132-modda. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb etishning cheklanishi
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina ushbu Kodeksning 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, ob’ektlarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-§. TA’TILLAR
[ОКОЗ:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.29.00 Таътиллар / 05.02.29.01 Йиллик меҳнат таътиллари]
133-modda. Yillik mehnat ta’tillari
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
[ОКОЗ:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.29.00 Таътиллар / 05.02.29.02 Йиллик асосий таътил. Йиллик асосий узайтирилган таътиллар]
134-modda. Yillik asosiy ta’til
Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.
[ОКОЗ:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.29.00 Таътиллар / 05.02.29.02 Йиллик асосий таътил. Йиллик асосий узайтирилган таътиллар]
135-modda. Yillik uzaytirilgan asosiy ta’tillar
Quyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — o‘ttiz kalendar kun.
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi.
LexUZ sharhi
Xususan, qarang: O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni 16-moddasining 3-qismi, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasining 3-qismi, O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni 75-moddasining 2-qismi, O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 50-moddasining 3-qismi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni 21-moddasining 1-qismi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 291-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risida»gi nizom.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarda belgilanganidan tashqari, mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda tutilishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.05.00.00.00 Меҳнат ва аҳолининг бандлиги тўғрисидаги қонунчилик / 05.02.00.00 Меҳнат / 05.02.29.00 Таътиллар / 05.02.29.03 Йиллик қўшимча таътиллар. Таътиллар бериш тартиби, вақти ва навбати]
Do'stlaringiz bilan baham: |