XXI. GIDROMELIORATIV TIZIMLARNI RIVOJLANTIRISH VA QAYTA
QURISHNI REJALASHTIRISH.
21.1. Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanishda suv va yer zaxiralari.
Tizimlarni takomillashtirish bo’yicha va kelajakda amalga oshirilishi mumkin
bo’lgan rejalari
Respublikamizda ta’mirlash va jihozlashga, hamda mukammallashtirilish
kerak bo’lgan sug’orish tizimlari ham mavjud.
Ular quyidagi tartibda qayta ta’mirlanishi mumkin:
378
Tizimdan foydalanuvchi, o’zining xo’jalik ichi gidromeliorativ tizim
bo’yicha va xo’jaliklararo qismi bo’yicha tizimni kelajak taraqqiyot rivojlanish
rejasini tuzadi. Bu to’zilgan reja 3 bosqichdan iborat bo’ladi. 1-bosqichda –
sug’orish texnikasini yaxshilalash, sug’orish tarmoqlarini solishtirma uzunligini 20-
25 m/gagacha bo’lishligi, har 1000 ga sug’orish maydoni uchun 1-2 dona suv olish
inshootini qurilishi, xo’jalik ichi tarmoqlarida inshootlar sonini yetarli bo’lishi,
sug’orish maydonlarini yuzasini tekislash ishlari, zah qochirish tarmoqlarini qurish
ishlari kuzda tutiladi.
II-chi bosqichda – sug’orish texnikasini zamonaviy sug’orish texnikasi
(mashinalari) bilan almashtirish, sug’orish tarmoqlarini suv isrofini kamaytiruvchi
qoplamalar bilan qoplash, novlar, yopiq sug’orish tarmoqlari qurish yopiq zovurlar
qurish va shunga o’xshash tadbirlar ko’zda tutiladi.
III-chi bosqichda gidromeliorativ tizimda suv taqsimotini va sug’orishni
avtomatlashtirish va suv sarfini hisobga olish, nazorat quduqlarini avtomatlashtirish,
ilg’or texnikalardan foydalanish ishlari rejalashtiriladi.
Tizimni qayta tiklash rejasi bo’yicha qisqa muddatga muljallangan texnik ishlarni
bajarish loyihalari to’zilishi ham mumkin. Bu loyihalarda tizimdan foydalanishda
uni boshqaruvchi vilolyat Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi tomonidan suvdan
foydalanuvchi xo’jaliklarni suv gidrotexnik mutaxassislari ishtirokida to’ziladi.
Loyiha 1:1000, yoki 1:5000 miqyosdagi haritada barcha sug’orish va zah
qochirish tarmoqlari, ulardagi inshootlar, sug’orish maydonlari, ishlab chiqarish
bazalari, aholi istekomat joylari ko’rsatiladi.
Loyihani tasdiqlash bo’yicha tegishli tashkilotlarni qarori tayyorlanadi, unda
loyihani qismlarini tasdiqlash tartibi loyihani pul bilan ta’minlanishi va bajarilishi
ko’rsatiladi.
Gidromeliorativ tizimlar, ularning texnik holatlarini aniqlash maqsadida
pasportlashtiriladilar.
Gidromeliorativ tizimlarni qayta qurish va jihozlashda ularni me’yorlash
maqsadida, uning bir qismida tayanch-kurgazmali baza, (uchastka) tashkil etiladi.
Bu uchastka butun bir tizim uchun etalon sifatida xizmat qilishi kerak. Oradan
379
kamida 10 yildan so’ng bu me’yorlar yangilanadi. Tayanch ko’rgazmali uchastka
fan va texnika rivojiga mos ravishda doimo yangilanib, mukammalashtirilib va
yangi jihozlar bilan birinchi navbatda jihozlanib boriladi.
YAngi sug’orish texnikasini joriy qilish uchun eng ilg’or xo’jaliklarning ekin
maydonlarida (100-150 ga) tajriba- ko’rgazmali sug’orish maydoni tashkil etiladi.
Bu maydonlarda yangi sug’orish texnikasini ish faoliyati doimo nazorat qilib
boriladi, me’yorlar belgilanadi, sug’orish texnikasi sinovdan o’tkaziladi, uni
sug’orish ishlariga qo’llanishi yoki ko’llash mumkin emasligi to’g’risida xulosa
qilinadi.
Suvdan foydalanganlik, gidromeliorativ tizimlarni qayta ta’mirlash va
jihozlash, uni boshqarishni takomillashtirish, injener-texnik va boshqa ishchi
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash maqsadida, suv soligi masalalarini nazarda
tutish va takliflar ishlab chiqish.
YUqorida qayd etilgan ishlarni bajarish, ya’ni tizimni boshqarishni
mukammallashtirish va yaxshilash, xo’jaliklararo tarmoqlar, gidromeliorativ
tizimlardan samarali foydalanish va uni boshqarish uchun injener-texnik xodimlar
tomonidan ishlab chiqarish ilmiy tadqiqot ishlari olib borishlari kerak bo’ladi.
Buning uchun ularga avvalo quyidagi ishlarni amalga oshirishlari zarur:
- har bir gidromeliorativ tizimda, ma’lum maydonga xizmat qiluvchi va
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun laboratoriya tashkil etish;
- tayanch – kurgazmali baza ajratilishi, va unda ko’zlangan tadqiqot ishlarini
bajarish uchun barcha o’lchovlarni asboblari bilan ta’minlangan bo’lishi, kerakli
o’lchovlar, kuzatishlar hisob kitoblarni muntazam olib borilishi. YAngi texnika,
asbob uskuna, jihozlarini sinab ko’rish, xulosalar tayyorlash, mustahkamligi, xizmat
qilish muddati to’g’risida ma’lumotlar to’plab borish;
- ilg’or xo’jaliklarda sug’orish ishlarini avtomatlashtirishga qaratilgan tajriba-
kurgazma sug’orish maydonlari tashkil etish. YAngi sug’orish texnikasini
mukammal o’rganish, ularni ishonchliligini tekshirish, ularga xizmat ko’rsatishda
me’yorlarni aniqlash ishlarini amalga oshirish.
380
Tayanch
-
ko’rgazmali tizimlardan olingan ma’lumotlar boshqa
gidromeliorativ tizimlar uchun ham etalon sifatida xizmat qiladi, tayanch-
kurgazmali bazalarni va tajriba kurgazmali sug’orish maydonlarni shu sohada ish
olib boruvchi ilmiy tekshirish inasos stantsiyasi titutlariga biriktirilishi maqsadga
muvofiqdir.
Xo’jaliklararo tarmoqlarda o’tkaziladigan ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot
ishlarining yo’nalishlari quyidagilar bo’lishi mumkin:
- har yil turli davrlar uchun tizimning suv resurslarini o’rganish, sug’orish
manbasida kuzatilgan suv sarflarini ta’minlanganlik darajasini qisqa muddatda
hisoblash uslubini aniqlashtirish, daryo basseyni bo’yicha yer suv sahiralari
muvozanatini to’zish, buloq va qaytarma suv miqdorlarini aniqlash;
- sug’orish manbasini 95, 75, 50, 25 va 5%li ta’minoti yillarida sug’orish
tizimga suv olish imkoniyatlarini aniqlash; kritik davrlarni aniqlash bo’yicha
takliflar kiritish.
- yer va suvdan foydalanish koeffitsiyentlari qiymatlarini oshirishga
qaratilagn tadbirlar ishlab chiqish, suv taqsimotini yaxshilashda me’yoriy hujjatlar
yaratish, suv olish va suv taqsimoti inshootlarida texnik suv isrofgirchiligini
aniqlash, sug’orish tizimidagi suv isrofgarchiligini qiymatini inobatga olgan holda
uning mavsumdagi ish davri bo’yicha suv olish jadvalini to’zish;
- sug’orish tizimiga daryodan to’shadigan loyqa miqdorini kamaytirish, unga
cho’kkan loyqani tozalashni mexanizatsiyalashtirish darenii loyqalanish tartibini
o’rganish, sug’orish tarmoqlari va kollektorlarni tozalanashdagi loyqa hajmini va
o’tlar miqdorini aniqlash;
- melioratsiyalangan maydonlardan to’liq foydalanish maqsadida tizimni yer
fondini o’rganish, yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish bo’yicha takliflar
kiritish;
- gidromeliorativ tizim massivlari bo’yicha suv- meliorativ muvozanat
tenglamalarini to’zish, yerlarni meliorativ holatini yomonlashuvi sabablarini
o’rganish, sizot suvlari tartibini o’rganish, sizot suvlarini satxi bilan suvdan
foydalanish o’rtasidagi bog’liklikni aniqlash;
381
- gidromeliorativ tizimdagi ekin maydonlarini tuproq-meliorativ turlari
bo’yicha chegaralash, gidromodul rayonlar bo’yicha sug’orish tartiblarini ishlab
chiqish;
-
sug’orish, zah qochirish tarmoqlari va ulardagi inshootlarni
deformatsiyalanishini o’rganish, ularni ta’mirlash, tozalash va ularga xizmat
ko’rsatish bo’yicha me’yorlarni belgilash;
- sug’orish kanallari, novlar, quvurlar inshootlar kurulma va jihozlarni
mustahkamligi va ishonchliligini aniqlash, ulardagi bo’zilishlar, bo’zilish
ko’rinishlari, davrlar bo’yicha bo’zilashlar soni, texnik resurslar va ulardan
foydalanish koeffitsiyentlari aniqoaniladi;
- sug’orish manbasidan suv sarfini olish va tizim ichida suv sarfini
taqsimlashni aniq va sifatli bo’lishini ta’minlash, variatsiya koeffitsiyenti qiymatini
aniqlash;
- sug’orish texnikasini ishonchli ishlashini baholash, uni ta’mirlash va
ishlatishda me’yorlar ishlab chiqish.
Xo’jalik ichi tarmoqlarida o’tkaziladigan ishlab chiqarish tadqiqotlarining
yo’nalishlari bo’lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
- yerlarni meliorativ holati va agrotexnik talablardan kelib chiqqan holda turli
suv ta’minoti yillari uchun o’simliklarni hisobiy sug’orish tartibini hisoblash;
- sug’orish dalalarida haqiqatda amalga oshiriladigan sug’orish tartiblarini va
Qishloq xo’jalik ekinlarini suv, oziqa va unasos stantsiyasi urlar bilan ta’minlash,
qishloq xo’jalik ekinlaridan ko’zlangan hosilni olishga yaxshi sharoit yaratadi.
Sug’orishlar soni, muddatlari, me’yorlari, bir birlik hosilga to’g’ri keladigan
solishtirma suv sarfi miqdorini aniqlash o’simlikni rivojlanish fazalari bo’yicha
tuproq faol qatlamidagi namlik miqdorini o’zgarishini o’rganish va aniqlash;
-
gidromeliorativ
tizimlarni
tashkil
etuvchi
elementlar
ulardagi
deformatsiyalarni o’lchov orqali nazorat qilish, ta’mirlash ishlarini, sug’orish va zah
qochirish tarmoqlaridagi loyqa va utlardan tozalash ishlarini rejalishtirish uchun
imkoniyat tug’diradi.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |