Shaxsning irodaviy sifatlari
Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlichanamoyon bo`ladi.
Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli,boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi.
Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi.
Kishi irodasiningkuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishniyoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi
Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda,jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi.
O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir.
Dadillik - kishilik hayoti vaomonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchihar gal sakragandadadillik qiladi.
Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillik bilanmoslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi.
Psixologiyada iroda turlari - Erkin iroda, boshqacha aytganda, ruhiy erkinlik deb ataladi. Aynan shu qarorlar va harakatlar erkinligi chuqur dindor shaxslarga xosdir. Masalan, rohiblarning qanday yashashini esga olish kerak. Ular moddiy boyliklarni osongina rad etadilar va "tanaga emas, balki ruhga ko'ra" yashaydilar.
- Tabiiy deb ataladigan iroda tanlash, fikrlash, qarashlar, hukmlar va insonning xatti-harakatlarida o'zini namoyon qiladi.
- Va oxirgi tur - majburiy iroda, majburiy qaror bilan tavsiflanadi. Bunday holda, siz o'zingizning tanlovingizni ba'zi bir hukmron vaziyatlar bilan bog'liq holda qilishingizga majbur bo'lasiz.
1
2
3
Irodani tarbiyalash
Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi:
1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish
3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi.
Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib
borish muhim ahamiyatga ega.
Masalan, o`smir o`z oldiga o`zida layoqat bo`lmagan qobiliyatnirivojlantirishni maqsad qilib qo`yish mumkin. Bolalarda irodaning rivojlanishi motivatsion va axloqiy sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi.
Iroda asosan o`smirlik vao`spirinlik davrida jadal sur`atlar bilan rivojlana boshlaydi. Irodani tarbiyalash va qayta tarbiyalashdabadiiy adabiyot va kinofil’mlarning o`rni katta.
Biroq ota - ona va pedagoglarning o`rnini hech narsa
to`ldira olmaydi.
Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun
hayotiy talablarga to`g`ri amal qilishdir.
Irodali kishi o`z vaqtining xo`jayinidir. O`z faoliyatini oqilonatashkil etadigan kishi o`z ishini shoshilmay bajarishi, faoliyati esa uyushqoqlik va maqsadga
yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin.
Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |