Irrigatsiya va melioratsiya



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

Ishchi-texnik loyixa. 
Ishchi- texnik loyixa uncha katta va murakkab bo’lmagan ob’ektlar uchun 
tuziladi. Bunda Tqur ( 2 yil. 
Ishchi - texnik loyixa tarkibiga quyidagilar kiradi. 
1)Qisqacha tushuntirish (meliorativ maydonning kanal, kollektorlar va drenaj 
tizimlariga qisqacha tavsif va berilgan baxo) bayoni. 
2)O’zlashtirishgacha bo’lgan yer fondi ta’rifi. 
3)Er o’zlashtirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil qilish tadbirlarini 
izoxlash. 
4)Yillik ekspluatatsiya xarajatlarini xisobga olgan xolda butun tizimni 
ekspluatatsiya qilish to’grisida takliflar. 
5)Gidrogeologik, gidravlik va boshqa xisoblar natijalari. 
6)Inshootlar jadvali. 
7)Qurilish, montaj, yer ishlari xajmlari. 
8)Qurilish bosqichlari va muddatlari. 
9)Kerakli qurilish materiallari va mexanizmlar jadvali. 
10)Yigma smeta. 
11)Grafik materiallar. 
12)Jixozlar va buyurtma materiallari uchun buyurtma qaydnomalari. 
13)Loyixa va smetalarni tasdiqlash. 
 


212 
10.3 Zovurlar ishlatishining asosiy shratlari va xisobiy suv sarflari 
Markaziy Osiyo respublikalarida tik zovurlvr 600 ming ga. yerga qurilgan 
bo’lib, 6 mingdan ko’proq quduqdan foydalaniladi. Suv bilan ta’minlash bilan birga 
esa 18 ming donadir. 
Tik zovurlarning
 
ishlatishning asosiy shartlari quyidagilar: 
Suv nasos orqali chiqarilganligi sababli suv o’tkazuvchi gorizontni xosil qiluvchi 
barcha qatlamlar orasida gidravlik bogliqlik bo’lishi. 
Pastki qatlam qalin va yaxshi suv o’tkazuvchan bo’lishi kerak 



100
Км
Т
m
2
/sut. 
Bu yerda K - qatlamlar o’rtacha filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut. 
m-qatlam qalinligi, m 
Vertikal drenaj, gorizontal drenajga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega. 
sizot suvlari satxini istagan chuqurlikka tushirish imkoniyati mavjud. 
Vertikal drenajdan olingan suvni qo’shimcha sugorish yoki ichimlik suvi manbai 
sifatida ishlatish mumkin. 
Er ishlari xajmi keskin kamayadi. 
Vertikal drenajni yilning istagan paytida va sizot suvlari satxining istalgan 
chuqurligida qurish mumkin. 
Kamchiliqlari: 
1)Mayda zarrali tuproqlarda suv satxining 1 m pasayishiga nisbatan kichik debit 
bo’lishi. 
2)Ekspluatatsiya xarajatlarining kattaligi. 
3)Elektr energiyasini ko’p talab qilishi. 
4)Ekspluatatsiya va remont uchun shtat zarurligi. 
5)Vertikal drenajning vaqti-vaqti bilan ishlashi xisobiga nasos agregatining tez-
tez ishdan chiqishi. 
Vertikal drenaj chuqurligi 20 .. 30 m lik tik quduqdan iborat bo’lib, uning 
o’rtacha chuqurligi 50 .. 70 m bo’ladi. (s.t.q ning joylashishiga qarab). 


213 
Qazish URB-Z AM yoki boshqa burgulash mashinalarida olib borilib, qazish 
davomida quduq devorlari quvurlar bilan maxkamlab ketiladi. Loyixadagi 
chuqurlikkaga qazilgach, suv ko’tarish quvuri, nasos, filtr va tindirgich tushiriladi. 
Quduqning yuqori qismiga yer usti qo’yilish inshooti o’rnatiladi. Unda TP, 
kabelli o’tkazgich va o’lchash priborlari xammasi o’rnatilgach, kompressor 
yordamida namunaviy sinov ishlatib quriladi. CHuqurlik nasoslarining unumdorligi 
50 .. 350 m3/soat bo’lib, quduq debiti suv o’tkazuvchi qatlam Kf, va suvning 
pasayish chuqurligiga, quduq diametriga va uning konstruktsiyasiga bogliq. 
Drenajning ta’sir radiusi - R, gruntning geologik tuzilishiga bogliq bo’lib, soz 
tuproqlarda 800 .. 1000 m, ogir tuproqlarga esa 400..500 m, qumloq tuproqda agar 
quduq chuqur bo’lsa 3000 m gacha bo’ladi. 
Sizot suvlarining statik satxi bilan suv chiqargandan keyingi satxi farqiga 
pasayish chuqurligi deyiladi. (-S). Quduqdan chiqariladigan suv miqdoriga quduq 
debiti deyiladi. (Q). 
Suv tusar qatlamning quduq tubiga nisbatan joylashishiga qarab tugallangan va 
tugallanmagan quduqlar bo’ladi. 
Vertikal drenajda asosiy o’rinni 
nasos agregati
egallaydi. Vertikal drenaj uchun 
asosan ETSV turidagi nasoslar ishlatiladi. 
Nasosning turi uning tushirish chuqurligiga bogliq. Xozirda ishlayotgan 
quduqlarning 75 % ining ko’tarish balandligi 25 m, 35 % esa 20 m dan oshmaydi. 
Xozirgi kunda ko’tarish balandligi 25 m dan ko’p bo’lgan 8 turdagi nasoslar 
ishlatiladi: 
1.ETSV - 10 - 63 - 65 5.ETSV - 12 - 210 - 25 
2.ETSV - 10 - 120 - 60 6.ETSV - 12 - 210 - 55 
3.ETSV - 10 - 160 - 35 7.ETSV - 12 - 255 - 30 
4.ETSV - 10 - 160 - 65 8.ETSV - 12 - 375 - 30 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish