Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarni yetarli darajada ta‘minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy ne‘matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchi qiymati o’zgaruvchan ko’rsatigich bo’lib, u turli omillar ta‘sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruchi omillar qatoriga quyidagilarni keritish mumkin:ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlarning ob‘ektiv ravishda o’sishi;
mehnat intensivligining oshishi;o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko’payishi va h.k.
Ishchi kuchini qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo’lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorliginig o’sishi hisoblanadi. Bu esa ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi. Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo’jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga egadir.
Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil sub‘ekt-kapital egasi va ishchi kuchi egasi magfaatlarinng o’zaro to’qnashish munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o’zaro qarama – qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi.
Ikkinchidan, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o’rtasida bo’sh ishchi o’rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifning unga bo’lgan yalpi talabdan doimiy ravishda to’proq bo’lishi tendentsiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo’lmagan qismi (ishsizlar) ning paydo bo’lishiga olib keladi.
To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotining tsiklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Ya‘ni ishchilar hayot darajasining pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to’lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo’ladi.
Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta‘minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlikni quyidagi turlari mavjud:
1) friktsion;
2) tarkibiy;
3) tsiklik;
4) institutsional;
5) texnologik;
6) regional;
7) yashirin;
8) turg’un ishsizlikdir.
Bir ishdan bo’shab yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Yangi kasb va mutaxasislikni o’zlashtirib yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Tsiklik ishsizlik - iqtisodiy tsiklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lmib, u ishlab chiqarishnig pasayish va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya‘ni ishchi kuchini ish bilan ta‘minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajasida rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kirishi mumkin.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarining kirib kelishi bilan bog’lik bo’ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnalogini qo’llash hisoblanadi.