21.3. Xo’jaliklarda qishloq xo’jaligi ekinlarni sug’orish ishlarini
takomillashtirish
Xo’jalik ekin maydonlarida sug’orish ishlarini takomillashtirish uchun
birinchi navbatda bu yerlarning o’ziga xos shart–sharoitlari va nishabliklarni
xisobga olgan xolda suvni yetkazib beruvchi tarmoqlar hamda daladagi sug’orish
texnikasini tubdan takomillashtirilgan konstruktsiyalardan foydalanish tavsiya
etiladi. Bunday konstruktsiyalar o’tgan asrning 70-yillaridayoq ishlab chiqilgan,
ammo tannarxi va ba’zi boshqa bir kamchiliklari tufayli xozirga qadar keng
ko’lamda qo’llanilmay kelar edi. Xozirgi davrda esa ularning nisbatan arzon va
foydalanish uchun qulay modifoydali ish koeffitsiyentatsiyalari keng qo’llanishga
tavsiya etilgan. Joriy yil uchun Davlat Dasturida viloyatimiz sug’oriladigan
maydonlarida 700ga maydonda egiluvchan polietilen quvurlardan foydalanishni
tatbiq etilishi belgilangan.
21.3.1 rasm Egiluvchan quvurlar yordamida g’o’zani sug’orish
Uchastka nov kanalidan suv oqimi yumshoq egiluvchan sug’orish quvurlariga
tushadi va quvurlardagi mavjud sug’orish naychalardan suv egatlarga tarqatiladi.
384
Uchastka nov kanali
Uchastka nov kanali
E
gat
lar
Egatlar
Egatlarga beriladigan suv sarfi qiymatini prof. S.M. Krivovyaz
formulasi yordamida aniqlaymiz.
Yumshoq shlang uzunligi uning bo’ylama yoki ko’ndalang
joylashishiga bog’liq:
a). bo’ylama
b). ko’ndalang
Bo’ylama tizimda egatlar uchastka nov kanaliga parallel qilib o’tkaziladi,
ko’ndalang tizimda esa uchastka nov kanaliga egatlar perpendikulyar qilib
o’tkaziladi.
Nov va egiluvchan yumshoq quvurlardan iborat tizimlarni xo’jalikning
irrigatsion tizimlari xaritasida joylashtirish loyixa ishlarida muhim ahamiyatga ega.
Novli sug’orish tizimlarini loyihalashda xo’jalik ichki va uchastka kanallari
parabola shaklidagi beton va temir-beton novlardan tashkil topadi. Xo’jalik planida
nov kanallarni joylashtirishning bo’ylama va ko’ndalang shakllari mavjud (1 va 2-
chizmalar).
A). Nov kanallarini bo’ylama shaklda joylashtirish quyidagicha bajariladi:
1). Uchastka nov kanali yerning eng katta nishabligi bo’ylab o’tkaziladi:
0,0005
i
UchNK
0,003;
2). Uchastka nov kanalidan suv unga perpendikulyar joylashgan yopiq suv
o’tkazuvchi quvurga beriladi;
3). Yopiq suv o’tkazuvchi quvurlardan suv gidrantlari orqali suv o’tkazuvchi
quvurga parallel joylashgan sug’orish shlanglariga beriladi;
4). Sug’orish shlanglaridagi teshiklar orqali suv uchastka nov kanaliga parallel
joylashgan egatlarga tarqatiladi.
385
Do'stlaringiz bilan baham: |