O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi VII BOB. ISh VAQTI
[ОКОЗ: 1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.25.00 Иш вақти / 05.02.25.01 Иш вақтининг муддати]
114-modda. Ish vaqti tushunchasi [СПиТ: 1.Меҳнат ҳуқуқи / Иш вақти]
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
[ОКОЗ: 1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.25.00 Иш вақти / 05.02.25.01 Иш вақтининг муддати]
115-modda. Ish vaqtining normal muddati Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda ushbu Kodeksning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
[ОКОЗ: 1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.25.00 Иш вақти / 05.02.25.02 Иш вақтининг қисқартирилган муддати]
116-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (242-modda);
I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (117-modda);
alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (118-modda).
Oldingi tahrirga qarang. uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (228-1-modda).
(116-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi 760-I-son Qonuniga muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 112-modda) [ОКОЗ: 1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.25.00 Иш вақти / 05.02.25.02 Иш вақтининг қисқартирилган муддати]