Iroda Asatjanova Hozirgi adabiy jarayon (o‘quv-uslubiy qo‘llanma ) Mas’ul muharrir


Bugungi o‘zbek dostonchiligida janr va shakl izlanishlari



Download 92,9 Kb.
bet12/15
Sana13.07.2022
Hajmi92,9 Kb.
#790553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Bugungi o‘zbek dostonchiligida janr va shakl izlanishlari.
Lirik dostonda asosiy e'tibor tashqi olamga emas, kishining botiniy olamiga qaratiladi va lirik she'rga xos unsur yetakchilik qiladi. Lirika esa ichki kechinma bilan fikr uyg‘unligining mahsulidir. Lirik kechinma tarkibini esa fikr va his munosabati tashkil qiladi. Fikr hissiyotidanholi bo‘lishi mumkin, usiz yashay ham oladi, lekin hissiyot fikrdan holi, undan ajrab yashay olmaydi. Chunki fikrsizhissiyot insoniy emas, hayvoniy tuygudir. Bu narsa lirik qahramonsiz yuzaga kelmaydi. Lirik qahramon esa o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagan, o‘zini olam ichra yana bir olam deb bilgan insondir. U o‘z shaxsini olam bilan qiyoslaydi, o‘zini unga qarama-qarshi qo‘yadi. Bu xususiyat bugungi lirik dostonlarning muhim belgisidir. Shuningdek, shoir diqqatida voqea-hodisalar tasviri emas, balki undan olgan taassurot, ta'sirlanish orqali ichki kechinmalar, xotirotlarga berilish orqali qalb to‘lqinlanishi, hissiyotning junbishga kelishi mohiyati tasviri asosiy o‘rinni egallaydi. Unda kechinmalarning tasviri emas, kelib chiqish sabablari, holati ta'sirchan bir ruxda tahlil etiladi, tuyg‘ularning dil izhori emas, o‘zi
o‘rganiladi va inkishof etadi. Zulfiyaning “Xotiram siniqlari”, Oydin Hojievaning “Najot”, A. Mahkamning “Tavajjuh”, “Ishq”, Faxriyorning “Muchal yoshi”, To‘lan Nizomning “Girya” dastonlarida shu xususiyat o‘z ifodasini topgan.
To‘lan Nizomning “Cho‘lpon” dostoni o‘rni-o‘rni bilan hayotiy voqelikni hikoya qilishi, bu bilan davr kartinasini yaratish ila epiklik kasb etadi. Lekin unda lirik tuygu, ichki dard ustun. Bu narsa dostonni liro-epik janrga mansubligini ta'minlaydi. Doston “Uchar yulduz” sarlavhali bo‘limdan boshlanadi. Shoirning bo‘limni bunday nomlashi bejiz emas. Ma'lumki, qadimda tabiat hodisasi bilan inson faoliyati bir-biri ila chambarchas bogliq deb bilishgan. “Sado” bo‘limida shoirning iltijolariga sado beriladi. Bu sado zamirida katta haqiqat yotadi. Ya'ni Cho‘lponning qismatida davr fojiasi, shuningdek, uning shaxsiyati aniq ko‘z oldimizda gavdalanadi. “Tutqun” bo‘limidagi misralardan faqat muhabbat osmonida emas, ma'naviyat, go‘zallik osmonida Cho‘lpon bo‘lgan shoirning achchiq ko‘rguliklaridan xalqimizning g‘ururi,
faxri bo‘lgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosirlarning qismatini ko‘z oldimizga keltiramiz, undan qalbimiz g‘ussaga to‘ladi. Uning natijasida bugungi kunimizga shukronalar aytamiz. Bu mustaqillikning mohiyatini anglashdir, to‘grirog‘i doston voqealari anglatadi. Mana bu misralar esa o‘zligimizni chuqur anglashga va mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
To‘lan Nizomning “Girya” dostoni (1992) haqida taniqli shoir Ikrom Otamurod shundaydeydi: “Nazarimda, dostonning harakat nuqtalari: yig‘i, yod, tush. Uch holat. Ular ko‘ngilning kechinmalarida birlashadi. Ruhiyatning yagona qayg‘usiga aylanadi. Asarning yigi manzaralarini o‘qiyotganimda, xayolimdan shunday fikr o‘tdi. “Uzbekning qaygusi ham, azasi ham, yig‘isi ham qudratli”. Juda topib aytilgan fikr va unda butun dostonning mohiyati o‘z ifodasini topgan. Ma'lumki, adabiyot sub'ektiv hodisa. Lekin unda insoniy faoliyat, munosabat, tuyg‘ular - dard-alam, g‘am-alam, g‘am-quvonch, yig‘i-kulgu o‘z ifodasini topga'!i uchun ob'ektivlik tusini oladi. Chunki bu tuygular, barcha insopiyat olamiga tegishli. Shu ma'noda “Girya”dagi mahzunlik, yo‘qotishdan uni hamma birday his qiladi. Sababi hayotda o‘zining eng aziz odamini yo‘qotmagan insonning o‘zi yo‘q. Doston inson qalbini poklashdan tashqari, vafo, sadoqatdan, insoniylikdan dars beradi, oila mohiyatini anglatadi. Oila bu er-xotin juftligi-yu, farzandlarni yuzaga keltirish emas, oila bu insoniyatni yashashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, hayotda o‘zining eram bog‘ini yaratish, unda faqat ezgulik nihollarini o‘stirish, bu bog‘ bilan hayotning bir qirrasini bezash, undan hamisha o‘zi ham zavqlanish demakdir. Bunday bog‘dagi daraxtning bir shoxchasi lat yesa, olam titraydi. Chunki bu insoniyat olamiga berilgan katta zarbadir. Bunday oila go‘zal turmushdan bino bo‘ladi. Dostonni o‘qigach, To‘lan Nizom o‘z umr yo‘ldoshi bilan shunday go‘zal turmush kechirganiga ishoch hosil qiladi. Doston To‘lan Nizom umr yo‘ldoshining vafoti munosabati bilan yozilgan
Oydin Hojievaning “Najot” (1991) nomli liro-epik dostonida yetti afsonada (aksariyati haqiqat) yaqin o‘tmish voqealari yorqin tasvirlangan. Dostondagi uch g‘oya yotadi. Birinchisi, xalqimiz boshiga tushgan fojialar tasviri mustaqillikning mohiyatini anglashga xizmat qilsa, ikkinchisi, kishilik olami yaxshilikdan yomonlik sari ketishining tub ildizi ochib beriladi, uchinchisi, kishi yaxshilikka, yaxshi hayotga, yaxshi a'mollar orqali erishadi, degan g‘oya ilgari suriladi. Bu to‘g‘ri goyadir. Buning uchun kishi o‘z jismiga va ezgulik urugini sochganlar ruhiga ishonish hamda undan madad, najot tilash bilan ular yo‘lini davom ettirishi lozim. Chunki Olloh yaxshi a'mol qilganlarni sevadi va mag‘firat ko‘rsatadi. Dostonning “Najot” deb atalishi ham, uning ma'naviyat va adabiyot olamida tutgan o‘rni ham shundadir.
Qaygu fikrning tarixini ochadi. Ulug‘ yozuvchi Chingiz Aytmatovda shundayin bir kalima bor: “Agar insonning boshiga
musibat tushsa, uning har bir so‘zining tagida yana aytilmay
qolgan o‘nlab so‘z yotadi”. Bu so‘zlar armonning uyg‘unligi bilan
topiladi. Yuqorida keltirilgan dostonlarda ham shu xil armon mavjud. Armon - ko‘ngilda dard chizgan surat”. Ha, doston har kimning hayotini, turmush tarzini ko‘z oldida naqshlaydi, undan xulosa chiqarishga undaydi. Uning muhimligi shundadir.
1. Qaysi qatorda Azim Suyunning dostonlari to‘g’ri berilgan?
A) “Zamin taqdiri”, “O‘zbek yurti”, “O‘zbekiston”
B) “O‘zlik”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha”
C) “Zamin taqdiri”, “O‘zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha”
D) “Sarbadorlar”, “O‘zbekiston”, “Ey do‘st”
2. Muhammad Yusufning dostonlari qaysi qatorda to‘g’ri berilgan?
A) “Iltijo”, “Ishq kemasi”
B) “Uyqudagi qiz”, “Erka kiyik”
C) “Dunyo”, “O‘zbekmomo”
D) “Osmonning oxiri”, “Qora qosh”
3. “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” kabi qator dostonlar muallifini aniqlang.
A) Abdulla Oripov
B) Erkin Vohidov
C) Azim Suyun
D) Shavkat Rahmon
4. Erkin Vohidov dostonlari sanalgan qatorni toping.
A) “Nido”, “Lirika”, “Iztirob”
B) “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”
C) “Ishq savdosi”, “Umr daryosi”, “Nido”
D) “Osmonning oxiri”, “Quyosh qoraymas”
5. «Gumbazdagi nur» dostonidagi bosh fikr nimadan iborat?
A) O‘n ikki me’mor fidoyiligini ko‘rsatish
B) Maqbara oldidagi bola xayolidan o‘tgan voqealar bayoni
C) Amir Temurning yaratuvchilik faoliyatini aks ettirish
D) Hayot qiyinchiliklarini badiiy bo‘yoqlar orqali aks ettirish
6. “Sarbadorlar”, “Zamin taqdiri”, “O‘zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” dostonlari muallifi to‘g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Chingiz Aytmatov
B) Said Ahmad
C) O‘tkir Hoshimov
D) Azim Suyun
7. Qaysi dostonda Spartak, haqqi-yu, Zevs siymosi, Sezar nayzasi-yu Chingiz cho‘qmori, freyd falsafasigacha bo‘lgan moziy qatlamlariga nazar tashlanadi?

  1. Erkin Vohidov “Ruhlar isyoni”

  2. Mirtemir “Surat”

  3. Abdulla Oripov “Surat”

  4. Usmon Nosir “Nil va Rim”

8. Jamol Kamolning dostonlari berilgan qatorni belgilang.
A) “Asr bilan vidolashuv”, “Yana ko‘nglimda uch oy”, “Safar daftari”
B) “Ilohiynoma”, “Foniy gulshani”, “Sonetlar”
C) “Haj daftari”, “Safar daftari”, “Hasan va oy”
D) “Tosh tug‘yon”, “Shahribonu”, “Umidli dunyo”
9. Quyida berilgan dostonlarni ularning muallifi bilan moslashtiring.
1. “Najot” 2. “Xotiram siniqlari” 3. “Tavajjuh”
4. “Ichkari…tashqari…” 5. “Muchal yoshi” 6. “Girya”
a-Zulfiya, b-Oydin Hojiyeva, c-A.Mahkam
d-Faxriyor e-To‘lan Nizom f-Ikrom Otamurod

  1. 1-b; 2-a; 3-c; 4-f; 5-d; 6-e

  2. 1-c; 2-a; 3-b; 4-d; 5-f; 6-e

  3. 1-e; 2-a; 3-b; 4-d; 5-f; 6-e

  4. 1-b; 2-a; 3-f; 4-c; 5-d; 6-e

10. Qaysi doston insoniyatning ikki botiniy va zohiriy hayotini falsafiy mohiyatining inkishofiga bag‘ishlangan?
A) Zulfiya “Xotiram siniqlari”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
11. Qaysi dostonda Holat va Rang deb nomlangan qismlar bo‘lib, unda insoniyatning o‘rnini, yurtning boshiga tushgan kulfatlarini anglaymiz, eng muhimi dunyo deb atalmish borliq voqea-hodisasidan iztirobga ushgan qalb tebranishlarini his qilamiz?
A) Ikrom Otamurod “Sopol siniqlari”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
12. “Ra’noning savdosi” dostonining muallifi kim?
A) Cho‘lpon Ergash
B) Faxriyor
C) Ikrom Otamurod
D) To‘lan Nizom
13. Qaysi dostonda Navro‘z bayramida Toshkentning boh maydonida uning dahalaridan kirib kelgan beklarning ko‘rinishi tasvirlanadi?
A) Zulfiya “Xotiram siniqlari”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
14. “Bolalik bog‘idan afsona”, “Qiqinchi quti tilsimi”, “Eldan chiqqan balo” kabi qismlardan tashkil topgan doston qaysi?
A) Oydin Hojiyeva “Mushfiq onajon”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
15. Qaysi doston o‘rni-o‘rni bilan voqelikni hikoya qilishi, bu bilan davr kartinasini yaratish ila epiklik kasb etadi
A) To‘lan Nizom “Cho‘lpon”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
16. Oydin Hojiyevaning “Najot” dostoni qanday g‘oya asosida yozilgan?
A) “Hamid Sulaymon hasrati”
B) “Murodbaxsh bobo hikoyati”
C) “Zatar vodiysidan afsona”
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
17. “Sado”, “Aks-sado”, “Tutqun” kabi bo‘limlardan tashkil topgan doston qaysi?
A) To‘lan Nizom “Cho‘lpon”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
18. Ikrom Otamurod qaysi doston haqida quyidagilarni yozadi?
Nazarimda, dostonning harakat nuqtalari: yig‘i, yod, tush. Uch holat. Ular ko‘ngilning kechinmalarida birlashadi. Ruhiyatning yagona qayg‘usida birlashadi”
A) To‘lan Nizom “Cho‘lpon”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Ikrom Otamurod “Ichkari…tashqari…”
D) To‘lan Nizom “Girya”
19.To‘lan Nizom umr yo‘ldoshining vafoti sababli qaysi dostonni yozgan?
A) “Ichkari…tashqari”
B) “Girya”
C) “Aks-sado”
D) “Tutqun”
20. Yaxshilik olami timsoli Ahuramazda va yomonlik dunyosi timsoli Axriman haqidagi afsona asosida yozilgan dostonni belgilang.
A) Eshqobil Shukur “Ibtido xatosi”
B) Asqad Mahkam “Tavajjuh”
C) Oydin Hojiyeva “Najot”
D) To‘lan Nizom “Girya”
21. Boshdan oyoq ichki dard, iztiroblardan, ya’ni Boburning hasratlaridan iborat bo‘lgan doston qaysi?
A) Eshqobil Shukur “Ibtido xatosi”
B) Asqad Mahkam “Tavajjuh”
C) Oydin Hojiyeva “Najot”
D) To‘lan Nizom “Girya”
22. Qaysi dostonda shahzoda Madalixon otasi Umarxon uylanishiga niyat qilgan qizni uning vafotidan keyin o‘z nikohiga olgan?
A) Usmon Azim “Oqpadar”
B) Asqad Mahkam “Tavajjuh”
C) Oydin Hojiyeva “Najot”
D) To‘lan Nizom “Girya”
23. Usmon Azim qaysi asarini o‘zi notarixiy dramatik doston deb atasa-da, u bir qadar tarixiylikka ega?
A) “Alpomishning qaytishi”
B) “Oqpadar”
C) “Kunduzsiz kechalar”
D) “O‘tgan zamon hangomalari”
24. Qaysi asar qahramonida falsafy mushohadasida, xotiralarida, dardlarida dunyo mohiyatini, unda insoniyatning o'rnini, yurtning boshiga tushgan kulfatlarini anglaymiz, eng muhimi dunyo deb atalmish borlik voqea-hodisasidan iztirobga tushgan qalb tebranishlarini his qilamiz?
A) Ikrom Otamurod “Sopol siniqlari”
B) Oydin Hojiyeva “Najot”
C) Faxriyor “Muchal yoshi”
D) To‘lan Nizom “Girya”
25. Kimning dostonidagi misralarga ko‘ra, Temurning sho‘rolar davrida bildirilgan fikrlarini inkor qilish bilan birga, saltanatning ko‘lamini kengaytirib, markazlashgan davlat qurishga muyassar bo‘lish sabablarini, shuningdek uning osoyishtaligini saqlashga erishish asoslarini ko‘rsatadi?
A) Abdulla Oripov
B) Erkin Vohidov
C) Maqsud Shayxzoda
D) Oybek
26. Amir Temurning o‘zbek o‘quvchisiga ma’lum bo‘lmagan qirralari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi dostonlar berilgan qatorni belgilang.
A) “Sohibqiron”, “Ko‘hna quduq”, “So‘z yo‘li”
B) “Qora quyosh”, “Sarbadorlar”, “Ajdodlar qilichi”
C) “Sohibqiron”, “Sarbadorlar”, “Xalil Sulton”
D) “Ajdodlar qilichi”, “Xalil Sulton”
27. Quyida berilgan dostonlarni ularning mualliflari bilan moslashtiring.
1. “Sohibqiron” 4. “Sarbadorlar”
2. “Xalil Sulton” 5. “Temur Malik”
3. “Ajdodlar qilichi” 6. “Ko‘hna quduq”
a-Abdulla Oripov e-Azim Suyun
b-Usmon Azim f-Sh.Qurbon
d-Erkin Samandar g-Muhammad Yusuf

A) 1-b; 2-a; 3-e; 4-d; 5-g; 6-f


B) 1-e; 2-d; 3-b; 4-g; 5-a; 6-f
C) 1-f; 2-g; 3-a; 4-b; 5-d; 6-e
D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-e; 5-f; 6-g
28. “Sohibqiron” mavzusida doston yozgan adiblar kimlar?
A) Muhammad Yusuf, Usmon Azim
B) Abdulla Oripov, Ma’ruf Jalil
C) Odil Yoqubov, Azim Suyun
D) Muhammad Ali, Abdulla Oripov
29. Quyidagilardan qaysi doston Aliser Navoiyning hayotiga bag‘ishlanadi?
A) Muhammad Yusuf “Ko‘hna quduq”
B) Azim Suyun “Tag‘azzul”
C) Shukur Qurbon “So‘z yo‘li”
D) To‘lan Nizom “Oq gul”
30. Jaloladdin manguberdining hayotiga bag‘ishlab yozilgan doston qaysi?
A) Azim Suyun “Imorat”
B) Erkin Samandar “Ajdodlar qilichi”
C) Ikrom Otamurod “Uzoqlashayotgan og‘riq”
D) To‘lan Nizom “Oq gul”
31. Azim Suyunning dostonlari berilgan qatorni toping.
A) “Imorat”, “O‘zbekiston”
B) “Oq gul”, “Xumo”
C) “Bir qalb manzarasi”, “Cho‘lpon”
D) “Ukajonlar, singiljonlarim”, “Yobondagi yolg‘iz daraxt”
32. “Cho‘lpon”, “Oq gul”, “Xurmo” dostonlarining muallifi kim?
A) Azim Suyun
B) To‘lan Nizom
C) Ikrom Otamurod
D) Usmon Azim
33. Shukur Qurbonning dostonlari berilgan qatorni belgilang.
A) “Imorat”, “O‘zbekiston”
B) “Oq gul”, “Xumo”
C) “Bir qalb manzarasi”, “Cho‘lpon”
D) “Ukajonlar, singiljonlarim”, “Bir qalb manzarasi”
34. Quyidagi asarlardan qaysi biri se’riy roman hisoblanadi?
A) Azim Suyun “Sarbadorlar”
B) To‘lan Nizom “Cho‘lpon”
C) To‘lan Nizom “So‘zga aylangan qilich”
D) Shukur Qurbon “Bir qalb manzarasi”
35. Kim mustaqillikning dastlabki yillarida “Navoiynoma”, “Yangi Xamsa” degan nom ostida 5 dostondan iborat asar yozdi?
A) Boymurod Boyqobilov
B) Erkin Samandar
C) To‘lan Nizom
D) Ikrom otamurod
36. To‘lan Nizomning “So‘zga aylangan qilich” asari kimga bag‘ishlab yozilgan?
A) Amir Temur va temuriylar sulolasiga
B) Jaloladdin Manguberdi va so‘ngi xorazmshohlarga
C) “Tarixi Rashidiy” nomli memuar asar muallifi Haydar Muhammad Mirzoga
D) Bobur va boburiylar sulolasiga
37. “Ergash Jumanbulbul el kezadi” dostonining muallifi kim?
A) Erkin Samandar
B) Azim Suyun
C) Usmon Azim
D) To‘ra Sulaymon
38. Kim Temur Malikka bag‘ishlab doston yozgan?
A) Shukur Qurbon
B) Azim Suyun
C) Usmon Azim
D) To‘ra Sulaymon
39. Muhammad Yusufning dostonlarini belgilang.
A) “Ko‘hna quduq”, “Lolaqizg‘aldoq”
B) “Qora quyosh”, “Ko‘hna quduq”
C) “Osmonning oxiri”, “Biz baxtli bo‘lamiz”
D) “Osmonning oxiri”, “Mehr qolur”
40. “Uzoqlashayotgan og‘riq”, “Tag‘azzul” kabi dostonlarning muallifi?
A) Shukur Qurbon
B) Azim Suyun
C) Ikrom Otamurod
D) To‘ra Sulaymon


Download 92,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish