Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a a o


II BOB. B U X G A LTER IY A H ISO B IN IN G



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/94
Sana10.03.2022
Hajmi5,8 Mb.
#488234
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
Bog'liq
2 5251218812149174647

II BOB. B U X G A LTER IY A H ISO B IN IN G
KO NSEPTUAL A SO SL A R I
2.1. Buxgalteriya hisobi konseptual asosining
maqsadi va maqomi
Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari 0 ‘zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi Qonuni 
asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy 
hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi 
tushunchalarni belgilab beradi.
Ushbu konsepsiyaning maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat- 
lar quyidagi ishtirokchilariga yordam berishdan iborat:
buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi 
davlat organi - 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligiga - 
buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o ‘rinlarda BHMS) 
rivojlantirish va ulami qayta ko‘rib chiqishda;
moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan 
foydalanishda;
auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan 
xulosalarni tayyorlashda;
moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchiiarga 
-
moliyaviy 
hisobotdagi m aium otlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlari qa- 
bul qilish uchun.
0 ‘zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi (xo‘jalik yurituvchi 
subektlar va byudjet hisobi bo‘yicha) va Markaziy banki (banklar- 
da buxgalteriya hisobi bo‘yicha) buxgalteriya hisobini tartibga so- 
lishni muvofiqlashtiruvchi organlar hisoblanadi.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy nunosabatlar tizimining rivoj- 
lanibborishi natijasida buxgalteriyahisobining konseptual asoslari 
va BHMS o ‘rtasida addiyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Mavjud zid- 
diyatli vaziyatda BHMSning talablari konseptual asos talablaridan
47


ustun b o isa 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan 
BHMSni ishlab chiqishda konseptual asoslanadi.
Buxgalteriya hisobi konseptual asosning asosiy jihatlari 
quyidagilar hisoblanadi:
moliyaviy hisobotning maqsadi;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari; moliyaviy 
hisobotlarning elementlarini ta ’riflash, e ’tiro f etish va o ichash .
Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jum ladan konsilasi- 
yaIashtirilgan(birlashtirilgan)moliyaviy hisobotga aloqador b o iib . 
foydalanuvchilar keng doirasining axborotga b o lg a n talabini 
qondirish uchun tuziladi va qonunchilikda belgilangan shakl, mud- 
datlarda vakolatli organlarga taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot 
m aium otlari k o ‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy 
axborot manbaidir. Ayrim foydalanuvchilar. tegishli vakolatlar 
bo‘lganda, moliyaviy hisobotda bor b o ig a n axborotga qo‘shimcha 
axborotni talab qilishlari mumkin. Bundau foydalanuvchilar mulk- 
dorlar, investorlar va soliq organlari (kameral nazorat natijasiga 
asosan) kabi foydalanuvchilar bolishi mumkin.
Moliyaviy 
hisobotlar 
m a’lumotlaridan 
foydalanuvchilar 
investorlar, kreditorlar, mahsulot etkazib beruvchilar, xaridorlar. 
xodimlar, shunmgdek, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, 
jamoatchilik va boshqa manfaatdorlar hisoblanadi.
X o ‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari moliyaviy hisobotning 
tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o ‘z 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida q o ‘shimcha axborotning shakli 
va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo‘shinicha 
axborot shakllarini muhokama qilish m azkur konseptual asos 
doirasidan chiqadi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi x o ‘ja lik s u b ’ektining moliyaviy 
ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o ‘zgarish!ar to ‘g ‘risidagi 
axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy 
qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zam r b o ig a n butun 
axborotni o ‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan m a iu m bir 
sanaga bolgan xo'jalik jarayonlarning natijalarini aks ettiradi.
48


Mustaqillik yillarida yangi iqtisodiy sharoitida x o ‘jalik yuri- 
tishni joriy etish imkonini beradigan o ‘zining xarajatlarini o ‘zi 
qoplaydigan va o 'zin i-o ‘zi m ablag‘ bilan ta’minlaydigan turli 
mulkchilik shakldagi korxonalar tizim i shakllandi. Har qanday iq­
tisodiy sharoitda ham belgilangan reja va topshiriqlami qanday ba- 
jarilayotganligi ustidan uzluksiz va qattiq nazorat o ‘m atm ay turib, 
xo‘jalik faoliyati natijalarini maqsadga muvoiiq boshqarish mum- 
kin emas.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda eng a w a lo belgilangan 
vazifalami am alga oshirish m aqsadida kishilar jam oasiga m aqsad­
ga muvofiq ravishda ta ’sir etish tushuniladi. Buning uchun tadbir- 
lar ishlab chiqiladi, ishlab chiqilgan rejalar va topshiriqlarga asosan 
ushbu vazifalarni bajarish yoTlari aniqlanadi, vazifalarning bajari- 
lishini ta ’minlaydigan ishlab chiqarish tashkil qilinadi, uning us­
tidan nazorat yuritiladi va tezlikda tartibga solib turiladi. Boshqa­
rish tizimi boshqarish uchun zarur b o ‘lga qarorlami qabul qilish va 
ulaming bajarilishini ta ’minlashdan iborat.
Boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun albatta, tegishli ax- 
borotlar b olish i shart. Har bir boshqarish qarori (yechim) boshqa­
rish masalalariga taalluqli tegishli axborotlami tahlil etish asosida 
qabul qilinadi.
Har bir boshqariluvchi obyekt tomonidan fovdalaniladigan ax- 
borotning barcha tarkibi undagi boshqarishning axborot tizimi- 
ni tashkil qiladi. Bu axborot tizimi boshqarish tizimining barcha 
ustunlariga zarur bo‘lgan boshqarish axborotni yig‘ish, ish lash va 
topshirish usullari va texnika vositalarining y ig ‘indisidir. Boshqa­
rish axboroti tarkibida iqtisodiy axborot ham o‘zining miqdori ji- 
hatidan, ham boshqaruv qarorlami qabul qilishga ta’siri jihatidan 
salmoqli o‘rin egallaydi.
Subyektlam ingxo‘jalikfaoliyatini yuritish uchun o 'z a ro b o g iiq
boMgan m a’lumotlar yig‘indisidan foydalaniladi. Bu m a’lumotlar 
subyektning va uning ayrim tarmoqlari faoliyatiga miqdoriy va si- 
fatiy tavsifnoma beradi va shu m a’lumotlar asosida ulaming ish- 
lashi rejalashtiriladi, hisob va hisobotlari uyuslitiriladi va bajaril-
49


gan ishlar baholanib, tegishli tartibda rag ‘batlantiriladi. Iqtisodiy 
m a iu m o tlar rejali va hisobot m a’lum otlariga boiinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida subyektlarning faoliyatini re- 
jalashtirish demokratik prinsipga muvofiq ilmiy asosda rejalar- 
ni ishlab chiqarishni taqozo qiladi va m ehnat jam oasining keng 
ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir subyekt tarmoq- 
ning uzoq muddatli vazifalaridan kelib chiqib va hududni kompleks 
rivojlantirish rejalarini hisobga olib o‘zining ishlab chiqarish va ij­
timoiy taraqqiyotining istiqbollarini ishlab chiqadi.
Hisobot m a’lumotlari m a’lum bir davrda erishilgan haqiqiy 
natijalami aks ettiradi, uning asosiy qismi buxgalteriya hisobida 
ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda barcha iqtisodiy axborotning deyarli 
asosiy qismini buxgalteriya hisobi beradi.
Subyektlarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish lozim- 
ki, u iqtisodiy m aiu m o tlar tizimini iloji boricha to ia aks ettirishni 
ta ’minlashi kerak.
Buxgalteriya hisobi ayrim subyektlarda sodir boiayotgan 
x o ‘jalik m ablagiari va jarayonlarining harakatini m a’lum huj- 
jatlar bilan asoslangan holda ro ‘yxatga olish va pulda baholab 
umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. 
U subyektning x o ‘jalik faoliyatini boshqarish va unda xo‘jalik hi­
sobini joriy ettirishning muhim vositasi hisoblanib, subyektning 
m ablagiaridan to‘g ‘ri va unumli foydalanish va uning butligini 
ta ’minlash ustidan ham dastlabki, hamkorlik) va kelgusi nazoratni 
yuritish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, 
pul m ablagiarining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, m ah­
sulot ishlab chiqarish va sotish bilan b o g iiq xarajatlar aniqlanadi, 
x o ‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va subyektlarning umu- 
miy mulki haqidagi m aiu m o tlar y ig ‘iladi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta 
funksiyani bajaradi 1) axborot berish, 2) nazorat qilish, 3) boshqa- 
ruv yechimlarini ishlab chiqish. Bu funksiyalami bajarishda bux­
galteriya hisobi har xil usullar, texnika va shakllardan foydalanishi 
mumkin. Shuning bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil ijtimoiy
50


tizim larda muayyan ijtimoiy tizimning maqsadlariga qarab har xil 
vazifalarni bajarishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining vazifalarini yaxshi tushunib olish 
uchun uning obyektlarini bilib olish lozim. Subyektlardagi buxgal­
teriya hisobining obyektlarini quyidagi to‘rt gunihga bo‘lish m um ­
kin:
Subyektning m ablag‘(resurs)lari: m ehnat vositalari, tovar- 
moddiy boyliklar, pul m ab lag lari, tayyor mahsulot, ustav fondi 
(kapitali), boshqa jam garm alar, kelgusidagi xarajatlar va to‘lov- 
lam ing zahiralari, subyektlarning jamg'argan foydasi hisobidan 
yaratilgan zahira (rezervlar)lar va hokazolar. Bu m ablag‘lar ishlab 
chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi.
Subyektlarda sodir bolayotgan muhim jarayonlar: tovar-mod- 
diy boyliklami tayyorlash va sotib olish, mahsulot ishlab chiqarish, 
tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlaming reli- 
zasiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar.
Hisoblashish muomalalari byudjet, mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilar. xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va 
boshqa banklar ham da boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisob- 
lashishlar.
Buxgalteriy a hisobi iqtisodiy adabiyotlarda m a’lum xo'jalik 
subyekti to ‘g ‘risidagi moliyaviy axborotni o‘lchash, ishlash va top- 
shinshni amalga oshirish tizimi deb ham ta’riflanadi.
Hayotda ko ‘pincha buxgalteriya hisobi bilan hisobchilik tu­
sh unchasi chalkashtirib yuborilgan. Vaholanki hisobchilik - bux­
galteriya hisobini yuritish jarayoni, xo‘jalik muomalalarini qayd 
qilish va hisob huj jatlarini saqlash jarayonidir. Bu beixtiyor va qayta- 
qayta bajariladigan ish buxgalteriya hisobining bir qismidir. Buxgal­
teriya hisobi esa o'zida axborotdan foydalanuvchilarning talablariga 
javob beradigan axborot tizimini yaratishni ham qamrab oladi. Un- 
ing asosiy maqsadi axborotni tahlil qilish, tushuntirish va foydalan- 
ishdir. Buxgalteriya hisobi tizimlar ijrosini aks ettirish, smetalar 
tuzish, muomalalami tahlil qilish, auditorlik tekshimvlar o‘tk;izish, 
soliqlami o‘z vaqtida hisoblash va uni rejalashtirishdan iborat.


Shuning uchun hisobchi bilan buxgaltem i mutlaqo solishtirib 
bo‘lmaydi. Chunki hisobchi buxgalteriya hisobida amalga oshiri- 
ladigan b a’zi vazifalam i jum ladan, arifmetik hisoblash, jam lash, 
ko‘chirish, ro ‘yxatga olish, hujjatlami to'ldinsh va undagi yozuv- 
larni tekshirish va boshqa shu kabi ikkinchi darajadagi ishlar- 
ni bajarsa, buxgalter x o ‘jalik muom alalariga tegishli buxgalteriya 
provodka(o‘tkazma)larini berish, ularni tegishli hisob registrlariga 
yozish, reja va smetalarni tuzish, m ahsulotning rejadagi va haqiqiy 
tannarxini aniqlash, ulam ing har biri b o ‘yicha rentabellik daraja- 
sini aniqlash va buxgalteriya hisobi va hisoboti axborotlarini tahlil 
va audit qilib, undan mantiqiy xulosalar chiqamvchi, boshqaruv qa- 
rorlarini ishlab chiqib, hayotga tadbiq eta biladigan mutaxassisdir. 
Shuning uchun ham rivojlangan m am lakatlarda bunday buxgalter- 
lami diplomli buxgalterlar deb atab, ulami hisobchilardan ancha 
yuqori quyishadi va ulaming mehnatlarini ragbatlantirishda shu af- 
zalliklarini hisobga olishadi.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish