25.3.Tik zovurlar tizimini xususiyati, tik zovurlardan foydalanish uchun
qo’yiladigan texnik talablar
Tik zovurlar meliorativ, profilaktik,sug’orish – zax qochirish maqsadlari uchun
loyihalaniladi.
Meliorativ tik zovurlar uchun 2 ta bosqich, ya’ni 2 xil ish rejim belgilanadi.
Birinchi davr – meliorativ davr, bunda tik zovur profilaktik ta’mirlash davridan
boshqa davrlarda tunu-kun ishlaydi. (foydali ish koeffitsiyent=0.85) ikkinchi davr –
muntazam foydalanish davri – bunda tik zovur loyihaviy rejimga solinadi. Tik
quduqlarni foydali ish koeffitsiyenti ancha kichik bo’ladi. Birinchi davrda tik zovur
yerlarni chuchuklashtirish va sizot suvlari sathini pasaytirishga xizmat qilib,
ikkinchi davrda asosan sizot suvlar sathini ma’lum sathda saqlashga xizmat qiladi.
Profilaktik tik zovurlar ish rejimi texnik loyihada belgilangan bo’lib ular sizot
suvlarini sug’orish maydonidan olib chiqish yoki bu suvlardan foydalanish
maqsadida loyihalanadi. Profilaktik tik zovurlarni vazifasi – sizot suvlar sathini 8-
10 m chuqurlikda ushlab turish ya’ni avtomorf rejimni saqlab turishdir.
Bu xildagi tik zovurlar quyidagi ish rejimlarida ishlaydi:
• kunu –tun ishlaydi (foydali ish koeffitsiyent=0.85);
448
• faqat havo harorati iliq bo’lganda ishlaydi;
• sug’orish uchun ishlab uni ish rejimi sug’orish grafigiga moslangan bo’ladi.
Sug’orish – zax qochirish tik zovurlar 3 rejimda ishlashi mumkin, birinchi
ish rejimda tik zovur sug’orish grafigiga bog’liq holda ishlaydi, qolgan ikki xil
rejim tik zovur boshqariladigan suv havzasi uchun ishlaganda ro’y beradi.
Tik zovurlar meliorativ rejimda ishlaganda meliorativ maydonda qurilgan
barcha tik zovurlarni hammasini birato’lasiga ishlashini taqozo etadi. Faqat
shundagina sug’orish maydonini meliorativ holati yaxshilanishi mumkin.
Tik zovurlardan foydalanishda quyidagi tartib va umumiy talablar
qo’llaniladi.
1.Tik zovurlardan foydalanishda unga biriktirilgan ishlab chiqarish vakillari
tik zovurni belgilangan ish rejimida ishlatishni, loyihaviy foydali ish koeffitsiyentini
qiymatiga erishishni ta’minlashlari kerak.
2.Har bir tik zovurlarni yillik ish rejasida:
• tik zovurlarni suv tortib chiqarish maydonlari;
• tik zovurlarni ta’mirlash ishlarini uddatlari, profilaktik, joriy va asosli
ta’mirlashi ko’rsatilishi kerak.
3.Tik zovurlarni yillik ish rejasi rahbariyat tomonidan tasdiqlanib tik zovur
ish rejimi uchun asos hisoblanadi.
4.Tasdiqlangan yillik ish rejasi bo’yicha har bir bo’limni oylik ish rejalari
to’zilib bo’lim boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
5.Ish rejalarini bajarish hisobot ko’rinishida amalga oshirilib, hisobotlarni
taxlili asosida tik zovurlarni ish rejimiga o’zgartishlar kiritilishi mumkin. Bunda
asosiy omillardan biri tik zovurlarni ish rejimiga bog’liq ravishda sug’orish
maydonining meliorativ holati hisoblanadi.
6.Tik zovurlardan foydalanish bo’limi tomonidan oylik va yillik ish rejimlari
bajarilishi nazorati, hisobotlarni yig’ish, ularni taxlil etish, ayniqsa tik zovurlardan
so’rilib chiqarilgan suv hajmi, buning uchun sarflangan elektr quvvati, ta’mirlash
harajatlari taxlil etiladi.
449
7.Tik zovurlarni butun amortizatsiya davrida har yetti kunda 1 marotaba -
odatdagi nazorat, har oyda 1 marotaba – texnik nazorat, har 6 oyda 1 marotaba
rejaviy profilaktik nazorat, ish rejasi asosida esa joriy va kapital ta’mirlash ishlari
amalga oshiriladi. Tik zovur inshootlari va qurilmalari joriy kapital ta’mirlash
ishlari mahsus mutaxassislashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan
ishlar tik zovurlardan foydalanish xizmat guruhi xodimlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Odatdagi nazorat ishlarida quyidagilar muntazam kuzatilib boriladi:
•tik zovur tizimidagi barcha inshootlarni butligi;
•tik zovur qudug’i og’zini holati;
•ampermetrlarni ko’rsatkichi (keladigan tok kuchi stantsiya tomonidan
ishlatiladigan tok kuchidan oshmagan bo’lishi kerak);
•manometr ko’rsatkichi (bosim nasos qurilmasi uchun belgilangan bosimdan ortib
ketmasligi kerak);
•nasos qurilmasini ishlash ovozini tozaligi;
•quduq debeti;
•quduqdagi dinamik suv sath qiymati.
Quduq debetini o’lchashda suv bilan barcha surib chiqilayotgan mexanik
zarrachalarning tarkibiga ham e’tibor berish kerak.
Texnik nazorat ishlarida quyidagi ishlar nazarda tutiladi.
•suvdan kimyoviy analiz uchun namuna olish;
•suvdan uning tarkibida mexanik zarrachalar miqdorini aniqlash uchun namuna
olish;
•suv sarfini o’lchaydigan qurilma va jihozlarni tekshirish va lozim topilganda
to’g’rilash;
•elektr kabeldagi qarshilikni o’lchash (agar qarshilik 5 M Om dan kam bo’lsa
nasos qurilmasi uni ta’mirlash uchun to’xtatiladi);
•tizim qismlari ko’zdan kechirish, tozalash, murvatlarini qotirish (nasos
elektrodvigatelini tok kuchi sarflashi ortganda, yoki nasosni ish unumi 20 %dan
pasayganda nasos ishi to’xtatiladi).
450
Barcha texnik kuzatuv natijalari mahsus jurnallarga yozilib bu to’g’risida
uchastka dispetcheriga xabar qilinadi.
Nasos qurilmasida uni joriy va kpital ta’mirlash bilan bog’liq kamchiliklar
aniqlanilganda dalolatnoma to’zilib uchastka dispetcheriga bu kamchilik mahsus
hay’at tomonidan ko’rilishi uchun taqdim etiladi.
Hay’at tarkibi rahbariyat tomonidan tayinlanadi.
Rejaviy profilaktik nazorat quduqdan nasos qurilmasi sug’urib olinish
jarayonida va reja bo’yicha nasos ishi to’xtatilish vaqtlarida amalga oshiriladi.
Bunda quduqni chuqurligi, undagi tindirgichda loyqa cho’kish qalinligi,
ekspluatatsion kalonka va filtrni butunligi, ularda o’simtalarni mavjudligi va turi(
suratga olish orqali) nasos agregatini holati va texnik nazoratda bajariladigan ishlar
amalga oshiriladi.
Nazorat natijasida defekt (nuqson) dalolatnomasi to’zilib bunda tiklash –
ta’mirlash ishlarini hajmi aniqlanadi. Dalolatnoma meliorativ tizim boshqarmasi
bosh injeneri tomonidan tasdiqlanib tik zovurni pasportiga kiritiladi.
Avariya natijasida ishdan chiqqan quduqni o’rganish uchun meliorativ tizim
boshqarmasi boshlig’i buyrug’iga asosan hay’at to’ziladi. Avariya bo’lganligi
to’g’risidagi xabar kelishi Bilan hay’at a’zolari 24 soat davomida avariya bo’lgan
quduqni nazoratdan o’tkazishlari kerak. Hay’at o’z dalolatnomasida avariya
sbablari, uni tiklash bo’yicha ish turi va hajmlari va bajarish muddatlarini
ko’rsatadi.
YUqoridagi ishlarni bajarishni tartibga solish maqsadida ekspluatatsion
bo’linmalar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu bo’linmani shtat birligi boshliq
(bosh dispetcher) dispetcher va tik quduqlarni nazorat qiluvchi ta’mirlovchi
mutaxassislardan iborat bo’lib ular mahsus o’z joylariga ega bo’lishlari jumladan:
dispetcherxona, jihoz va qurilmalarni ta’mirlash uchun laboratoriya xonasiga, zaxira
buyum va jihozlarni saqlash xonasiga ega bo’lishlari kerak.
Tik zovurlardan foydalanish oldindan tuzilgan va tasdiqlangan reja asosida
amalga oshiriladi va ular mahsus shaklda bo’ladi. Rejada tik zovur quduqlarining
normal texnik ishchi holatda bo’lishi uchun barcha ishlar nazarda tutiladi. Bunda
451
barcha ta’mirlash ishlari novegetatsiya davriga 1-2 oydan oshmaydigan davrda
rejalashtiriladi. Vegetatsiya davri uchun faqat kichik profilaktik ta’mirlash ishlari
rejalashtiriladi.
Bizga ma’lumki tik zovur quduqlari asosan yer osti va yer usti qismlaridan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |