Irrigatsiya va melioratsiya


XXI. GIDROMELIORATIV TIZIMLARNI RIVOJLANTIRISH VA QAYTA



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 
XXI. GIDROMELIORATIV TIZIMLARNI RIVOJLANTIRISH VA QAYTA
QURISHNI REJALASHTIRISH. 
21.1. Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanishda suv va yer zaxiralari. 
Tizimlarni takomillashtirish bo’yicha va kelajakda amalga oshirilishi mumkin 
bo’lgan rejalari 
Respublikamizda ta’mirlash va jihozlashga, hamda mukammallashtirilish 
kerak bo’lgan sug’orish tizimlari ham mavjud.
Ular quyidagi tartibda qayta ta’mirlanishi mumkin: 


378 
Tizimdan foydalanuvchi, o’zining xo’jalik ichi gidromeliorativ tizim 
bo’yicha va xo’jaliklararo qismi bo’yicha tizimni kelajak taraqqiyot rivojlanish 
rejasini tuzadi. Bu to’zilgan reja 3 bosqichdan iborat bo’ladi. 1-bosqichda – 
sug’orish texnikasini yaxshilalash, sug’orish tarmoqlarini solishtirma uzunligini 20- 
25 m/gagacha bo’lishligi, har 1000 ga sug’orish maydoni uchun 1-2 dona suv olish 
inshootini qurilishi, xo’jalik ichi tarmoqlarida inshootlar sonini yetarli bo’lishi, 
sug’orish maydonlarini yuzasini tekislash ishlari, zah qochirish tarmoqlarini qurish 
ishlari kuzda tutiladi. 
II-chi bosqichda – sug’orish texnikasini zamonaviy sug’orish texnikasi 
(mashinalari) bilan almashtirish, sug’orish tarmoqlarini suv isrofini kamaytiruvchi 
qoplamalar bilan qoplash, novlar, yopiq sug’orish tarmoqlari qurish yopiq zovurlar 
qurish va shunga o’xshash tadbirlar ko’zda tutiladi. 
III-chi bosqichda gidromeliorativ tizimda suv taqsimotini va sug’orishni 
avtomatlashtirish va suv sarfini hisobga olish, nazorat quduqlarini avtomatlashtirish, 
ilg’or texnikalardan foydalanish ishlari rejalashtiriladi. 
Tizimni qayta tiklash rejasi bo’yicha qisqa muddatga muljallangan texnik ishlarni 
bajarish loyihalari to’zilishi ham mumkin. Bu loyihalarda tizimdan foydalanishda 
uni boshqaruvchi vilolyat Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi tomonidan suvdan 
foydalanuvchi xo’jaliklarni suv gidrotexnik mutaxassislari ishtirokida to’ziladi. 
Loyiha 1:1000, yoki 1:5000 miqyosdagi haritada barcha sug’orish va zah
qochirish tarmoqlari, ulardagi inshootlar, sug’orish maydonlari, ishlab chiqarish 
bazalari, aholi istekomat joylari ko’rsatiladi. 
Loyihani tasdiqlash bo’yicha tegishli tashkilotlarni qarori tayyorlanadi, unda 
loyihani qismlarini tasdiqlash tartibi loyihani pul bilan ta’minlanishi va bajarilishi 
ko’rsatiladi. 
Gidromeliorativ tizimlar, ularning texnik holatlarini aniqlash maqsadida 
pasportlashtiriladilar. 
Gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish va jihozlashda ularni me’yorlash 
maqsadida, uning bir qismida tayanch-kurgazmali baza, (uchastka) tashkil etiladi. 
Bu uchastka butun bir tizim uchun etalon sifatida xizmat qilishi kerak. Oradan 


379 
kamida 10 yildan so’ng bu me’yorlar yangilanadi. Tayanch ko’rgazmali uchastka 
fan va texnika rivojiga mos ravishda doimo yangilanib, mukammalashtirilib va 
yangi jihozlar bilan birinchi navbatda jihozlanib boriladi. 
YAngi sug’orish texnikasini joriy qilish uchun eng ilg’or xo’jaliklarning ekin 
maydonlarida (100-150 ga) tajriba- ko’rgazmali sug’orish maydoni tashkil etiladi. 
Bu maydonlarda yangi sug’orish texnikasini ish faoliyati doimo nazorat qilib 
boriladi, me’yorlar belgilanadi, sug’orish texnikasi sinovdan o’tkaziladi, uni 
sug’orish ishlariga qo’llanishi yoki ko’llash mumkin emasligi to’g’risida xulosa 
qilinadi. 
Suvdan foydalanganlik, gidromeliorativ tizimlarni qayta ta’mirlash va 
jihozlash, uni boshqarishni takomillashtirish, injener-texnik va boshqa ishchi 
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash maqsadida, suv soligi masalalarini nazarda 
tutish va takliflar ishlab chiqish. 
YUqorida qayd etilgan ishlarni bajarish, ya’ni tizimni boshqarishni 
mukammallashtirish va yaxshilash, xo’jaliklararo tarmoqlar, gidromeliorativ 
tizimlardan samarali foydalanish va uni boshqarish uchun injener-texnik xodimlar 
tomonidan ishlab chiqarish ilmiy tadqiqot ishlari olib borishlari kerak bo’ladi. 
Buning uchun ularga avvalo quyidagi ishlarni amalga oshirishlari zarur: 
- har bir gidromeliorativ tizimda, ma’lum maydonga xizmat qiluvchi va 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun laboratoriya tashkil etish; 
- tayanch – kurgazmali baza ajratilishi, va unda ko’zlangan tadqiqot ishlarini 
bajarish uchun barcha o’lchovlarni asboblari bilan ta’minlangan bo’lishi, kerakli 
o’lchovlar, kuzatishlar hisob kitoblarni muntazam olib borilishi. YAngi texnika,
asbob uskuna, jihozlarini sinab ko’rish, xulosalar tayyorlash, mustahkamligi, xizmat 
qilish muddati to’g’risida ma’lumotlar to’plab borish; 
- ilg’or xo’jaliklarda sug’orish ishlarini avtomatlashtirishga qaratilgan tajriba- 
kurgazma sug’orish maydonlari tashkil etish. YAngi sug’orish texnikasini 
mukammal o’rganish, ularni ishonchliligini tekshirish, ularga xizmat ko’rsatishda 
me’yorlarni aniqlash ishlarini amalga oshirish. 


380 
Tayanch 

ko’rgazmali tizimlardan olingan ma’lumotlar boshqa 
gidromeliorativ tizimlar uchun ham etalon sifatida xizmat qiladi, tayanch-
kurgazmali bazalarni va tajriba kurgazmali sug’orish maydonlarni shu sohada ish 
olib boruvchi ilmiy tekshirish inasos stantsiyasi titutlariga biriktirilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Xo’jaliklararo tarmoqlarda o’tkaziladigan ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot 
ishlarining yo’nalishlari quyidagilar bo’lishi mumkin: 
- har yil turli davrlar uchun tizimning suv resurslarini o’rganish, sug’orish 
manbasida kuzatilgan suv sarflarini ta’minlanganlik darajasini qisqa muddatda 
hisoblash uslubini aniqlashtirish, daryo basseyni bo’yicha yer suv sahiralari 
muvozanatini to’zish, buloq va qaytarma suv miqdorlarini aniqlash; 
- sug’orish manbasini 95, 75, 50, 25 va 5%li ta’minoti yillarida sug’orish 
tizimga suv olish imkoniyatlarini aniqlash; kritik davrlarni aniqlash bo’yicha 
takliflar kiritish. 
- yer va suvdan foydalanish koeffitsiyentlari qiymatlarini oshirishga 
qaratilagn tadbirlar ishlab chiqish, suv taqsimotini yaxshilashda me’yoriy hujjatlar 
yaratish, suv olish va suv taqsimoti inshootlarida texnik suv isrofgirchiligini 
aniqlash, sug’orish tizimidagi suv isrofgarchiligini qiymatini inobatga olgan holda 
uning mavsumdagi ish davri bo’yicha suv olish jadvalini to’zish; 
- sug’orish tizimiga daryodan to’shadigan loyqa miqdorini kamaytirish, unga 
cho’kkan loyqani tozalashni mexanizatsiyalashtirish darenii loyqalanish tartibini
o’rganish, sug’orish tarmoqlari va kollektorlarni tozalanashdagi loyqa hajmini va 
o’tlar miqdorini aniqlash; 
- melioratsiyalangan maydonlardan to’liq foydalanish maqsadida tizimni yer 
fondini o’rganish, yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish bo’yicha takliflar 
kiritish; 
- gidromeliorativ tizim massivlari bo’yicha suv- meliorativ muvozanat 
tenglamalarini to’zish, yerlarni meliorativ holatini yomonlashuvi sabablarini 
o’rganish, sizot suvlari tartibini o’rganish, sizot suvlarini satxi bilan suvdan 
foydalanish o’rtasidagi bog’liklikni aniqlash; 


381 
- gidromeliorativ tizimdagi ekin maydonlarini tuproq-meliorativ turlari 
bo’yicha chegaralash, gidromodul rayonlar bo’yicha sug’orish tartiblarini ishlab 
chiqish; 

sug’orish, zah qochirish tarmoqlari va ulardagi inshootlarni
deformatsiyalanishini o’rganish, ularni ta’mirlash, tozalash va ularga xizmat 
ko’rsatish bo’yicha me’yorlarni belgilash; 
- sug’orish kanallari, novlar, quvurlar inshootlar kurulma va jihozlarni 
mustahkamligi va ishonchliligini aniqlash, ulardagi bo’zilishlar, bo’zilish 
ko’rinishlari, davrlar bo’yicha bo’zilashlar soni, texnik resurslar va ulardan 
foydalanish koeffitsiyentlari aniqoaniladi; 
- sug’orish manbasidan suv sarfini olish va tizim ichida suv sarfini 
taqsimlashni aniq va sifatli bo’lishini ta’minlash, variatsiya koeffitsiyenti qiymatini 
aniqlash; 
- sug’orish texnikasini ishonchli ishlashini baholash, uni ta’mirlash va 
ishlatishda me’yorlar ishlab chiqish. 
Xo’jalik ichi tarmoqlarida o’tkaziladigan ishlab chiqarish tadqiqotlarining 
yo’nalishlari bo’lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin: 
- yerlarni meliorativ holati va agrotexnik talablardan kelib chiqqan holda turli 
suv ta’minoti yillari uchun o’simliklarni hisobiy sug’orish tartibini hisoblash; 
- sug’orish dalalarida haqiqatda amalga oshiriladigan sug’orish tartiblarini va 
Qishloq xo’jalik ekinlarini suv, oziqa va unasos stantsiyasi urlar bilan ta’minlash, 
qishloq xo’jalik ekinlaridan ko’zlangan hosilni olishga yaxshi sharoit yaratadi. 
Sug’orishlar soni, muddatlari, me’yorlari, bir birlik hosilga to’g’ri keladigan 
solishtirma suv sarfi miqdorini aniqlash o’simlikni rivojlanish fazalari bo’yicha 
tuproq faol qatlamidagi namlik miqdorini o’zgarishini o’rganish va aniqlash; 

gidromeliorativ 
tizimlarni 
tashkil 
etuvchi 
elementlar 
ulardagi 
deformatsiyalarni o’lchov orqali nazorat qilish, ta’mirlash ishlarini, sug’orish va zah 
qochirish tarmoqlaridagi loyqa va utlardan tozalash ishlarini rejalishtirish uchun 
imkoniyat tug’diradi. 


382 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish