Irrigatsiya va melioratsiya



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

11.7.
 
 Gidrotexnik tadbirlar
Suv eroziyasining ta’sirini zudlik bilan bartaraf etish uchun amalga 
oshiriladi. Ular tashkiliy-xujalik, agrotexnik va urmon meliorativ tadbirlari bilan 
birgalikda olib boriladi. Ularning vazifasi suv okimini boshkarish (tuxtatish yoki 
xavfsiz tomonga yunaltirish) hisoblanadi. Ular suv havzalari, himoya tuprok 
devorlari va dambalari, tutash inshootlar, suv tusgichlar kabi gidrotexnik inshootlar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Gidrotexnik tadbirlar suv eroziyasining oldini olishda muhim bulib, ularga 
qirgogini yuvadigan daryo yoqalarida qirgoqni mustahkamlovchi tadbirlar, suv 
qirgoqdan toshadigan hollarda qirgoqni himoya qiluvchi damba va kutarmalar; jarli 
yerlarda esa suv ushlagich kutarmalar; jarga suv oqimini tushirmaydigan ariqlar; 
suvda tez yuviladigan yumshoq, yengil tuproqli joylarda ariq urniga temir beton 
nov kanallar; jarlarda va soylarda suv oqimini ushlab holuvchi tugonlar; selga 


229 
qarshi kurashish uchun hovuz va suv omborlari; tog yonbagirlarining yoginlardan, 
jalalardan vujudga keladigan suv eroziyasiga uchramasligi uchun zinapoyasimon 
ariqlar tashkil etish va boshqalar kiradi. 
4.Shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari 
Uzbekiston sharoitida eroziya turlaridan eng xavflisi shamol eroziyasidir. 
Uning ta’siri keng front buylab namoyon buladi va juda katta iqtisodiy zarar 
keltiradi. Shamol eroziyasining hosil bulishi shamol kuchi, qaytarilishi va 
tuproqning ustki holatiga bogliq bulib, bu turdagi eroziya sugorilmaydigan yerlarda 
shamol kuchi 3-5 m/s dan ortganda namoyon bula boshlaydi. SHamol eroziyasi 
ta’sirida ulchami 1 mm dan kichik bulgan agregatlar tuproq massasidan ajralib 
chang buronlari kurinishida namoyon buladi. Bunda tuproq tarkibidagi chirindining 
100 yil ichida 2,5-3 barobar kamayganligi qayd qilingan. SHamol tezligi 4-5 m/s 
bulganda kuchsiz, 5-15 m/s bulganda urtacha, 15 m/s dan ortiq bulganida esa, 
kuchli eroziya hosil bulishi kuzatilgan. 
Shamol eroziyasi mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuproq namoyon 
buladi. Shamol esganda, avvalambor, tuprokning chirindiga va oziq elementlariga 
boy unumdor qatlami uchib ketadi. Qishloq xujaligi ekinlarining urug’lari (shu 
jumladan, paxta chigiti) ham tuproq zarralariga qushilib uchib ketadi, bunda uchib 
ketayotgan tuproq zarralari g’o’za nihollari va boshqa ekinlarning kuchatlarini 
changitib, ularni shikastlaydi. Har ikki holda ham qayta ekishga tutri keladi. Ba’zi 
yillarda bu holat 2-3 marotaba qaytariladi, bu esa, urug’, utit, yonilrining ortiqcha 
sarflanishiga olib keladi. oqibatda g’o’zaning va boshqa ekinlarning yetilishi 
kechikadi, paxta tolasi va chigitning sifati yomonlashadi. 
Qum buronlari irrigatsiya tarmoqlarini kumib tashlaydi. Qum tulgan kanalni 
ekskavatog’lar bilan tozalab bulmaydi, shu boisdan qul mehnatidan foydalanishga 
tutri keladi, bu esa olinadigan mahsulot tannarxini ancha oshirib yuboradi. Temir 
yullar va avtomobil yullari, borlar va turar joy massivlarini ham qum bosadi. 
Inson qadim davrdayoq shamol eroziyasiga qarshi kurash yullarini topa 
bilgan. yerga nisbatan xususiy mulkchilik hukm surgan davrda ham sug’orish 
maydonlari mayda kartalarga bulinib, chor atrofiga daraxt kuchatlari (asosan tut, 


230 
jiyda va tol) ekilar, shu tarzda dalalar shamol tasiridan ma’lum darajada himoya 
qilinar edi. Ihota daraxtlari bulmagan joylarda quruq shox-shabbalardan ihotalar 
qullanilar va ular “gazza” deb yuritilardi. Bu ish quyidagicha bajarilar edi: g’o’za 
kuchatlari orasida sug’oriladigan kartada uzun chuqurlar qazilib, ularga quruq buta 
yoki shox-shabba kumib quyilar edi. Bunday tusiqlarning uzunligi qisqa va ayni bir 
dalaning uzida orasini juda yaqin qilib, 15-20 m da joylashtirilar edi. 
Shuni ta’kidlab utish kerakki, eroziyaga qarshi bunday tadbirlar juda ham 
mehnattalab bulib, tusiqlarning uzi ekiladigan foydali yerni egallaydi, yerga 
mexanizatsiyalashgan usulda ishlov berishni qiyinlashtiradi. 
Hozirgi vaqtda ilmiy muassasalarning ilg’or tajribalaridan foydalanib olib 
borgan katta ishlari natijasida, eroziyaga qarshi kurash tadbirlari tizimi ishlab 
chiqilgan. Bu tizim Qo’qon guruxi hududlari, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro 
viloyatlarining bir qancha xujaliklarida muvaffaqiyat bilan qullanilmovda. Bu tizim 
«tuproqni suv va shamol eroziyasidan ximoya qilish yuzasidan tavsiyalar»da 
batafsil bayon qilingan. Bu tizimga Quyidagilar kiradi: 
1.
Ihota daraxtzorlari barpo etish. Bu shamol eroziyasiga qarshi kurashning 
eng samarali, ratsional vositalaridan biridir. Bular: 
-
ihota daraxtzorlari qatorlarining joylashtirilishi, shamolning esish kuchi va 
tuproqning mexanik tarkibiga kura tabaqalashtirilishi; 
-
shamol kuchli esadigan hududlarda va qumoq hamda qumloq tuproqlarda 
daraxt qatorlari oraligi kupi bilan 100-170 m, qum barxanlari uzlashtirilayotgan 
joylarda - 80-100 m; yengil va urtacha qumloq tuproqlarda - 200 m gacha, ogir 
qumloq va gilli tuproqlarda - 250-300 m ga teng bulishiga erishish; 
-
shamolning esish kuchi urtacha hududlardagi qumli hamda qumloq 
tuproqlarda daraxt qatorlari oraligi 200 m gacha; yengil va urtacha qumloq tuproqli 
yerlarda 250-300 m, ogir qumloq va gilli tuproqli yerlarda 350-400 m bulishi; 
-
shamol kuchsiz esadigan hududlarda, tuproqning mexanik tarkibidan qatiy 
nazar, daraxt qatorlari oraligini 400-450 m qilib olish kerak buladi. 
Ihota daraxtlari qatorlari soni quyidagicha buladi: shamol kuchli esadigan 
hududlarda - 3-4; “urtacha” larida - 2-3; “kuchsiz” larida esa - 2. 


231 
Daraxt 
qatorlariga 
uzoq 
yashaydigan, 
qurgoqchilikka, 
tuproqning 
shurlanishiga chidamli va ximoya qilish xususiyatlari yuqori daraxt va buta turlari 
ekilishi kerak. Sugoriladigan yerlarda eman, bolle teragi va Qora terak, pensilvan 
shumtoli, yashil va mayda bargli shumtol, qayragoch, janub majnuntoli, oq tut, 
jiyda ekilishi tavsiya etiladi. 
Shamol eroziyasiga qarshi kurash yullari xilma-xildir. SHamolning kuchini 
susaytirish maksadida ixotazorlar barpo etish, xar xil usimliklar ekib shamol 
esadigan tomonga tusiqlar, ya’ni kulis xosil qilish, almashlab ekish, yerni chuqur 
xaydash, tuproqni ugitlab, uning tarkibini yaxshilash zarur. 
Shamol eroziyasiga qarshi kurashda ixotazorlar va daraxtlarning roli katta 
bulib, ular shamol kuchini pasaytiradi, tuproqda namni qurib ketishdan saqlaydi. 7- 
rasmdan kurinib turibdiki, urmon polosasi shamol kuchini kesib, uning tezligini 
pasaytiradi. Ixotazorlarning shamol kuchini kesish ta’siri 450 metrgacha yetadi. 
SHu sababli, kuchli shamollar ruy beradigan rayonlarda har 400 m oraliqda urmon 
polosasini tashkil etish yaxshi natija beradi. SHuningdek, vohalarni qum bosishdan 
saqlashda ihotazorlarning vazifasi katta. Bunga quyi Zarafshon vohasiga 
Qizilqumning bostirib kirishini tuxtatish maksadida uzunligi 120 km masofada, eni 
2-3 km keladigan Buxoro yashil ihotazorlari barpo etilganligi yaqqol misoldir. 

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish