TIQXMMI BF Gidromelioratsiya fakulteti dekani: _______________ Hamidov F. «Suv xo‘jaligi va melioratsiya» kafedrasi mudiri: ___________ Xudayev I.
Kirish
Ishlab chiqarish amaliyotining ishchi o‘quv dasturi (Ishchi dastur)–“Irrigatsiya va melioratsiya” fanining tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida quyidagi me’yoriy-huquqiy-uslubiy hujjatlar:
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan 650000- Suv xo‘jaligi ta’lim sohasi, 5450200- “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriat yo‘nalishi uchun takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi va o‘quv dasturi;
– TIQXMMI Buxoro filialining Ustavi;
– kadrlar iste’molchilarining taklif va tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.
5450200 - “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti (DTS) ning «Maxsus fanlar» blokiga kiruvchi «Irrigatsiya va melioratsiya» fanining asosiy maqsadi va vazifalari bo‘lajak bakalavrlarning malakaviy faoliyati ob’ektlari, turlari (texnologik, boshqaruv, ilmiy, loyiha-qidiruv va ta’lim), uning tayyorgarligiga malakaviy talablar va kelajakda magistraturaning qanday mutaxassisliklarida ta’lim olishni davom ettirishi mumkinligidan kelib chiqadi.
Asosiy qism
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi, vazifasi.
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – talaba tomonidan nazariy o‘qish jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash, tegishli loyiha qidiruv va ilmiy tadqiqot institutining sug‘orma dehqonchilik oid bo‘limlarida bajarilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish natijasida sug‘orish loyihalariga oid qidiruv tadqiqot ko‘nikmalariga erishish.
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali direktorining buyrug‘iga asosan amaliyotni o‘tish tashkilotlari, amaliyot o‘tishning muddatlari, talabalar va amaliyot rahbarlarining tarkibi shakllantiriladi.
Amaliyot o‘tiladigan tashkilot rahbarining buyrug‘i bo‘yicha, ishlab chiqarish amaliyot rahbarlari, amaliyot yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lim rahbarlari va amaliyotchi talabalarni loyiha tashkilotidan amaliyot o‘tish muddatlari belgilanadi. Bo‘lim boshliqlari amaliyot o‘qituvchi talabalar uchun amaliyot o‘tish davriga tanishuv va bajariladigan ishlar rejasini tuzadi. Amaliyotchi talaba kunlik olgan bilimlarini va bajargan ishlarini qayd etib borishi uchun ish kundaligini yuritadi. Bo‘lim boshlig‘i va institut amaliyot rahbari amaliyotchining ish kundaligi yuritilishini kundalikka muntazam ravishda o‘z imzosini qo‘yib borish orqali nazorat qiladi. Amaliyotchi talaba amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish tashkilotining tarkibini va boshqaruv tizimini o‘rganishi kerak. Jumladan, tegishli bo‘limlar tomonidan texnik topshiriqlarni olish va uni bajarish, bo‘limning yo‘nalishiga oid (topografik, geologik va gidrogeologik, tuproq meliorativ) qidiruv ishlarini bajarishga doir ko‘rsatmalar va uslubiy ko‘nikmalar bilan tanishishi zarurdir.
Bo‘limga berilgan “Texnik topshiriqqa” asosan bajariladigan dala ishlari va kundalik ishlarning tarkibi bilan tanishadi. Tegishli qidiruv tadqiqot ishlarini bajaruvchi dala amaliyot o‘qituvchi guruhlarning ishini rejalashtirish va ularni texnik jihozlar bilan ta’minlash uslubiyatini o‘rgatadi. Amaliyotchi talaba amaliyot davrida amaliyot o‘taydigan tashkilotning mehnat intizomiga va ichki tartib qoidalariga rioya qilishi shart. Amaliyotchi tomonidan talabaga berilgan topshiriqga talabaning befarqligi, ishga kelmasligi, berilgan topshiriqni bajarmasligi, bilim olishga qiziqmasligi uni amaliyotdan chetlashtirilishiga va talabalar safidan chiqarilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |