57
So‘rovlarga ma’lumotlar ajratish uchun maxsus formalarni ish-
lab chiqish zaruriyatini quyidagi faktorlar bilan asoslash mumkin:
•
ma’lumotlarni ajratish shartlarini kiritish, xatoliklarini is-
tisno
yoki minimumga keltirish;
•
ma’lumotlarni ajratish shartlari qiymatlarini tez-tez uzilish
sharoitida so‘rovlarni boshqarish zaruriyati;
•
kliyent-server arxitekturasi asosida tashkil qilingan tarmoq
ma’lumot bazasini ishlab chiqish.
Bunday forma va so‘rovlarning ishlash texnologiyasi yuqorida
ko‘rib chiqilgan usullarga to‘la mos keladi. O‘ziga xos xususiya-
ti ularni loyihalash ketma-ketligini tashkil qilishda namoyon
bo‘ladi.
Ma’lumotlarni tanlash shartlari kiritish formali so‘rovlarni
loyiha lashni quyidagi ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi:
•
ma’lumotlarni tanlash shartsiz
kiritish formasini ishlab
chiqish;
•
ma’lumotlarni tanlash shartli kiritish shaklini ishlab chi-
qish;
•
konstruktorlar rejimida so‘rovni ochish;
•
mos maydon uchun «
Условие отбора
» satri yacheykasiga
kursorni o‘rnating;
•
ma’lumotlarni ajratish sharti bilan formani mos maydoni-
ning qiymati bilan bog‘lanishni o‘rnatuvchi ifoda quriladi.
4.3.1-rasm.
«
конструктор форм»
darchasida forma uslubini
ishlab chiqish.
Ifoda qurishning sodda usuli «
Построитель выражений
»
ustasidan foydalanib bajarishdir.
Buning uchun forma ishlab
chiqilgandan keyin quyidagi amallarni bajarish kerak:
58
– so‘rovni «
конструктор
» rejimida ochish;
– kursorni «
Условия отбора
» satri yacheykasiga o‘rnatish.
«
Построитель выражений
» darchasi ochilgandan keyin quyi-
dagi amallarni bajaring:
•
mos belgiga sichqonchani chertib, MB obyektini tanlab
olamiz (bizning misolda – forms) shundan so‘ng berilgan toifa
obyektlarining ro‘yxati ochiladi;
•
ro‘yxatdan MB obyekti elementini tanlab oling (
поле со
списком
).
Bu amallarni bajarish natijasida so‘rovdagi ma’lumotlarni
ajratish sharti bilan forma maydonidagi kiritilayotgan qiymatni
bog‘lovchi ifoda yaratiladi.
foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish uchun
formalar ishlab
chi qish texnologiyasi. Ixtiyoriy ilovani ishlab chiqishning yakuniy
masalasi – foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdan iboratdir.
foydalanuvchi interfeysi ishlab chiqishni, xuddi «фильм» sse-
nariyasini ishlab chiqish va uni kompyuter displeyida «ekran for-
malarini» ketma-ket paydo bo‘lishini amalga oshirishga qiyoslash
mumkin.
ACCESS tizimi o‘zidagi mavjud dasturiy vositalar, jumladan,
VISUAL BASIC dasturlash tili yordamida,
foydalanuvchi inter-
feysini minimal harakatlar bilan yaratish imkonini beradi. Bu
ACCESS muhitida foydalanuv chi interfeysini yaratishda obyektga
yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, ishlab chiquvchi
obyekt xos salarini tavsiflaydi, dastur esa bu xossalarga mos ra-
vishda tasvirlangan obyektlarni yaratadi. Umuman olganda foy-
dalanuvchi
interfeysini ishlab chiqish, mavjud uskunaviy vositalar
mavjudligiga qaramasdan, ko‘proq san’at hisoblanadi. Shuning
uchun kommersiya tizimlarini ishlab chi qishda dizaynerlar xiz-
matidan foydalanish kerak.
Ilova ssenariysi – formaning tarkibi va ketma-ketligi ishlab
chiquvchi tomonidan aniq masalani yechish algoritmi bilan aniq-
lanadi.
Ekran formalarida ma’lumot baza
obyektlarining barchasi
uchun jumladan, jadvallar, so‘rovlar, hisobotlar qo‘shib hisobla-
ganda boshqarish ele mentlariga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumot bazasi bilan ishlaganda, boshqarish elementlarini
bajaradigan amallarni makroslar va
dastur modullari yordamida
59
bajarish mumkin. Makroslar ma’lumot baza elementlari bilan
ishlaydigan avtomatlashtiruv
chi makrokomandalar to‘plamidan
iborat bo‘ladi.
Modullar VISUAL BASIC tilida yozilgan dasturlardir.
Ishlab chiqilgan jadvalga ma’lumotlar kiritish formasi foyda-
lanuvchiga quyidagi amallarni bajarish imkoniyatini beradi:
– ma’lumotlarni kiritish va to‘ldirish;
– ixtiyoriy yozuvni ko‘rib chiqish;
– ma’lumotlarni tuzatish.
Ma’lumotlarni kiritish texnologiyasini forma misolida qo‘yib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: