Korxonada xodimlarga xaq to’lash tizimi: moxiyati, mazmuni, axamiyati Mehnatga haq to’lashning asosini mehnatni me’yorlash, tarif tizimlari va
mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari tashkil etadi. Mehnatga haq to’lashning tarif tizimi bajariladigan ishlarning hamma turlari
uchun ish haqi miqdorini me’yoriy ko’rsatkichlar orqali ishning malakasi bo’yicha
aniqlashga yordam beradi. Lekin ishchilarning ish haqini hisoblash uchun ishning
malakasini belgilovchi sifat ko’rsatkichlardan tashqari, bajariladigan ishning hajmini ko’rsatuvchi miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalanish zarur. Mehnatga haq to’lashda sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga qarab ishchilarga qarab ish haqihisoblash mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki shakli: ishbay va vaqtbay shakli qo’llaniladi. Mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari har bir guruh va toifadagi ishchilarning sarflagan mehnatining soni va sifatini hisobga olgan holda ish haqining miqdorini aniqlaydi. Sarflangan mehnatning miqdor o’lchov birligi ishlab chiqarilgan mahsulotning soni yoki sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, ishchilarning sarflangan vatqlari uchun belgilangan tarif stavkalari bo’yicha ish haqlarini hisoblashni
mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli, ishchilarning ishlab chiqargan mahsulot
miqdorlari uchun ish haqini hisoblashni mehnatga haq to’lashning ishbay shakli deb ataladi. Ishchilarning ish haqlarini hisoblash usulini mehnatga haq to’lashni tizimi deyiladi. Mehnatga haq to’lashning muhim ko’rinishlaridan bo’lgan ish haqining shakllari va tizimlari Ish haqining vaqtbay ko’rinishining mazmuni shundan iboratki, unda ishchi kuchining bahosi mahsulot ishlab chiqarilgan yoki ish bajarilgan vaqtning miqdoriga qarab belgilanadi. Ko’p asrlik bozor iqtisodiyotining qonuniyatlariga ko’ra, ish haqi – bu xodimning mehnatidan foydalanilganligining narxidir. Uning kattaligi mehnat bozori, ya’ni ish kuchiga bo’lgan talab va taklif bilan o’lchanadi. Aniq ish kuchiga bo’lgan talab katta, taklif esa kam bo’lsa, xodimlarning ish haqi shunchalik yuqori bo’ladi. Bunda ish haqi miqdori bajarilgan ishning sifati, miqdori va iste’molchilar tomonidan sotib olinish darajasiga ko’ra belgilanadi.
Ish haqining shakllari va tizimlari
Vaqtbay ish haqi shakli odatda xizmat ko’rsatish sohasidagi mutaxassis va
ishchilar, konveyer turidagi avtomatlashgan ishlab chiqarish jarayonidagi ishchilar
uchun ko’proq qo’llaniladi. Ish haqining ishbay ko’rinishida haq to’lash ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, sifati va tovar bozoridagi sotilishga qarab belgilanadi. Ammo uni hisoblashning asosini mahsulot ishlab chiqarishning miqdor ko’rsatkichlari Ish hаqi shаkllаri Vаqtbаy ish hаqi Ishbаy ish hаqi Ish hаqining tizimlаri Оddiy vаqtbаy Mukоfоtli vаqtbаy Mаоshli Оddiy (to’g’ri) ishbаy Mukоfоtli ishbаy Brigаdаli ishbаy Bilvоsitа ishbаy
Аkkоrd ishbаy hisoblanadi. Vaqtbay shaklida esa xodimning ish haqi amalda ishlangan vaqt uchun tarif stavkasi yoki maosh bo’yicha aniqlanadi. Mehnat to’lovining bu shaklini tanlash odatda texnologiyaning va ishlab chiqarishni tashkillashtirishning o’ziga xosliklari, mahsulot sifatini ta’minlash, mehnatni tashkil etish va ish kuchi bilan ta’minlashga
bog’liq bo’ladi. Mehnat haqining ikki shaklini bir-biridan farqlashning asosiy belgisi mehnat unumdorligini natura birligida miqdorini o’lchash imkoniyati hisoblanadi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda mehnatning ishbay to’lovi, mahsuldorlik bo’yicha ish haqi deb ta’riflanadi. Ularning ta’minoti bo’yicha har bir firma o’zidagi ish kuchi narxini, ya’ni ish haqi darajasi va boshqa unga bog’liq to’lovlarni kamaytirishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda, firmalar ikki shartga rioya qilishadi: birinchidan, firma tomonidan to’lanayotgan ish haqi darajasining har bir xodimning
mehnat mahsuldorligini o’stirish hisobiga o’z ish haqini oshirishga qaratilgan
munosabati minimumga yo’naltirishi, ikkinchidan, firma to’layotgan ish haqining
darajasi minimum chegaradagi ish haqidan yuqori bo’lishi kerak. Bundan kelib
chiqadiki, mehnatning ishbay to’lovida shaxsiy qobiliyatning ish haqi darajasiga
nisbati o’zgaruvchanligi birga teng, yani u bilan baravardir. Bunda ish haqi darajasi
va mehnat mahsuldorligi o’rtasidagi o’zaro uzviy aloqa korxona darajasida emas,
faqat ish joyi darajasida namoyon bo’ladi.