Irsiyat va o'zgaruvchanlik Genetika


Genlarning birikkan holda irsiyashishi |



Download 0,89 Mb.
bet6/9
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mustaqil ish

Genlarning birikkan holda irsiyashishi |

Mendel o'z tajribalarida xushbo'y no'xat o'simligining etti juft irsiy belgisini nasldan naslga o'tishini kuzatdi. Keynchalik olimlarning ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft belgilarning irsiylanishi o'rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi. Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin keyngi ilmiy izlanishlar xushbo'y no'xatning ayrim belgilari — changchi shakli, gulning rangi nasllarda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi. Nasllar ota-onaga o'xshagan holda qoladi. Asta-sekin Mendelning uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko'p to'plana bordi. Shu narsa aniq bo'ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni nihoyatda ko'p. Xromosomalar soni esa ma'lum miqdorda bo'ladi. Har bir xromosomada juda ko'p genlar joylashadi. Bunday genlar bir-biri bilan birikkan gen­lar deyladi. Ular birikkan guruhlarni tashkil etadi. Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to'plamiga mos keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi 23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no'xatda 14 ta xromosoma - birikkan guruhi 7 ta bo'ladi. Bitta xro- mosomada joylashgan genlar quydagicha irsiylanadi

Genlar bir xromosomada bolganda nasldan-naslga o'tish qonuniyatlari haqidagi masalani T. Morgan va uning shogirdlari mukammal o'rganishgan. Asosan drozofila degan kichik meva pashshasi tekshirilgan . Bu hasharot genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila laboratoriya sharoitida oson ko'payadi, serpusht bo'ladi: ular 25—26 °C da har 10—15 kunda yangi nasi beradi, irsiy belgilari juda ko'p va turli-tuman, xromosomalari oz (dip­loid soni 8 ta) bo'ladi.

Tajribalardan ma'lum boiishicha, bir xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar bo'ladi, yani mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda nasldan-naslga o'tadi. Buni aniq misolda ko'rib chiqamiz. Agar kulrang tanali va normal qanotli drozofila bilan qoramtir tanali va kalta qanotli drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha pashshalar kulrang tanali va normal qanotli bo'lib chiqadi. Bu ikki juft allel bo'ycha geterozigotadir (kulrang tana, qoramtir tana va normal qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o'tkazishda digeterozigota (kulrang tanali va normal qanotli) urg'ochi pashshalarni resessiv belgili qoramtir tanali va kalta qanotli erkak pashshalar bilan chatishtiramiz. Mendelning ikkinchi qonuniga asoslanib, naslda 4 xil fenotipli: 25% normal qanotli kulrang tanali, 25% kalta qanotli kulrang tanali 25% normal qanotli qoramtir tanali va 25% kalta qanotli qo­ramtir tanali pashshalar olish mumkin.Darhaqiqat, boshlang'ich kombinatsiyali (kulrang tanali normal qanotli, qoramtir tanali kalta (qanotli) pashshalar bilan olib borilgan tajribada (muayyan tajribada 41,5%) belgilaridan qayta kombinatsiyalangan (kulrang tanali — kalta qanotli va qoramtir tanali normal qanotli) pashshalarnikiga qaraganda belgilar ancha ko'proq bo'ladi. Keyngilari atigi 8,5% dan bo'ladi . Ana shu misoldan ko'rinib turibdiki, kulrang tana — normal qa­not va qoramtir tana — kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda nasldan-naslga o'tadi, ya'ni boshqacha aytganda, o'zaro birikkan holda bo'ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganligiga bog'liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmaydi, balki birgalikda nasldan-naslga o'tadi. Bir xromosomada joylashgan gen­larning birikish hodisasi Morgan qonuni bilan mashhur.

Bir-biriga birikkan genlar gruppasining soni muayyan turdagi xromo- somalarning gaploid soniga mos keladi. Ular drozofila pashshasida 4 ta, makkajo'xorida 10 ta bo'ladi. Birikish gruppalari sonining xromosomalar so­niga mos kelishi irsiyatda (nasldan-naslga) o'tishda xromosomalar ahamiyatga ega ekanligining muhim dalilidir.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish