Iroda nazariyalari
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlar odamga irsiy yo`l bilan tug`ma ravishda beriladigan harakatlar
emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi.
Gumanitar, ya`ni inson muammolariga
e`tibor ortishi bilan o`z - o`zidan irodani o`rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
XVIII - XIX
asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida
XX asr boshlarida ro`y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o`tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish
mumkin emas.
Arastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan. Uning fikricha,
iroda inson xulq - atvorini o`zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo`lgan omil hisoblanadi.
V. A. Ivannikov fikricha, iroda - inson xulq -
atvoridagi reaktivlik va faollikning o`zaro ko`rinishidir.
V.I.Selivanov esa, irodani ongli boshqarilishi maqsadga yo`naltirilgan harakatni amalga oshirish uchun ichki va tashqi qiyinchiliklarini engib ketishimkoniyati borligini bilish deb ta`riflaydi
Inson irodaviy faoliyati ongli, maqsadga yo`naltirilgan
faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan
vaqtida inson irodasi bo`shashadi.
Iroda rivojlanishi
O’yin bolalar irodasini o`stiruvchi omillardan biridir.
Bolalar o’zlarining turli-tuman o`yinlarida o`z oldilariga ma’lum maqsadlarni qo`yadilar, ba'zan uchrab qolgan to`siqlarni yengib, ko`zlagan maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar.
O`yin qoidalariga rioya qilishda o’z iroda kuchini ishga solishga to`g`ri keladi, chunki bola o`yin paytida o`zining harakatlarini o’ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi kerak.
Bolalardagi irodaviy harakatlari rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o’ziga xizmat qilish, supurish-sidirish, guruhda navbatchilik qilish, poliz ekinlari, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur.
Shunday qilib, bog’cha yoshida bolaning irodaviy harakatlari har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ularni maktabga tayyorlash shartlaridan biridir.
Inson irodasi inson hayoti davomida eng keraklidir
Iroda insonni maqsadlari tomon yetaklaydi,uni masuliyatli javobgarchilikni his qiladigan va o’ziga ishongan inson sifatida tarbiyalashga yordam beradi
Yiqilganda tura olib yana maqsadi tomon sabr bilan yura olishlik Iroda deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |