Abdulla Oripov (1941–2016) - Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Dastlabki sheʼri 1957 yilda, oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos voqea boʻlgan “Mitti yulduz” nomli birinchi kitobi esa 1965 yilda nashr etildi. Shundan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1966), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “Oʻzbekiston” (1972), “Hayrat” (1974), “Yurtim shamoli” (1976), “Yuzma-yuz” (1978), “Najot qalʼasi” (1980), “Jannatga yoʻl” (1980), “Surat va siyrat” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Oltmish yoshli vatanning olti yoshli oʻgʻloni” (1983), “Ehtiyoj farzandi” (1989), “Sen bahorni sogʻinmadingmi”, “Bobo va nabira”, “Qush tili” (1991), “Munojot”, “Muborak haj yoʻllarida”, “Haj daftari, Hikmat sadolari” (1992), “Hikmat sadolari” (1993), “Dunyo” (1995), “Ibodat”, “Sohibqiron”, “Saylanma” (1996), “Savob” (1997), “Bedorlik” (1999), “Mustaqillik qoʻshigʻi” (2000), “Bir qarasam…” (2001), “Shoir yuragi” (2003), “Mehr” (2004), “Koʻz tumor” (2005), “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Birinchi muhabbatim” (2006), “Talosh pallasi”, “Saylanma” (2007), “Ona yangligʻ yagona”, “Menga xushxabar ayt” (2009), “Istiqlol manzaralari”, “Saylanma” (2011), “Ezgulik”, “Ranglar va ohanglar” (2012), “Tutash dunyolar”, “Yangi sheʼrlar”, “Sohibqiron” (2015) kabi oltmishga yaqin toʻplamlari chop etildi. 2000–2013 yillarda “Tanlangan asarlar”ning
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi ham muallifidir. U 1994 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan, 1998 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlandi.
Rauf Parfi (1943–2005) - Rauf Parfi sheʼriyatining asosiy mavzulari – bu shaxs erki, Vatan mustaqilligi va Turkiston, Turk dunyosining birligidir. Bu sheʼriyat – XX asr shaxs shuurini, keskin fojialar dramatizmini ifodalashga jazm etgan jasoratli sheʼriyatdir. Uning “Karvon yoʻli” nomli birinchi kitobi 1968 yilda nashr etildi. Shundan soʻng “Aks sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Koʻzlar” (1978), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1991), “Tavba” (2000) kabi sheʼriy majmualari eʼlon qilindi. Vafotidan soʻng “Sakina” (2013), “Turkiston yodi” (2013) singari saylanmalari bosilib chiqdi. Rauf Parfi K. Kaladzening “Dengiz xayoli” (1972), Bayronning “Manfred” (1973), A. Salamatning “Oltin bolta” (1974), I. Noneshvilining “Shiddat” (1976), A. Dyumaning “Uch sarboz” (pyesa, 1980), N. Hikmatning “Inson manzaralari” (1981), A. Tvardovskiyning “Zaytun novdasi” (1981), “Xotira huquqi” (1985), “Uygʻur shoirlari” (1986), “Ozod inson qoʻshigʻi” (1988), U. Saroyanning “Hoy, kim bor?” asarlarini hamda B. Brext, P. Neruda, G. Emin, O. Vatsiyetis kabi qardosh va jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan namunalarni tarjima qilgan. Rauf Parfiga “Sabr daraxti” toʻplami uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofoti berildi. 1992 yilda Xalqaro Mahmud Qoshgʻariy mukofoti bilan taqdirlandi. Turkiyada Diyonat Vaqfi tomonidan oʻtkaziladigan turkiy zabon shoirlar tanlovida gʻolib boʻldi.
Rauf Parfi sheʼriyatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |