Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar: o’qtuvchi J. O. Yuldashev ruxsat berildi” “ ” 2016 y. Kafedra mudiri dots. B. E. Niyazxanova Taqrizchi



Download 443,8 Kb.
bet2/27
Sana01.01.2022
Hajmi443,8 Kb.
#305126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

Fakultet dekani __________ prof. SH.M. Mirzayev

“_______” ______________ 2016 y.


Buxoro-2016y.



MUNDARIJA

Kirish ..................................................................................................... ......3



I bob. Fan o’qitishning ta’lim texnologiyalari

I.1. Ma’ruza mashg’ulotlarini o’tishning ta’lim texnologiyalari.................8

I.2. Fizika fanini o’qitish usullari...............................................................18

I bobga doir xulosa.....................................................................................34



II bob. Fizika o’qitishning AL ta’lim yo’nalishlaridagi tadbiqi.

II.1. Aniq fanlar (texnika) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi................................................................................................................35

II.2. Aniq fanlar (iqtisod) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi................................................................................................................40

II.3. Tabiiy fanlar (kimyo-biologiya) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi................................................................................................................49

II.4. Xorijiy filologiya (ingliz tili) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi.................................................................................................................55

II.5. Ijtimoiy fanlar (tarix-huquq) ta’lim yo’nalishida fizika fanining o’qitilishi..................................................................................................................61

II bobga doir xulosa.......................................................................................69

Xotima...........................................................................................................70

Adabiyotlar ro’yxati......................................................................................71
K I R I SH

“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”

Karimov I.A.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining kelgusi taraqqiyot yo'lini – bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lni tanladi. Bozor iqtisodiyotining asosini raqobat tashkil etadi. Bu esa hayotimizning hamma sohalarida tub o’zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar jahon andazalariga mos, raqobatbardosh bo'lishi kerak. Bu, o‘z navbatida, kadrlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni chuqur va har tomonlama bilimdon bo'lishini taqozo qiladi. Shu bois respublikamizda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish haqida farmon chiqarildi va u amalga oshirilmoqda. Umumiy ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavr va magistr bosqichlari kadrlar tayyorlash tizimining asosini tashkil qiladi. Tabiiyki, bu bilim dargohlarida o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar butunlay yangi o£quv dasturlari asosida olib boriladi. Yangi dasturlarda berilajak bilimning bosqichma-bosqich chuqurlashuvi va amaliy tatbiqi o‘z aksini topgan.buni yaqqol dalili sifatida biz Prezident Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqini misol qilib olsak bo'ladi: Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir.     Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg‘or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi. Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. 

O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman – bu biz uchun prinsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq joylarda, to‘g‘risini aytganda, hamma ham 12 yil o‘qishni xohlamaydi. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishi kerak. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Chunki yosh oilaning mustahkamligi avvalo qizlarning biror-bir mutaxassislikni egallab, hayotda o‘zining mustaqil fikri va o‘rniga ega bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo‘yicha umumiy bilim beradigan umumta’lim maktablarida 9 yil ta’lim olganidan keyin yoshlarimiz majburiy tarzda 2-3 ta zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarga ega bo‘lishiga biz alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 

O‘n ikki yillik majburiy ta’limdan so‘ng ularning har biri, o‘z xohishiga ko‘ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fizika—tabiat qonunlari o‘rganiladigan asosiy tabiiy fanlardan biri bo‘lib, materiya harakatining eng sodda va shu bilan birga, eng umumiy shakli bo‘lgan mexanik, atom-molekular, gravitatsion, elektromagnit jarayonlarni, shuningdek, atom ichidagi va yadro ichidagi jarayonlarni o‘rganadi. Fizik harakat shaklining bu ko‘rinishlari shuning uchun ham umumiyki, bu harakat shakllari materiyaning boshqa fanlar o‘rganadigan barcha, yanada murakkabroq (kimyoviy, biologik) harakatlarida bo‘ladi va ularning ajralmas qismidir.

Biroq fizikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanishi shuning o'zidangina iborat bo‘lmay, balki fizika yana barcha tabiiy va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur boigan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning alohida fizik bo‘limlari bor: astronomiyada—astrofizika, biologiyada—biofizika, kimyoda — fizik kimyo, elektrotexnikada—elektrofizika, geologiyada—geofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiy va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin.

Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega, chunki fizika qonunlari texnikada ko‘p qo'llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishiga yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Texnikaning taraqqiyoti, o‘z navbatida, fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.

XX asrda fizika sohasida ko‘plab muhim kashfiyotlar qilindi. Fiziklarning eng muhim kashfiyotlaridan biri yadro energiyasini amaliy hosil qilish usullarini ishlab chiqish va undan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘ldi, atom elektrostansiyalari va atom muzyorar kemalari qurildi.

Juda yuqori temperaturali va yuqori bosimli bugb hosil qilish usullarini tadqiq qilish asosida katta quwatli bug‘ turbinalari qurildi. Havoda jismning tovush tezligida va tovushdan tez harakat qonunlarini o‘rganish va reaktiv dvigatellar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar asosida samolyotsozlikda va raketasozlikda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Koinotga Yerning sun’iy yo‘ldoshlari chiqarildi va sun’iy ,,sayyora“ yaratildi: inson kosmosga qadam qo‘ydi. Oyga, Veneraga va Marsga avtomatik stansiyalami qo‘ndi- rish amalga oshirildi va hokazo. Bularning hammasi fanning turli sohalarida, jumladan, fizika sohasida erishilgan ulkan yutuqlar tufayli mumkin bo‘ldi.

Shuningdek, Fan va texnikaning taraqqiyoti mamlakatimiz kelajagini rivojlantiradi shuning uchun yoshlarga berilayotgan e’tibor, ta’lim tarbiya ularning kelajakda komil inson bo’lib yetishishiga, yurtimizni bundan ham gullab yashnashiga o’z hissalarini qo’shishlariga ishonch bildirmoqda.




Download 443,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish