Ish haqi: uning shakllanishdagi turli XIL yondoshuvlar


III BOB 3.1. O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili



Download 472 Kb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi472 Kb.
#224531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ish haqi Uning shakllanishidagi turli xil yondashuvlar

III BOB

3.1. O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida tashkiliy faoliyat samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarishni tashkillashtirish hamda ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatini tegishli tarzda rag’batlantirishga bog’liq. Mehnatga haq to’lash tizimini isloh qilish davomida jarayon ishtirokchilari quyidagi ikkita vazifaning yechimini topishga erishishlari darkor: 1. Korxonada ishlayotgan har bir ishchi-xodimga, birinchidan, mehnat faoliyatining natijasiga, ikkinchidan, mehnat bozorida konkret turdagi ishchi kuchi uchun to’lanayotgan real qiymatdan kelib chiqib haq to’lanishini kafolatlash; 2. Korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda realizatsiya qilganidan so’ng foyda olishga muvaffaq bo’lishi zarur. Demoqchimizki, ham ishchi-xodimlarning, ham ish beruvchilar - tadbirkorlarning manfaatlarini birdek qondirish uchun mehnatga to’lanadigan ish haqi salmog’ini oshirish barobarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarning har bir donasiga sarflanadigan xarajatlar salmog’ini kamaytirish, shuningdek korxonaning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilsa, har bir ishchiga to’lanadigan ish haqining qiymati oshirilishini kafolatlash zarur bo’ladi. Bundan chiqdi, mehnat haqining ma'lum darajada oshirilishi uchun iqtisodiy faoliyat samaradorligi oshirilishi lozim va aksincha, mehnat samaradorligining oshirilishi pirovard natijada ish haqi qiymatining oshirilishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu iqtisodiy qonuniyat mehnat faoliyatini rag’batlantirish tamoyilining asosini tashkil etadi. Shu tamoyilga amal qilish tufayli ish beruvchilar -tadbirkorlar iqtisodiy faoliyatining yakuniy samarasi sifatida olinadigan foyda hajmini oshirishga, ishchixodimlar esa moddiy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lishadi. Mehnatga bo’lgan talab va taklif mamlakatda mavjud ishchi kuchiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shu o’rinda mamlakatimiz mehnat bozori to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda iqtisodiy faol aholi soni 2019 yilning uchinchi choragida 14 946,2 ming kishini tashkil etgan. Bu 34 2018 yilga nisbatan qariyb 200 mingga ko’paygan. Shundan 13 608,8 ming kishi bugungi kunda ish bilan band (2-jadval). 2-jadval O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori10 Ko’rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019-yil 3-chorak Ish bilan band aholi soni (davr bo'yicha o'rtacha; ming kishi ) Iqtisodiy faol aholi 13767,7 14022,4 14357,3 14641,7 14946,2 shundan: band bo'lganlar 13058,3 13298,4 13520,3 13273,1 13608,8 shu jumladan: iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha Qishloq xo'jaligi, o'rmonchilik va baliqchilik 3601,7 3646,7 3671,3 3537,2 3653,4 Sanoat 1768,7 1802,4 1826,8 1802,9 1820,5 Qurilish 1222,2 1263,6 1290,0 1205,5 1238,7 Savdo 1413,8 1452,4 1480,2 1401,8 1461,6 Tashish va saqlash 614,7 638,2 654,9 645,2 663,5 Ta'lim 1105,3 1105,6 1106,6 1111,7 1154,1 Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 601,5 601,6 602,6 604,0 620,7 Boshqa faoliyatlar 2730,4 2787,9 2887,9 2964,8 2996,3 Band aholi sonining mulkchilik shakllari bo'yicha taqsimlanishi Davlat sektori 2341,3 2330,4 2338,3 2427,0 2542,2 Nodavlat sektori 10717,0 10968,0 11182,0 10846,1 11066,6 Mehnat organlarida ro'yxatdan o'tgan ishsizlar** 2,7 5,0 14,4 32,3 34,7 Mamlakatimizda bandlik darajasi ya’ni band aholi sonining mehnatga layoqatli aholi soniga nisbati 2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida 10 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaiastatystyka-uz/6555-mehnat-bozori 35 qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri (77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati (70,5%) kiradi (3-jadval). 3-jadval O’zbekiston Respublikasida banlik darajasi to’g’risida ma’lumot11 Hududlar nomi 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 O'zbekiston Respublikasi 69,4 66.9 66.2 66.6 67,1 67,7 68.2 68,7 69.2 67,4 Qoraqalpog'iston Respublikasi 58,7 57,3 57,0 57,4 57,7 57,9 58,1 58,1 58,3 62,9 viloyatlar: Andijon 72,4 69,3 68,6 69,0 69,9 70,8 71,5 72,3 73,0 69,6 Buxoro 77,3 74,5 73,5 74,1 74,4 74,0 73,4 72,9 72,5 70,7 Jizzax 59,3 56,8 56,0 56,0 56,5 57,3 58,1 59,1 60,0 61,6 Qashqadaryo 64,4 61,7 61,1 61,2 61,8 62,5 63,3 64,3 65,4 64,8 Navoiy 77,5 75,3 74,6 74,7 74,1 73,6 73,2 72,8 72,4 69,2 Namangan 60,3 57,4 56,6 57,2 58,1 59,3 60,5 61,9 63,4 63,8 Samarqand 67,6 64,7 64,0 64,7 65,4 66,5 67,6 68,7 69,7 66,3 Surxandaryo 65,7 62,5 62,2 62,3 62,7 63,4 64,3 65,4 66,6 65,2 Sirdaryo 73,6 72,0 72,1 72,2 72,5 72,9 72,2 71,7 71,1 70,5 Toshkent 73,0 71,5 71,8 72,9 74,0 75,1 75,3 75,4 75,2 71,4 Farg'ona 72,6 69,4 67,9 68,0 68,3 68,8 69,1 69,6 69,9 66,0 Xorazm 65,1 63,2 63,3 63,9 64,3 65,0 65,6 66,3 66,9 64,6 Toshkent sh. 83,0 81,6 80,7 80,7 80,7 80,9 81,1 81,0 80,8 77,5 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2324,5 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 27,5 % ga oshdi (5-rasm). Ma’lumot uchun. O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya 11 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy veb-sayti. https://stat.uz/uz/180-ofytsyalnaiastatystyka-uz/6555-mehnat-bozori 36 va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud. 5-rasm. O’tgan yilning mos davriga nisbatan asosiy mehnat ko’rsatkichlarining o’zgarishi (2019 yil yanvar-dekabr, qishloq xo’jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari)12 O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichidan sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish faoliyati – 34 % ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar - 24,6 % ga, ta'lim sohasi - 20,8 % ga sezilarli darajada past bo’ldi. Shu bilan birga bank, sug'urta, lizing va kredit - vositachilik faoliyati - 106,4 % ga, axborot va aloqa sohasi - 70,9 % ga respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi. Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2018 yilning mos davriga nisbatan o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o'sishi kuzatildi. Ayniqsa yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar - 40,1 % ga, bank, sug'urta, lizing va kreditvositachilik faoliyatida - 37,2 % ga, ta'lim sohasida - 33,3 % ga sezilarli o'sish kuzatildi.
XULOSA

Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalarni o’rganib quyidagi xulosalarga keldik. Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan ‘ul summasi yoki ‘ul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’zo’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) bahosiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol narxlari darajasi bilan. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. 46 Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. O’zbekiston Respublikasi mehnat bozori tahlil qilinganda, mamlakatdagi iqtisodiy faol aholi soni 2019 yilning uchinchi choragida 14 946,2 ming kishini tashkil etganligi, bu 2018 yilga nisbatan qariyb 200 mingga ko’payganligini, shundan 13 608,8 ming kishi bugungi kunda ish bilan bandligi ayon bo’ldi. Mamlakatimizda bandlik darajasi ya’ni band aholi sonining mehnatga layoqatli aholi soniga nisbati 2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri (77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati (70,5%) kiradi. Shu o’rinda yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarimizni muxtasar qilib aytmoqchimizki, mehnat haq to’lashda rag’batlantiruvchi vositalar rolini oshirish maqsadga muvofiq: - mehnat haqining qiymatini ishchi va xodimlar tomonidan bajariladigan ish faoliyatining samaradorligiga, unumdorligiga va sifatiga bog’liq qilib qo’yish kerak. Shunday yo’l tutilsa, ishchi va xodimlar o’zlari bajaradigan funksional vazifalarining pirovard natijasidan bevosita manfaatdor bo’lishadi; - mehnatga haq to’lashning konkret sharoitga mos ravishda amal qila oladigan tizimini joriy etish zarur. Bunday tizim korxonaning iqtisodiy faoliyati yakunlarini hamda alohida olingan har bir ishchi-xodimning umumiy ishga qo’shgan individual hissasini inobatga olishga, shu bilan birga har bir ishchi-xodimning sof foydadan olishi mumkin bo’ladigan ulushini aniqlashga imkon beradi; - ishchi-xodimlarga bir xilda maosh to’lashdan voz kechilishi lozim; - ishchi-xodimlarga ish haqi to’lash tizimini tashkil etish chog’ida mazkur tizimning amal qilishi oqibat natijada ishchilar orasida nifoq tug’ilishiga olib kelmasligi lozimligini e'tiborga olib ish tutish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu ishni xulosa qilib, shu fikrlarni keltirish mumkinki, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotning asosiy tayanchi bo’lib, uning rivojlantirilishi iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning ham rivojlanishiga olib keladi. Jahon tajribasiga tayangan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanib, uning ko’payishi va rivojlanishi mamlakatning yuksalishiga olib keladi. Yuksak madaniy tadbirkorlik aniq bir missiyani bajarishga harakat qiladi va aniq falsafaga asoslanadi. Tadbirkorlik missiyasi - bu tadbirkor faoliyatining tamoyillari, mezonlari, me'yorlari, qoidalari, yo'nalishlarini belgilab beruvchi yuksak ijtimoiyiqtisodiy maqsadidir. Tadbirkorlik falsafasi tadbirkorlik to'g'risidagi qoidalar, qarashlar, tasavvurlar yaxlit tizimi va uning asosida shakllantirilgan umumiy yondashuv hisoblanadi. Alohida tadbirkor falsafasi esa o'z ishiga madaniy, ma'naviy, ma'rifiy nuqtayi nazaridan yuksak mezonlar va andozalar (standartlar)ga muvofiq shakllantirilgan o'ziga xos yondashuvdir. O'zbekistonda ham bu narsalarga e'tibor qaratish vaqti keldi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan xususiy tadbirkorlik alohida o'rin egallaydi. U xususiy firma (korxona), fermer xo'jaligi va yuridik shaxs bo'lgan dehqon xo'jaligi ko'rinishlarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismini xususiy korxonalar va fermer xo'jaliklari tashkil etadi va tadbirkorlik sektorida ularning roli kattadir. Bundan tashqari, jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida ham ular asosiy rol o'ynaydilar. O'zbekistonda kichik tadbirkorlik ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Kichik tadbirkorlik ishlovchilar soni cheklangan xo'jalik yurituvchi yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar majmuyidir. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi kichik tadbirkorlikka tegishli. Uni qo'llab-quvvatlashga davlat ham alohida e'tibor bermoqda va natijada uning salohiyati ko'tarilib bormoqda. Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. O'zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar va maxsus davlat dasturi qabul qilingan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo'yicha ularning vazifalari belgilab berilgan, tadbirkorlik infratuzilmasi shakllantirilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida iqtisodiyotda bozor erkinligini, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kechadigan raqobatning sog’lomlashishini, narxlarning liberallashuvini, mahsulot sifatini oshishiga va aholining turmush darajasini yuksalishiga olib keladi. Bu esa o’z o’zidan O’zbekiston iqtisodiyotining kelajakdagi jahon hamjamiyatida egallaydigan o’rniga asos bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi. Shu munosabatlar bilan yurtimizda bir qator shu sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bulardan ko’zlangan asosiy maqsad davlat tayanchi bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar bo’yicha keng tarqalishini tarqalishga yo’l ochib berish.



Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish