Vii bob. Ma’luMotlarNi taQSiMlaNGaN
QaYta iSHlaSH
7.1. umumiy tushunchalar
Tarmoqqa ulanmagan shaxsiy kompyuterda MBBT joylashtiril-
ganda, MB doim tanho huquqqa ega bo‘lgan rejimda ishlatiladi.
Agar bu MB bilan bir nechta foydalanuvchi ishlasa (foydalansa)
ham ularni faqat ketma-ket ishlata olishlari mumkin. Lekin lo-
cal (mahalliy) ma’lumot bazasini qo‘llash shuni ko‘rsatdiki, ular-
ga mo‘ljallangan axborotlar ko‘p foydalanuvchi xarakterga ega.
Shuning uchun ma’lumot bazasi bilan foydalanuvchilarni bir
vaqtda ishlash imkoniyatini ta’minlovchi MBBT ishlab chiqish
zaruriyatini vujudga keltiradi.
Axborotlarga har xil foydalanuvchilarning bir vaqtda murojaat
qilish imkoniyatini ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimlariga, taqsimlangan ma’lumot bazalari boshqarish tizimlari
deb ataladi.
Umuman olganda MB ishlatish rejimlari 7.1.1-rasmda ko‘rsa-
tilgan.
Taqsimlangan MBBTning ishlatilgan asosiy tushunchalarni
ko‘rib chiqamiz.
MB markazlashgan
7.1.1- rasm.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash resurslari.
117
MB foydalanuvchisi ma’lumot bazasiga murojaat qiluvchi
shaxs yoki dastur:
–
so‘rov foydalanuvchini MBga undan axborotlarni
o‘zgartirish, olish yoki kiritish maqsadida qo‘llangan murojaat
jarayoni;
– tranzaksiya MBdagi ma’lumotlarni takomillashtirish (olish,
o‘chirish, o‘zgartirish va boshqalar) amallar ketma-ketligi. U
MBni bir ziddiyatsiz holatlardan boshqa ziddiyatsiz holatga
o‘tkazadi.
MB mantiqiy tuzilmasini MBning fizik mustaqil bosqichda
aniq lash hammadan yaqinroq, u MBning konseptual modeliga
mos keladi.
MB topologiyasi yoki taqsimlangan ma’lumot bazasining
strukturasi – tarmoqda MBni fizik tashkil qilishni taqsimlash
sxemasi.
Lokal avtonomli (локальная автономность) – bu mahal-
liy MB axborotni va u bilan bog‘langan ma’lumotlarni aniqlash
mahalliy shaxsga tegishli ekanligini va u tomondan boshqarishni
ang latadi.
Uzoqlashgan so‘rov – modemli bog‘lanishi ishlatilib bajariladi-
gan so‘rov.
Uzoqlashgan tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoniyati
– SQL so‘rovlar to‘plamidan tashkil topgan bitta tranzaksi-
yani bitta uzoqlashgan tugunda qayta ishlash. Taqsimlangan
tranzaksiyalarni ta’minlash bir nechta SQL so‘rovlardan tashkil
topgan bir necha tarmoq tugunlarida (uzoqlashgan yoki ma-
halliy) bajarilayotgan, har bir so‘rov shu bitta tugunda qayta
ishlanadi.
Taqsimlangan so‘rov har xil tarmoq tugunlardagi MB ma’lu-
motlarini qayta ishlashda foydalanadigan so‘rovdir. Taqsimlan-
gan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlar birinchi avlodi MB
bilan bog‘langan. Ularda multiprogrammasi operatsion tizimlar
asosida qurilib markaziy EHM tashqi xotira qurilmalarida saq-
langan va murojaatni terminali ko‘p foydalanuv chi rejimida foy-
dalangan.
Bunda foydalanuvchi terminallari o‘z resurslariga (ya’ni
ma’lumot lar ni qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan) ega
bo‘lmaganlar.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |