Ta’lim metodlari: ma’ruza, suhbat, bayon etish
Baholash metodlari: “bingo”, “Klaster”
Axborot manbalari va texnik vositalari: kitob
Dars turi: nazariy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: __80__ minut
Uyga vazifa: 45-47 § adabiyotni o’qib, yozib kelish
NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim metod lari
|
Ta’lim vosita lari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Salomlashish, davomatni olish, sinf tozaligiga e’tibor berish.
Yangi mavzuni doskaga yozish
|
|
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
20
|
O’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob qilish, yangi mavzuga zamin yaratish
|
Savol-javob
|
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
40
|
Yangi mavzuni bayon etish, ma’ruza qilish, asosiy joylarni yozdirish.
|
Ma’ruza, bayon etish, suhbat
|
Kitob
|
4.
|
Mustahkamlash (qo’llash)
|
10
|
Yangi mavzuni mustahkamlab, masalalarni ko’rish.
|
Savol-javob
|
|
5.
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifani yozdirish
|
|
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Baholash mezoni
F.I.Sh
|
Baho
|
Mezonlar
|
Bilim
|
Faollik
|
Tartibi
|
Jami ball
|
|
Ballar
|
2
|
1,5
|
1,5
|
5
|
|
%
|
40
|
30
|
30
|
100
|
Kirish qismi (motivatsiya)
O’quvchi talabalarga o’tgan mavzuni takrorlash uchun “Bingo” metodidan foydalaniladi. O’quvchilarga fizik atamalar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Ulardan shu atamalarga doir ma’lumotlarni yozish talab etiladi.(formula, ta’rif, birligi…)
Ichki energiya
Issiqlik almashinuvi
Issiqlik miqdori
Gaz hajmining o’zgarishida bajarilgan ish nimaga teng.
Izojarayon deb nimaga aytiladi?
Formulalarni esga olish uchun “Klaster” usulidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar ichki energiya formulalarini klasterga joylashtirishlari talab etiladi.
Asosiy qism.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Bu qonunning bir nechta shakllari mavjud bo’lib, ularning eng soddasi Klauzius ta’rifini keltiramiz.
Issiqlik miqdori o’z-o’zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o’tmaydi.
Shu nuqtayi-nazardan, ikkinchi qonunning quyidagi Plank ta’rifi ham e’tiborga molik:
Tabiatda issiqlik miqdori to’laligicha ishga aylanadigan jarayon bo’lishi mumkin emas.
Issiqlik ishga aylanishi uchun isitgich va sovutgich bo’lishi darkor. Barcha issiqlik mashinalarida isitgichdan sovitgichga beradigan energiyaning bir qismigina foydali ishga aylanadi. Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklarga bog’liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak, degan savol tug’iladi.Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklarga bog’liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak, degan savol tug’iladi. Bu savolga ikkinchi qonunning Karno ta’rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
Ikkinchi tur “perpetuum mobile”. Ikkinchi tur “perpetuum mobile” okean suvlaridagi ulkan miqdordagi energiyadan ish bajarmasdan foydalanish mumkin degan g’oyaga asoslangan.Termodinamikaning ikkinchi qonuni esa issiqlik miqdori faqat issiq jismdan sovuq jismga o’z-o’zidan o’tishi mumkin, teskarisi uchun esa qoshimcha ish bajarish zarur deb ta’kidlaydi. Bu esa ikkinchi tur “perpetuum mobile”ni yasash mumkin emasligini ko’rsatadi.
Issiqlik mashinasining ish prinsipi.Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Karno sikli.
Issiqlik dvigatellari tarixidan. XVIII asrning ikkinchi yarmida sanoatning rivojlanishi insoniyatni mehnat unumdorligini orttiruvchi qurilmalarni insoniyatni mehnat unumdorligini orttiruvchi qurilmalarni ixtiro qilishga undadi. Birinchi bug’ dvigatelining loyihasi, Rossiyada 1765-yilda I.Polzunov tomonidan yaratildi.Ingliz ixtirochisi J. Uatt 1784 – yilda bug’ dvigatelini ixtiro qildi. Lekin bu qurilmalar unumdorligining juda pastligi fransuz injeneri Sadi Karnoni issiqlik mashinalarini takomillashtirish yo’llarini izlashga da’vat etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |