimdir. SHuning uchun o’rta asrning ko’zga ko’ringan isteododli shoirlaridan biri Abdibek SHeroziy ota-onaga, ayniqsa ayol kishiga ilmning zarurati to’risida shunday yozgan edi: «Ilm-ayol uchun ziynat. Aqlni nodonlikdan xalos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatoliklarga yo’l qo’yadi». O’zbek oilasida bola ongida solom oya va bilimlarni shakllantirish jarayonida oilaning kattalari – bobolar, momolar, yaqin qarindosh - urular ham bevosita ishtirok etadi. Azaliy udumga binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham ko’ra bobo va buvilarning taosiri kuchliroq bo’ladi. Ular oiladagi maonaviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanishadi. Bunday tarbiya anoanasi buyuk ajdodlarimiz taqdirida muhim o’rin tutgan. Masalan: Amir Temurning nevaralari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulu bibilari buvilari shuullangan. Xususan, SHoxrux Mirzo, Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulubek Mirzo singari Temuriy shaxzodalar Saroymulkxonim qo’lida tarbiya topganlar.
Xullas, ota-ona o’z bolasining ahloqiy va huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir. Ota-onalik burchiga eotiborsiz qarash fuqarolik masouliyatini his etmaslik, muhim ijtimoiy burchni bajarmaslik bilan tengdir. CHunki, bolani dunyoga keltirishdan ko’ra, uni jamiyatga nafi tegadigan, solom eotiqodli, solih farzand qilib tarbiyalash mushkulroqdir. SHu bilan bir qatorda hozirgi kunda ota-ona oldiga yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi yanada muhimroq bo’lgan vazifalar qo’yilmoqdaki, bu vazifani to’liq bajarish esa onadan qizni, otadan esa yigitni o’ziga xos hayot saboqlari bilan qo’llantirishni talab etadi.
YUqoridagi vazifani hal qilishda mahalla-kuy ham o’ziga xos o’ringa ega. O’zini o’zi boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahalla halqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va anoanalariga tayangan holda ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand – nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida odamlar ongiga ezgulik oyalari singdirib boriladi. Mahalla, avvalo solom ijtimoiy muhitdir. Bu erda kuchli taosirga ega bo’lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o’zaro munosabatlarini adolat va maonaviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. SHu maonoda mahalla Prezidentimiz Islom Karimov taokidlaganlaridek, haqiqiy demokratiya darsxonasidir. Mahallada keng jamoatchilik o’rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo’lga qo’yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt shaoni uchun kurash kabi fazilatlarning kamol topishida mahallaning o’rni beqiyos. Agar biror mahallada o’sgan qiz haqida boshqa bir odam noo’rinroq gap aytganini eshitsa, o’sha qizning shaoni uchun kurashadi, uni oqlashga, begona odamni esa tartibga chaqirib qo’yishga xarakat qiladi. SHu maonoda mahallada hamjihatlik, or-nomus, birodarlik kabi fazilatlar tarbiyaga ijobiy taosir ko’rsatadi.
Ayol, ona-ezgulik timsoli. Mafkuraviy tarbiyada onaning alohida o’rni va nufuzini hisobga olib, xotin - qizlarning bola tarbiyasi va oilaviy ro’zor ishlarini yuritish borasidagi bilimdonliklarini takomillashtirib borish onalar maktablari tashkil etish ham katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. CHunki Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan ayollarga bildirilgan yuksak ishonchning zamirida bu mo’otabar zotlarga xos buyuk onalik mehr-muhabbati, ularning mafkuraviy tarbiyaga qo’shajak kuch-ayrati, noyob isteododlarining eotirofi yotadi. Jahon madaniyati va maonaviyatiga katta hissa qo’shgan Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Faroniy, Amir Temur, Ulubek, Alisher Navoiy, Burxoniddin Mariloniylarni dunyoga keltirib, tarbiya bergan momolarimizning vorislari bo’lgan zamonaviy ayollar ham solom fikrlovchi, O’zbekiston taraqqiyoti uchun butun bilim va iqtidorini ayamaydigan yoshlarni tarbiyalab berishlariga shubha yo’q. Zero yurtboshimizning har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maonaviy barkamolligi ramzi bo’lgan ayollarning hayotimizdagi o’rniga katta ahamit berayotgani bejiz emas.
Bugungi kunda milliy anoanalarimizni o’rganish, tarib etish bilan bir qatorda to’y marakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo’l qo’ymaslikka alohida eotibor qaratish darkor, bu urf-odat va anoanalarning asosiy qismi oilada va oila aozolarining bevosita ishtirokida o’tkaziladi. SHuning uchun ham har bir oilaviy anoana va udum mafkuraviy tarbiyaviy muhim yo’nalish hisoblanadi. Masalan: insonparvar, yuksak eotiqodli, barikeng, mehr-oqibatli odamlarni voyaga etkazishda keng maonodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o’rin tutadi. har bir o’zbek oilasida muqaddas sanaladigan mehmonnavozlik, qiz va o’il bolalar tarbiyasi borasida mahsus anoanalarning mavjudligi, yil mavsumiga ko’ra barcha oila aozolari ishtirokida o’tkaziladigan xasharlar, chaqaloqning dunyoga kelishi bilan boliq udumlar, hamma hammaci ezgulikka, yaoni solom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bob yuzasidan xulosa


Jamiyatimizning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining asosiy vazifasiga kiradi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga maolum bir siyosiy-oyaviy dunyoqarash, axloqiy meoyorlar, xulq namunalari va jismoniy sifatlar singdiriladi.
Mustaqil davlatimizda oilaning mustahkamligini tahminlash, uning ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini oshirishga ko’maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida ehtirof etilishini tahminlamoqda. CHunki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi holati oila oldiga o’ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni qo’ymoqda. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, odamlarning o’zaro muloqat, munosabatlar doirasi inson ruhiyatida hissiy emotsional o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda va bular oilaviy hayot xarakteriga ham o’z tahsirini o’tkazmoqda. Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va uning jamiyat hayotidagi nufuzini tahkidlash bilan birgalikda uni mustahkamlovchi omillarning rolini o’rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda kelajakka ishonch, o’z xalqi va yurti taqdiriga nisbatan mashuliyat hislarini shakllantirish katta ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masaladir.
Xozirgi kunda o’zbek oilalarining o’ziga xos xususiyatlari, jamiyat bilan mehnat va xalqlarimiz hayoti bilan uzviy aloqalarda namoyon bo’lmoqda. YAngi munosabatlarning qaror topishi, tarbiya mazmuni, oilaviy tarbiyaning shakl va uslublarida o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, axloqiy-mahnaviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va madaniy saviyalari, ularning iqtisodiy tahminlanganligi, turli ko’rinishdagi faoliyatlari, yangi sharoitlar, tarbiya samaradorligini tahminlovchi omil sifatida namoyon bo’lmoqda.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, bolalarga tahsir ohtkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq anhanalari yotadi.
Oilaviy tarbiyada shakllanadigan bolalar mahnaviy dunyosining o’ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro’li siymo, namuna deb bilishlari, maslahat olishlari, taqlid qilishlari, har qanday paytda ota-onasidan namuna olishlarida ko’rinadi. SHaxsiy namuna tarbiya olish sifatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga tahsir ko’rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlar yiindisidir.
Ota-onaning mehnatga, jamiyatga, jamiyat ahzolariga bo’lgan munosabati, bola qalbida yaxshilik va yomonlik, mahqul yoki nomaqul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. SHundan kelib chiqib, millatimizning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda, o’zbek oilalari umumiy va xususiy taraqqiyotlari asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish lozim.



Download 409 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish