Irsiyat va o'zgaruvchanlik Genetika


Nomozshomgulda oraliq irsiylanish



Download 0,89 Mb.
bet5/9
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mustaqil ish

Nomozshomgulda oraliq irsiylanish:

G'o'zada malla rangli tola oq tola ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F, bo'g'inda nowotrang tolali forma hosil bo'ladi. Agar F, duragaylar o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija olinadi?

Nomozshomgulning qizil va pushti gultojibargli formalari oq gultoji barg- li formasi bilan chatishtirilganda, birinchi chatishtirishda F, pushti gul­tojibargli, ikkinchi chatishtirishda 50% pushti, 50% oq gultojibargli for- malar hosil bo'ladi. Har ikkala tajribadagi ota-ona va F, duragaylarning genotipini aniqlang.


Diduragay chatishtirish. Mendelning uchunchi qonuni

Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarni irsiylanishi, Mendel uchun dominantliq duragaylarda resessiv allellarni o'zgarmasligi, belgilar­ning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft, allellarning faqat bitta genini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o'rganish imkoniyatini berdi.

Lekin organizmlar bir-biridan juda ko'p belgilari bilan farq qiladi. Ikki va undan ortiq belgilarni irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va poliduragay chatishtirish orqali o'rganish mumkin.



Diduragay yoki poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota-ona oiganizmlarni o'zaro chatishtirishga aytiladi.

Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo'lgan gomozigota holdagi no'xat o'simliklarini o'zaro chatishtirdi. No'xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) resessivdir. Har bir o'simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo'shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya'ni sariq-silliq bo'ladi.

Birinchi bo'g'in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi game- talarga tushib qoladi. Ya'ni birinchi meyoz bo'linish natijasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shuningdeq a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.

Har bir organizmda juda ko'p jinsiy hujayralar hosil bo'ladi, statistik qonuniyat bo'ycha har bir duragayda to'rt xilda 25%dan-AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo'ladi. Urug'lanish jarayonida bitta organizm gametalari ik­kinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchra-shishi mum­kin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo'ycha bitta organizm gametalari, vertikal bo'ycha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katak- chalar ichiga esa gametalar qo'shilishidan hosil bo'lgan zigotalarning genotipi yoziladi . F2 da hosil bo'lgan organizmlarni fenotip bo'ycha hisoblab chiqish nihoyatda oson.

Duragaylar fenotip bo'ycha to'rtta guruhga bo'linadi: 9 ta sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan duragaylar hosil bo'ladi. Agar har bir belgilar bo'ycha ajralishni hisoblab chiqiladigan bo'lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 bo'ladi.

Mendel qonunlaridan foydalanib, ajralishning bir muncha murakkab hollarini uch, to'rt va undan ham ko'proq juft belgilari bilan farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa bo'ladi. Agar ota-ona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ikkinchi bo'g'inda ajralish 3:1, didu­ragay chatishtirishda esa 9:3:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi.

Duragaylarda hosil bo'ladigan gametalarni hisoblab topish mumkin.

Poliduragaylardagi gametalarning umumiy sonini hisoblash formulasi — 2n, n — genotipdagi geterozigota juft genlarning soni (Aa) duragayda ikki xil 21 gameta; AaBb duragayda esa to'rt xil 22 tipdagi gameta hosil bo'ladi.

AaBbCc — triduragayda sakkiz xil 23 tipdagi gameta hosil bo'ladi.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish