206
X. Bob. Zax qochirish tarmoqlarini loyixalash loyixalash.
10.1. Suv o’tkazuvchi zovur tarmoqlari.
Zax qochirish tizimlari ortiqcha yer usti va tuproq sizot suvlarini
boshqaruvchi zovurdan qabul qilib kollektorga yetkazish berish uchun xizmat
qiladi.
Zax qochirish tizimlari tarkibiga suv yig’uvchi zovurlardan tortib to suv
qabul qiluvchilarga bo’lgan kollektor va uning tarmoqlari kiradi.
Kollektor zaxi qochiriladigan tizimining suv qabul qilishini bog’lovchi
asosiy qismi hisoblanadi va uni loyihalashda quyidagilarga rioya etish kerak:
1.
Zaxi qochiriladigan maydonning istalgan qismidan zax suvlarni qabul qila
olishini hisobga olib, zaxi qochiriladigan maydonning eng past yer sathlarida
joylashtirilishi.
2.
Imkoni bor qadar kam uzunlikka ega bo’lishligi buning uchun esa yer
nishabining katta qiymatlarida loyihalanishi.
3.
Kollektorning o’zani yuvilmasligi va unga loyqa cho’kmasligi.
4.
Kollektorni suv qabul qilish manbasiga suv quyish joyi mustahkam va
to’g’ri chiziqli bo’lishi va boshqalar.
Kollektorlar zaxi qochiriladigan maydoning quyi yer sathlarida, xo’jalik
chegaralari, yo’l va himoya daraxtlari yoqalab loyihalanishi kerak.
Kollektorlar o’zaro xo’jalik hududini tashkil etish sxemasi, xamda
yetishtirilayotgan ekin turiga bog’liq holda 300-1500 m gacha bo’lgan masofada
joylashadi.
Kollektorlarni rejada, asosan to’g’ri chiziqli joylashtirishga erishish kerak,
ularni 60-800 ga burilishiga ruxsat etiladi. Katta kollektorlar o’zaro 600 li, suv
qabul qilish manbasi bilan esa 450 li burchak ostida tutashishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida zah qochirish tizimlarining nafaqat
ko’ndalang shakli, balki bo’ylama shakli ham o’zgarishi mumkin.
Buning asosiy sababi gruntlarnining mustaxkamligini susaytirish jarayoni
hisoblanadi. Guruntlarning mustaxkamligining kamayishi yer osti suvlari
207
tomonidan bo’ladigan bosim ta’sirida grunt zarrachalarining yuvilishi natijasida
kelib chiqadi.
Kollektorning deformatsiyalanish ko’rinishlari quyidagicha bo’ladi:
1.Zax suvlarning sizilib chiqish joylarida kollektor yon tomonlarining siljishi
yoki xolatining o’zgarishi;
2. Yon devorning yomg’ir, qor va tashlama suvlar bilan yuvilishi;
3. Loyihalash jarayonida nishablikning yuqori bo’lshi natijasida o’zanning
yuvilishi
4. Nishablikning kichik bo’lishi oqibatida loyqa cho’kishi yoki loyqa bilan
to’lib qolishi;
5. O’zan va yon devorlarining o’tlar bilan qoplanishi.
Yuqorida keltirilganlarning eng ko’p uchraydigani yon devorlarning sizot
suvlari gidrodinimik bosimi ta’sirida siljishi hisoblanadi. Bu holat kollektorda
suvning damlanishi va suv sathining birdan o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Zax qochirish tizimlarini loyihalashda, zax qochirish maydonidan ortiqcha
tuproq namini zax-oqova suv holatiga aylantirib, uzoqlashtirish hisobga olinishi
kerak. Zax qochirish tizimlari tarkibiga boshqaruvchi va yig’uvchi zovurlar,
kollektorlar. kiradi.
Bu tizimlarning har biri o’zlarining o’lchamlariga (zovurlar orasidagi masofa
va zovurni yotish chuqurligi) ko’ra rejada ma’lum tartibda ketma-ket va bir-biriga
bog’langan xolda joylashtiriladi (10.1.1-rasm).
208
10.1.1-rasm. Zah qochirish tizimi sxemasi:
1-boshqaruvchi zovur; 2-yig’uvchi zovur; 3-xo’jalik ichki kollektori; 4-xo’jalik
kollektor; 5-bosh kollektor; 6-suv qabul qilgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |