Irrigatsiya va melioratsiya


O’rmon melioratsiyasi sohadagi ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 O’rmon melioratsiyasi sohadagi ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari
O’rmon melioratsiyasi sohadagi ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari quyidagi 
muammolarni hal qilishi lozim edi: 
1. Respublikaning tog’li yerlarida tuproqlarning yemirilishini, jarliklar 
vujudga kelishining oldini olish va o’sishini to’xtatish, sellarga qarshi tadbirlar 


245 
ishlab chiqish, tog’li yerlarda turli melioratsiya ishlarini olib borish natijasida tog’ 
maydonlari unumdorligini ko’tarish. 
2. Qo’chma qumlar va qumli yerlarni mustahkamlash hamda ularning 
mahsuldorligini oshirish borasida qum-o’rmon melioratsiya ishlarini rivojlantirish. 
3. Suvli va suvsizmaydonlardagi paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jalik 
ekinlari hosilsdorligini oshirish va yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, issiq 
garmsellarning oldini olish, parlanishni kamaytirish. 
4. Jamoa, shirkat va boshqa turdagi xo’jaliklar dalalarida foydalanilmay 
yotgan sug’oriladigan yerlarda o’rmonzorlar barpo etish bilan ularning yog’ochga 
bo’lgan extiyojini qondirish. 
5. Tabiiy o’sadigan o’rmonlar ahvolini tubdan yaxshilash va ularning 
navlarini sharoitga moslab tanlash. 
6. Respublika sharoitiga mos navlarni tanlash va chatishtirish muammolariga 
e’tibor berish. 
7. Sun’iy o’rmonlar barpo etish ishlarini rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri bo’lmish urug’chilik va ko’chatchilikka bo’lgan talabni qondirish. 
8. O’rmon o’simliklarini turli hashoratlardan, kasalliklardan muhofaza etish. 
9. O’rmon xo’jaliklari ishlarini yaxshi tashkil qilish va ularning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish. 
10. O’rmon melioratsiyasi ishlarini mexanizatsiyalash. 
Yuqorida qayd qilingan masalalarni o’sha paytda rejada ko’rsatilgan holda 
amalga oshirish, juda qiyin edi. Chunki respublikada kadrlar masalasi hali o’sha 
davrning talabiga mutlaqo javob bermasdi, to’g’rirog’i kandrlar deyarli yo’q 
darajada edi. 
1930 yili Toshkentda bir dona oliy bilimgoh bo’lib, u Toshkent davlat 
universiteti edi. Unda faqat sanoqli fakultetlar bor edi. SHulardan biri qishloq 
xo’jalik mutaxassislari tayyorlaydigan fakultet edi. YOsh davlat o’rmon xo’jaligi 
fakulteti tashkil qilish haqidagina emas, hatto o’rmon xo’jaligi mutaxassislari 
tayyorlash masalasi haqida o’zoq mustaqil o’ylab ko’rolmas ham edi. Chunki 
respublika hali oyoqqa turmagan, moddiy, ma’naviy tomondan ojiz bir o’lka bo’lib 


246 
qolgandi. Uning ixtiyoriga o’tgan yerlar o’zlashtirilmagan, meliorativ holati 
yomon, ularga ishlov berish, haydash uchun zarur texnikalar deyarli yo’q darajada 
edi. Shunday bo’lgach ishlab chiqarishda, ilmiy muassasalarda ilmiy muammolarni 
tayyorlab, yechib beradigan mutaxassislar haqida gapirilmasa ham bo’ladi. 
O’rmon xo’jaligimutaxassislari tayyorlaydigan O’rta Osiyoda yagona o’rmon 
xo’jalik fakulteti Toshkent qishloq xo’jalik oliy bilimgohi qoshida 1944 yilda 
tashkil topdi. 1948 yilda birinchi o’rmon xo’jalik mutaxassislari qaldirg’ochlari 
tayyorlanib, ishlab chiqarishga va bilimgohlarga yuborildi. Asosan sha davrdan 
boshlab respublikada o’rmon xo’jalik ishlari izga tushaoshladi, shamol va suv 
eroziyalarining oldini olish borasida hamda boshqa yo’nalishlarda amalga 
oshiriladigan o’rmon melioratsiya ishlari asta-sekin oldinga siljiy boshladi. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish