Ishning hajmi va tuzilishi. BMI 70-betdan iborat bo’lib, kirish, ikki bob, yakuniy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I BOB. FAN O’QITISHNING TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
1.1. Ma’ruza mashg’ulotlarini o’tishning ta’lim texnologiyalari.
O’qitish prinsiplari (prinsip – lotincha so’z bo’lib, asos boshlanish degan ma’noni bildiradi) – o’qitish jarayonini tashkil qilishning asosiy rejalari, yetaklovchi g’oyalaridir.ular o’qitishni tartibga soluvchi umumiy ko’rsatmalar, talablar, rejalar, normalar tarzida bo’ladi. O’qitish prinsiplari o’qitishning asosiy qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
O’qitishning qonuniyatlari – bilim berishdagi hodisalar o’rtasidagi zaruriy va obyektiv, ma’noli hamda takrorlanuvchi bog’lanishlardir. Ular asosan o’qitish jarayonining asosiy elementlari prasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi: o’qitish jarayoni va jamiyat talabi, o’qitishning maqsadi, mazmuni, o’qitish texnologiyasi, uning elementlari, o’qitish metodi va vositasi, o’qitishningtashkiliy shakllari, shartlari, o’qitish natijasi hamda uni tekshirish va boshqalar. O’qitishning qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
O’qitish jarayoni jamiyatning hamda har bir o’quvchining talabiga mos kelishi kerak.
O’qitish jarayoni bilim berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish funksiyalarini bajarishi kerak.
O’qitish jarayoni o’quvchilarning haqiqiy o’quv imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
O’qitish jarayoni unga ta’sir qiluvchi tashqi shartlarga bog’liqdir:
O’qitish va o’quv jarayoni birgalikda pedagogik qonuniyatlarga bo’ysunib, bir-biri bilan mustahkam bog’lanishda
O’qitishning mazmuni o’qitishning maqsadiga bevosita bog’liq bo’lib, u o’z navbatida, jamiyatning talabi, ilm-fanning rivojlanishi, o’quvchilarning imkoniyatlari hamda tashqi shartlar asosida aniqlanadi.
O’qitish metodlari hamda vositalari o’qitishning maqsadiga hamda mazmuniga bo’gliqdir.
O’qitish jarayonining barcha komponentlari orasidagi to’g’ri bog’lanish va tuzilgan qulay shart-sharoit, uning ijobiy natijasini ta’minlaydi.
O’qitiash, o’quvchining psixologik xusuisyatlariga, shaxsiy qulayligiga, kelajakdagi rivojlanish darajasiga mos holda olib borilishi kerak.
Ushbu qonuniyatlarni o’qitish jarayonida amalga oshirish uchun, o’quvchilarni ularga mos didaktik prinsiplar bilan qurollantirish zarur. Didaktik prinsiplar umumiy maqsadga hamda masalalarga tegishli bo’lgani uchun, o’qitish jarayonining mazmunini, shaklini hamda metodlarini aniqlovchi asosiy loyiha bo’lib hisoblanadi. Boshqacha aytganda, didaktik prinsip o’qitish jarayonining asosiy qonunlarini hamda qonuniyatlarini amalda qo’llash usulidir. Demak, har bir didaktik prinsipdan aniq loyiha hamda rejalar paydo bo’ladi.
Didaktik loyihalar bevosita prinsiplardan kelib chiqmaydi, pedagoglarning ko’p amaliy tajribasidagi kamchiliklarni umumlashtirish va ularni bartaraf qilish asosida kelib chiqadi. Shunday qilib, o’qitishning amaliy tajribasi qoidalarda, loyihalarda aks etadi va ular ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, o’qitish jarayonining asosiy qonuniyatlarini avloddan-avlodga o’tishini ta’minlasa, ikkinchidan, ma’lum bir qoidalar va lyihalar ayrim hollarda o’quv jarayoniga salbiy ta’sir qilishdan saqlaydi. Shuning uchun, har bir didaktik qoidalardan, loyihalardan bevosita foydalanibgina qolmasdan, ularni har bir pedagogik jarayonga mos ravishda qo’llash kerak.
Didaktik rivojlanish jarayonida didaktik prinsiplar tahlil qilinib, ular to’ldiriladi va o’zgartiriladi. Ayrim didaktik prinsiplar o’zgartirilsa, ayrimlari esa yo’q bo’lib ketadi, o’rniga yangi prinsiplar paydo bo’ladi. Jumladan Ya. Komenskiy asosiy didaktik prinsip sifatida tabiat bilan uy’gunlik prinsipini hisoblagan. O’sha paytda u boshqa prinsiplarni ham asoslangan. Disterveg bo’lsa, didaktik prinsiplarga mazsus talablarni qo’yish kerakligini ko’rsatgan. K. Ushinskiy quyidagi to’rt didaktik prinsipni kiritgan:
O’quvchilarning ong-sezimliligi, faollik prinsipi;
Ko’rsatmalilik prinsipi
Ketma-ketlilik prinsipi;
Bilimning mustahkamlik prinsipi.
Hozirgi paytda barcha didaktik prinsiplar tahlil qilinib, jamiyat talabiga va pedagogikaning yutuqlariga mos ravishda qaytadan ishlab chiqilgan. Ular quyidagi samarali didaktik prinsiplardan iborat:
Onglilik va faollik prinsipi;
Ko’rsatmalilik prinsipi
Tizimlilik va ketna-ketlik prinsipi
Mustahkamlik prinsipi;
Ishinchlilik prinsipi;
Ilmiylik prinsipi
Nazariyani amaliyot bilan bog’lanish prinsipi;
Tarixiylik prinsipi;
Izchillik prinsipi;
Gumanizm prinsipi va boshqalar.
Ushbu didaktik prinsiplarning mazmuni bilan tanishib chiqaylik.
Onglilik va faollik prinsipi – bu o’qitish jarayonining borishiga o’quvchilarning faol hamda ongli ravishda ishtirokini ta’minlashdan iborat. Har bir pedagog o’quv jarayonini yurgizishda yangi materialni osongina tushuntirib qolmasdan, uni iloji boricha chuqur tushunishga sharoit yaratishi zarur. O’quvchilarning bilimini ongli hamda faol o’zlashtirishi ko’pgina shartlarga va omillarga bog’liq: o’qishning sababi va maqsadi, ularning bilish faoliyati darajasi hamda xarakteri, o’quv – tarbiya jarayonini uyushtirish, o’quvchining qiziqishi va bilish faolligi va boshqalar. Omglilik va faollik prinsipini amaliyotga joriy qilish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
Yangi materialning mazmunini hamda uni boshqa predmetlar bilan bog’liqligini ochib berish;
Har bir darsda o’tilayotgan yangi materialni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini savollar orqali aniqlab boorish;
Yangi materialni tushuntirishdan oldin, uni avvalgi o’tilgan material bilan bog’lanishini ko’rsatib berish;
Har bir o’quvchining fikrlashiga va talabiga mos darajadagi savollarni berish;
O’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faolligini ta’minlovchi pedagogik holatni yaratish;
Nazariy bilimlarni amalda qo’llanishini ko’rsatish;
O’quvchilarning mustaqil fikrlashini oshirish va boshqalar.
Ko’rsatmalilik prinsipi. Insonni tashqi ma’lumotni qabul qilishida, undan foydalanishida hamda eslab qolish tizimlari orasida eng samaralisi bo’lib, ko’rish tizimi hisoblanadi.( jadval). Chunki, ko’rish tizimi ma’lumotlarni tez qabul qiladi, ishlatiladi hamda qabul qilingan ma’lumotni uzoq vaqt saqlaydi. Shuning uchun, o’quv jarayonida ko’rgazma qurollardan foydalanish kerak. Bu fikrning o’rinli ekanligini “yuz marta eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan yaxshi” degan xalq maqoli ham tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |