Irrigatsiya va melioratsiya


Respublika xukumatining o’rmon xo’jaligi xodimlari oldiga qo’ygan



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

12.2. Respublika xukumatining o’rmon xo’jaligi xodimlari oldiga qo’ygan 
vazifalari
.
Respublikamiz ekologik muvozanatini yaxshilashda madaniy o’rmonarni 
ko’paytirish zamon talabidir. Toglarda jarliklar paydo bo’lishining oldini olishda, 
suv tanqisligi muammosini hal etishda, selga qarshi kurashda, qumlarning
ko’chishini 
to’xtatishda, 
dasht-yaylovlarning 
hosildorligini 
oshirishda, 
sugoriladigan yerlardagi ekinlar hosildorligini oshirishda madaniy o’rmonlarning 
ahamiyati nihoyatda katta. Respublikamiz xukumatining davlat o’rmon 
ko’mitasining qarorlari ham shu muammolarga qaratilgan. Shulardan asosiylari 


242 
respublika halqining yogochga bo’lgan ehtiyojini qondirish, togli, tog oldi, qumli va 
qishloq xo’jaliklari yerlarini tabiiy ofatlardan muxofaza etishni va shular bilan 
birgalikda paxta, galla va boshqa q.x. ekinlari hosilini oshirishga qaratilgan. 
Yuqoridagilarni hayotga tadbiq etishda o’z xissalarni qo’shadigan 
o’rmomnchilik bakalavrlarini tayyorlashda o’rmon melioratsiya fani asosiy o’rmon 
egallaydi. 
O’rmon melioratsiya ishlarining asosiy vazifasi qumlarning ko’chishiga, 
qurg’oqchilikka, garmselga, qora buronga qarshi cho’l mintaqalarida himoya 
daraxtzorlari barpo qilish va tuproqlarni yemirilishdan, yuvilishdan, kuchli shamol 
ta’sirida ko’chishdan muhofaza etishdir. Boshqacha qilib aytganda o’rmon 
melioratsiya ishlari tizimiga respublikadagi jamoa, shirkat va boshqa turdagi 
xo’jaliklarning yerlarini tuproq va shamol eroziyasidan muhofaza etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish, tog’ qiyaliklarida yog’ingarchiliklar ta’sirida 
tuproqlarning yuvilib ketishdan himoya etuvchi sun’iy o’t va o’rmon o’simliklari 
barpo etish, qumlik yerlarda ko’chib yuruvchi qumlarni o’t-o’simliklari va qumda 
o’suvchi daraxtlar va butalar bilan qoplash ishlarini tashkil etish bilan 
shug’ullanishlar kiradi. Shuning uchun o’rmon melioratsiyasi ayni bir paytda 
fitomelioratsiya deb ham yuritiladi. Fitomelioratsiyaning ma’nosi esa o’simliklar 
yordami bilan har xil tabiiy ofatlarga qarshi kurashish demakdir. 
Demak, o’rmon melioratsiyasi fani ilmiy fan bo’lib, tog’ oldi, tog’, qumli, 
sug’oriladigan mintaqalarda yer, iqlim, tuproq, sharoitiga mos holda yangi sun’iy 
ihota daraxtzorlarini barpo qilishni ilmiy asoslash bilan shug’ullanadi hamda 
bo’lajak mutaxassislarni bu ishlarni tashkil etish va amalga oshirish bilan 
tanishtiradi, ularning o’rmonchilik to’g’risidagi tushunchalarini boyitadi. 
Suv eroziyasining oldini olishda o’rmon, daraxt va butalar turlari, mevali 
daraxtlar, o’t-o’simliklardan tashqari har xil turdagi va shakldagi oddiy qurilish 
inshoatlardan foydalaniladi. Bu hol esa o’rmon melioratsiyasini qishloq xo’jaligi 
suv inshoatlari melioratsiyasi bilan yaqinlashtiradi. 
O’zbekiston respublikasida suv va shamol eroziyasining oldini olish, selga 
qarshi qurash ishlari 1880 yillarda ya’ni XIX asrning oxirlarida boshlangan edi. 


243 
Suv eroziyasining oldini olish va uni bartaraf qilish, suv toshqinlari kuchini 
kamaytirish tadbirchoralari dastlab Samarqand viloyatidan 40 km janubiy tomonda 
joylashgan Omonqo’ton daryosining 1200-1800 i balandlikdagi qiyaliklarida (1880 
yilda) amalga oshirilgan. Bu ishlarga muhandis N.I.Korolkov boshchilik qilgan. 
XIX asrning oxirlarida o’rmon xo’jalik ilmiy izlanish ishlari Turkiston 
o’lkasining boshqa mintaqalarida ham amalga oshirila boshlanadi. Xususan, 1898 
yildan boshlab, yangi yerlarni o’zlashtirish va o’zlashtirilgan yerlarni shamol 
eroziyasidan muhofaza etish uchun Toshkent shahrini shamolni-sharqiy qismidagi 
yerlarga ko’ndalang holda ihota daraxtzorlari barpo etish ishlari boshlanadi. Ihota 
daraxtzorlarining kengligi 100 sarjindan (bir sarjin 2,134 metrga teng) iborat edi. 
Demak shamolga ko’ndalang himoya daraxtzorlarining kengligi 213,4 metrni 
tashkil etadi. Bir himoya daraxtzorlarining ikkinchisi bilan oraliq masofasi esa 2-4 
chaqirim (bir chaqirim 1,06 km ga teng) edi. Ma’lumki Buxoro, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Xorazm, Farg’ona, Navoiy va Qoraqalpog’iston xududlarida yerlarni 
o’sha paytlarda qishloq xo’jalik ekinlarini, hovli joylarni kuchli shamollar tufayli 
tez-tez qum bosar va bundan aholi katta zarar ko’rardi. SHuningdek, qum bosish 
tufayli poyezdlarning harakati to’xtab qolardi. Po’lat izlarni qum uyumlardan 
tozalab, yo’lni ochguncha oradan bir necha kunlar o’tib, hatto, odamlarning uzoq 
manzillarga piyoda ketish hollari tez-tez qaytarilib turadi. 
1915-1916 yillarda Mirzachul yerlariga suv chiqarish uchun qazilayotgan 
«Romanov» kanali (xozirgi Kirov nomidagi kanal) ning atrofiga qurilish ishlari 
bitish arafasida kanalni ikki qirg’og’iga himoya daraxtzorlari barpo etilgan. Bu 
daraxtzorlar kanal suvlarini kuchli shamol to’zonlaridan muhofaza qilish, shu bilan 
birga yangi o’zlashtirilayotgan yerlarni shamol eroziyasidan muhofaza etishi kerak 
edi. 
1919 yilda Farg’ona vodiysining sug’oriladigan maydonlarini qum bosishi 
olini olish uchun tadbiriy amalga oshirildi. Sug’oriladigan maydonlarga qum 
uyumlarini o’tkazmaslik uchun kengligi 40-50 metrli, uzunligi bir necha 
kilometrga teng o’rmonzor to’siqlar barpo qilish ishlari boshlab yuborildi. 
Sug’oriladigan yerlarda kengligi 50 sarjinli ihota daraxtzorlar barpo etildi. 


244 
Ana shu ekilgan yashil nihollarning deyarli ko’pchiligi qurib ketgan bo’lsa 
ham lekin kanal qirg’oqlariga ekilganlaridan ayrimlari hozirgacha saqlanib qolgan. 
Shamol va suv eroziyasining oldini olish ishlari keyingi yillarda ham kuchli 
shamoldan shikast topayotgan aholi yashaydigan yerlarga yaqin bo’lgan Toshkent, 
Farg’ona, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridagi sug’oriladigan maydonlariga 
ihota va himoya daraxtzorlari barpo etish ishlari olib borildi. 
Ammo bu ishlar ilmiy nuqtai nazarga yoki ko’p yillik tajribalarga asoslanmay 
amalga oshirildi. Chunki bunday ishlar bilan shug’ullangan mutaxassis kishilar 
yo’q edi. Borlari esa qotag’onchilik kurboni bo’lib ketgandi. 
Shuning uchun o’rmon xo’jaligini rivojlantirish borasida boshlanadigan har 
bir ish yoki tadbir asosiy muammo hisoblanadi. Bu muammolarni yechish uchun 
sug’oriladigan va sug’orilmaydigan yerlardagi shamol va tuproq eroziyasining 
oldini olish eng muxim, dolzanb vazifa edi. Ihota daraxtzorlarini barpo etish, daraxt 
navlarini tanlash, ularni qator oraliqlarini yoki qatordagi daraxtlar oraligini 
belgilash, shamol eroziyasining oldini olish uchun ihota daraxtzorlar oraliq 
masofalarini aniqlash yoki ko’chma qumlarni qaysi tartibda to’xtatish va qumda 
o’suvchi daraxt navlarini tanlash, ularni joylashtirish tadbirlarini ishlab chiqarish 
amalga oshirila boshlandi. Tog’li yerlarda qiyaligi 8-10 va 40
o
S gacha bo’lgan 
yerlarda suv eroziyasining sodir bo’lmasligi va uning oldini olish tadbiriy 
choralarini ko’rish ishlari boshlab yuborildi. 
O’zbekiston respublikasida o’rmon xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha ilmiy - 
tadqiqot ishlarining ilk bor boshlanishi, shuningdek shamol va suv eroziyalarining 
oldini olishda ko’riladigan muhim tadbiriy ishlarning avj oldirilishi 1930 yilga 
to’g’ri keladi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish