Topografik tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalari. Ushbu ishlarni bajarishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishish (QMQ va boshqalar).
Loyiha ob’ekti uchun kartografik va geodezik materiallar tushunchasini berish. Geodezik qidiruv asoslarini o‘rganish. Tayanch geodezik tarmoqning aniqligi va maqsadni aniqlash. Topografik o‘lchovlarning uslublari. Masshtablarini (jihozlar, tekshiruvlar, dala ishlarini tashkillantirish) o‘rganish.
Gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurishda daryo, kanal, kollektorning bo‘ylama va ko‘ndalang nivelirlashtirishning maqsadi va vazifasini aniqlash.
Suv xo‘jalik tadbirlarini loyihalash nuqtai nazaridan topografik sharoitlarini baholashni o‘rganish.
Rejali materiallar va nivelirlash ishlarida namunalarini o‘rganish (trassaning bo‘yi va qirqimi yer tekislash ishlari uchun o‘lchovlar).
Injener - geologik va gidrotexnik tadqiqotlar. O‘rganiladigan hududni geologo-gemorfologik tuzilishi va xususiyatlari, maqsad va vazifalari (relef, letologik qirqim).
O‘z PSE 25100- 96 bo‘yicha gruntlarni qabul qilingan ta’rifi (tabiiy yotqiziqlar, shuruflar, skvajina va boshqalar).
Ob’ektni geologik va gidrogeologik xususiyatlari bo‘yicha ta’rifni tuzish.
Tuproqning injener geologik tavsifini (dala va laboratoriya ishlari) o‘rganish.
a) Statik va dinamik zontlash (burg‘ulash ishlari).
b) Dala sharoitida gruntlarni suv - fizik xossalarini o‘rganish (tuproqni suvga to‘yintirish).
v) Grunt va yer osti suvlar to‘g‘risida tushuncha berish.
g) Dala sharoitida yer osti suvlarining rejimini (skvajinalarini ish rejimi bo‘yicha) ta’minot manbalarini suv sarflarini, maydonni tabiiy zovurlanganligiga baho berishni o‘rgatish.
Ayrim qidiruv loyiha institutlar tomonidan bajariladigan gidrogeologik va injener geologik qidiruv ishlaridagi burg‘ulash ishlari (tog‘ jinslari burg‘ulashdagi quyilma va yutilish) ishlari amalga oshiriladi.
Grunt namunalarini tanlash (buzulgan va buzulmagan strukturalar). Quduqlardan suv so‘rilganda grunt sathini nazorat qilish.
Tabiiy va sun’iy sharoitda tuproqlarning sho‘rlanishga ta’sir etuvchi suvda eruvchi tuzlar tarkibini o‘zgarishi va grunt suvlarini miqdoriy va sifat tarkibini o‘rganish uslublarini aniqlash.
Tadqiqot o’ektlarini sug‘orish va xo‘jalikni o‘zlashtirish nuqtai nazaridan injener-geologik va gidrogeologik shart-sharoitlarga baho berish.