Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tadbiq etish



Download 1,22 Mb.
bet48/168
Sana10.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#950545
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI (1)

Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tadbiq etish. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 67-moddasiga ko‘ra sudyalarning mustaqilligini ta’minlashda, ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish tartib-tamoyili alohida o‘rin tutadi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq bu tartib-tamoyilni yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar viloyat sudyalari va ularga tenglashtirilgan sudlarning sudyalari hamda tuman sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri taqdimiga asosan tegishli viloyat xalq deputatlari kengashlari tomonidan saylanar edi. Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng bu tartib o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xujalik sudi sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, hozirgi vaqtda esa Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi tartibi joriy etildi. Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlarning viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi qonun hujjatlarida belgilab kuyilgan. Barcha sudyalarning vakolat muddati besh yil etib belgilangan.
Sudyalarning vakolat muddati nisbatan qisqa ekanligi amaliyotda sudyalarning mustaqilligiga zarar etkazish extimolini kuchaytiradi. SHunday holatlar bo‘ladiki, sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishga prinsipial yondashuvi sub’ektiv baholanishi uning nomzodining keyingi muddatga ko‘rsatilmay kolishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Dalat dasturining 2.1-bandida boshqa masalalar qatori sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligi prinsipining so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga karatilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining 2.1-yo‘nalishida sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan. Bu tadbirning amalga oshirilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida etuk, o‘z burchiga sadoqatli professional sudyalar korpusini shakllantirish va sudyalar faoliyati hokimiyatning boshqa organlarining ta’siridan xoli qilish manfaatlariga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, sud ishlarining mustaqil va beg‘araz sudya tomonidan ko‘rib chiqilishini, ishlarning adolatli va xolisona hal qilinishini ta’minlaydi.
Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini belgilash sud tizimida katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘lgan sudyalarni saqlab qolish va ularning salohiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash hamda kasbga o‘rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada ko‘tarish va sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash manfaatlariga xizmat kiladi. Bu, o‘z navbatida, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish borasidagi sud raislarining vakolatlarining bekor qilinishiga olib kelib, natijada sudyaning sud raislari tayziqisiz ishlarni hal qilishi va muayyan ishlarni mazmunan ko‘rib chiqishda chinakam mustaqil bo‘lishiga olib keladi.
Qisqacha aytganda, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligini ta’minlash barobarida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovning amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Odil sudlovning eng dolzarb masalalaridan biri sud protsessida ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqligi va tortishuv prinsipining amal qilishini ta’minlashdir. Bu borada ham Davlat dasturida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Xususan, advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida kengaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash mo‘ljallanmoqda. Darhaqiqat, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksining kator normalariga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rish protsessida ishtirok etayotgan prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va fuqarolik da’vogari hamda ularning vakillaridan farqli ravishda advokat dalil taqdim etish huquqiga ega emas. Advokat faqat dalil sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga va taqdim etishga haqli. Advokatga dalil to‘plash va taqdim etish huquqining berilishi uning huquqlarini ishda ishtirok etuvchi boshqa taraflar bilan tenglashtirish bilan birga unga o‘z himoyasida bo‘lgan shaxsning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchlihimoya qilish imkonini beradi.
Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlariniolish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirishi, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. “Xabeas korpus akt” – yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z tarraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. SHuni aytish kerakki, “Xabeas korpus” instituti inson huquqi bilan bog‘liq qator xalqarohuquqiy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida “har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega” ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
“Xabeas korpus” institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab ko‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Keyingi 10 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari jarayonida qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi majburlov choralarini qo‘llashning sud tartibi joriy qilindi. Ko‘rsatilgan protsessual majburlov choralarini sud tartibida qo‘llash belgilanishi surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini yuritish ustidan sud nazoratini kuchaytirdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “ushbu vakolatlarning prokurordan sud organlariga o‘tkazilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish, jinoyat prosessida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini yanada kengayti­rish imkonini beradi. Eng muhimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarining amalga oshirilishini ta’minlaydi”48.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya kilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida “hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas”. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish protsessual majburlov chorasini qo‘llashning sud tartibi o‘rnatilishi fuqarolarning ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish yuritish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha fuqarolarning yozishmalari sirining oshkor qilinishining oldini oladi. Xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pochta-telegraf junatmalariga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochtakonteynerlari kiradi.
Murdani eksgumatsiya kilish eng nozik harakatlaridan biri bo‘lib, u murdani ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. Bu harakatni o‘tkazishda ba’zan marhumning yaqinlari rozi bo‘lmasligi, eksgumatsiya ularning roziligisiz o‘tkazilganda ularga sezilarli ma’naviy zarar etkazilib, turli nizoli holatlar vujudga kelishi mumkin. Bu tergov harakatining sudning ruhsati bilan o‘tkazilish tartibi belgilanishi eksgumatsiya faqat zarur hollardagina o‘tkazilishini ta’minlash bilan bir qatorda marhumning yaqinlarining huquqlarini himoya qiladi va turli nizolarning oldini oladi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish